Xususiy yarim o‘tkazgichlarda zaryad tashuvchilar konsentrasiyasi Yarimo‘tkazgichlarda erkin zaryad tashuvchi gazning xususiyatlarini belgilovchi asosiy parametrlardan biri m –ximiyaviy potensialdir. Elektron va kovakli gazlar uchun, ximiyaviy potensial oddiygina qilib Fermi sathi deb ataladi.
Ma’lumki, metallarda Fermi sathi o‘tkazuvchanlik sohasidagi elektronlar bilan to‘lgan oxirgi energetik sathni belgilaydi. T = 0 K da Fermi sathidan pastdagi barcha energetik sathlar elektronlar bilan to‘lgan, undan yuqoridagi energetik sathlarning barchasi bo‘shdir.
Metallarda elektron gazning konsentrasiyasi o‘tkazuvchanlik sohasidagi holatlar soni bilan bir xil bo‘ladi, shuning uchun bu gaz aynigan gaz hisoblanadi va elektronlarning holatlar bo‘yicha taqsimoti Fermi–Dirak statistikasi bilan ifodalanadi. Bunday gazdagi elektronlar konsentrasiyasi temperaturaga deyarli bog’liq emas.
Xususiy va kam aralashmali yarimo‘tkazgichlarda elektron yoki kovak gazlari aynimagan gazlardir va ularning holatlar bo‘yicha taqsimlanishi Maksvell–Bolsman klassik statistikasi bilan ifodalanadi. Bundan yarimo‘tkazgichlarda erkin zaryad tashuvchilar konsentrasiyasi Fermi sathi va temperaturaga bog’liqdir.
1.2.1-rasmda aynimagan yarimo‘tkazgichning sohalar tuzilishi keltirilgan.
Temperatura absolyut noldan sezilarli farqli bo‘lganda T = 0 K, bu yarimo‘tkazgichning o‘tkazuvchanlik sohasida erkin elektronlar va valent sohasida kovaklar hosil bo‘ladi. Ularning konsentrasiyasini n va p deb belgilaymiz. Elektronlar kinetik energiyasining hisob boshi qilib o‘tkazuvchanlik sohasining tubini qabul qilamiz. Shu sathga yaqin masofada, o‘tkazuvchanlik sohasida dE energiya oralig’ini ajratib olamiz.
1.2.1rasm. Xususiy yarimo‘tkazgichning energetik diagrammasi Rasmda xususiy yarim o‘tkazgich keltirilgani va elektron gaz aynimagan bo‘lganligi sababli, dE energiya oralig’idagi dn elektronlar konsentrasiyasini Maksvell – Bolsman taqsimotiga asoslanib hisoblashga urinib ko‘ramiz:
, ( 1.2.1)
, ( 1.2. 2)
, ( 1.2.3)
, ( 1.2.4)
, (1.2.5)