Standartlari


- MAVZU. KONSOLIDATsIYaLASh ASOSLARINI HISOBGA



Yüklə 4,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə78/203
tarix26.12.2023
ölçüsü4,41 Mb.
#197940
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   203
И.Очилов-ЎУМ-МҲХС- 2019-2020-14.02.2020

8- MAVZU. KONSOLIDATsIYaLASh ASOSLARINI HISOBGA 
OLUVChI STANDARTLARINING TAVSIFI 
 
8.1. BHXS (IAS) 28 “Qaram tashkilotlardagi va qo’shma korxonalardagi 
investitsiyalar” 
Mazkur Standartning maqsadi qaram tashkilotlardagi investitsiyalarga nisbatan 
buxgalteriya hisobini belgilash hamda qaram tashkilotlar va qo’shma korxonalardagi 
investitsiyalarni hisobga olishda ulush bo’yicha hisobga olish usuli qo’llanilishiga 
nisbatan talablarni belgilashdan iboratdir.
Agarda tashkilot, bevosita yoki bilvosita (masalan sho’’ba tashkilotlari orqali), 
investitsiya ob’ektida 20 foiz yoki undan ko’proq ovoz berish huquqiga ega bo’lsa, 
bunday tashkilot jiddiy ta’sirga ega deb hisoblanadi, agarda bunday ta’sir mavjud 
emasligi yaqqol namoyon bo’lmasa. Aksincha, agarda tashkilot, bevosita yoki 
bilvosita (masalan sho’’ba tashkilotlari orqali), investitsiya ob’ektida 20 foizdan 
kamroq ovoz berish huquqiga ega bo’lsa, bunday tashkilot jiddiy ta’sirga ega emas 
deb hisoblanadi, agarda bunday ta’sir yaqqol namoyon bo’lmasa. Boshqa investor 
investitsiya ob’ektida sezilarli yoki ko’pchilik egalik huquqiga ega bo’lishi 
tashkilotning jiddiy ta’sirga ega bo’lishiga tusqinliq qilishini anglatmaydi. 
Tashkilot tomonidan jiddiy ta’sirning mavjudligi odatda quyidagi holatning 
birida yoki bir nechasida namoyon bo’ladi:
(a) 
investitsiya ob’ektining direktorlar kengashida yoki sho’nga o’xshash 
boshqaruv organida vakilga ega bo’lish; 
(b) 
siyosatni ishlab chiqish jarayonida ishtirok etish, jumladan dividendlar 
yoki boshqa taqsimotlar bo’yicha muhokamalarda ishtirok etish; 
(v) 
tashkilot bilan uning investitsiya ob’ekti o’rtasidagi ahamiyatli 
operatsiyalar; 
(g) 
rahbariyat xodimlarining o’zaro almashinuvi; yoki 
(d) 
muhim texnik ma’lumotlarni ta’minlash. 
Tashkilot aktsiya varrantlarini, aktsiya “koll” optsionlarini, oddiy aktsiyalarga 
konvertatsiya qilinadigan qarz yoki ulushli instrumentlar, yoki, agarda qo’llanilganda 
yoki konvertatsiya qilinganda, tashkilotga boshqa tashkilotning moliyaviy va 
operatsion siyosatlari bo’yicha qo’shimcha ovoz berish huquqini beradigan yoki 
boshqa tomonning ovoz berish huquqini kamaytiradigan potentsialga ega boshqa 
sho’nga o’xshash instrumentlarga (ya’ni potentsial ovoz berish huquqlariga) egalik 
qilishi mumkin. Joriy davrda qo’llanilishi yoki konvertatsiyalanishi mumkin bo’lgan 
potentsial ovoz berish huquqlarining, jumladan boshqa tashkilotlar tomonidan egalik 
qilinadigan potentsial ovoz berish huquqlarining mavjudligi va ta’siri tashkilot jiddiy 
ta’sirga ega bo’lishi yoki bo’lmasligini baholashda inobatga olinadi. Potentsial ovoz 
berish huquqlari joriy davrda qo’llanilmaydi yoki konvertatsiya qilinmaydi deb 
hisoblanadi, qachonki ular, masalan, kelgusi sanagacha yoki kelgusi hodisagacha 
qo’llanilmasa yoki konvertatsiya qilinmasa. 
Potentsial ovoz berish huquqlari jiddiy ta’sirga olib kelishini baholashda, 
tashkilot potentsial huquqlarga ta’sir etadigan barcha ma’lumotlarni va holatlarni 
(jumladan, potentsial ovoz berish huquqlarini qo’llash shartlari hamda alohida yoki 
birgalikda inobatga olinishidan qat’iy nazar, har qanday boshqa shartnomaviy 


233 
kelishuvlarni) tahlil qiladi, bundan ushbu potentsial huquqlarni qo’llash yoki 
konvertatsiya qilish bo’yicha rahbariyatning hohishi va moliyaviy imkoniyatlar 
istisno. 
Qachonki tashkilot investitsiya ob’ektining moliyaviy va operatsion siyosatining 
qarorlarida ishtirok etish huquqini yo’qotsa, u ushbu investitsion ob’ekt ustidan jiddiy 
ta’sirni yo’qotadi. Jiddiy ta’sirning yo’qotilishi mutlaq yoki nisbiy egalik huquqining 
darajasidagi o’zgarish bilan yoki ushbu o’zgarishsiz sodir bo’lishi mumkin. Bunday 
holat, masalan, qaram tashkilot hukumat, sud, ma’muriyat yoki tartibga soluvchi organ 
nazorati ostida bo’lganida sodir bo’lishi mumkin. Bunday holat shartnomaviy kelishuv 
natijasida ham sodir bo’lishi mumkin. 
Ulush bo’yicha hisobga olish usulida, dastlabki tan olinishda qaram 
tashkilotdagi yoki qo’shma korxonadagi investitsiya tannarxda tan olinadi, va uning 
balans qiymati xarid sanasidan so’ng investitsiya ob’ektining foyda yoki zararidagi 
investorning ulushini tan olish paytida ko’payadi yoki kamayadi. Investitsiya 
ob’ektining foyda yoki zararidagi investorning ulushi investorning foyda yoki zarari 
tarkibida tan olinadi. Investitsiya ob’ekti tomonidan taqsimlangan summalarni olish 
natijasida investitsiyaning balans qiymati kamayadi. Investitsiya ob’ektining boshqa 
umumlashgan daromadidagi o’zgarishlardan yuzaga keladigan investitsiya ob’ektidagi 
investorning ulushidagi o’zgarishlar natijasida ham investitsiyaning balans qiymatini 
to’g’rilash zarur bo’lishi mumkin. Bunday o’zgarishlar asosiy vositalarni qayta 
baholashdan va bir valyutadan boshqa valyutaga o’tkazishdagi valyuta kursi 
farqlaridan yuzaga keladigan o’zgarishlarni o’z ichiga oladi. Ushbu o’zgarishlardagi 
investorning ulushi investorning boshqa umumlashgan daromadida tan olinadi (BHXS 
1 “Moliyaviy hisobotlarni taqdim etish” ga qarang). 
Investitsiya ob’ekti tomonidan taqsimlangan summalarni olish natijasida tan 
olinadigan daromad qaram tashkilotdagi yoki qo’shma korxonadagi investitsiyadan 
investor tomonidan ishlab topilgan daromadning maqbul o’lchovini anglatmasligi 
mumkin, chunki olingan summalar qaram tashkilotning yoki qo’shma korxonaning 
faoliyati natijalarini yetarlicha aks ettirmasligi mumkin. Investor investitsiya ob’ekti 
ustidan birgalikdagi nazoratga, yoki jiddiy ta’sirga, ega bo’lganligi tufayli, investor 
qaram tashkilotning yoki qo’shma korxonaning faoliyati natijasida ulushga, va buning 
natijasida, o’z investitsiyasi bo’yicha foydalilikka egadir. Investor ushbu ulushni 
shunday hisobga oladiki, bunda ushbu investitsiya ob’ektining foyda yoki zararidagi 
investorning ulushini moliyaviy hisobotlarda aks ettirish natijasida investorning 
moliyaviy hisobotlari ko’lami kengayadi. Natijada, ulush bo’yicha hisobga olish usuli 
investorning sof aktivlari va foyda yoki zarari to’g’risida ko’proq ma’lumotlarni o’z 
ichiga olgan hisobotni ta’minlaydi. 
Ba’zi holatlarda, tashkilot uning egalik ulushi bilan bog’liq daromadlarga unga 
ayni paytda huquq beradigan operatsiya natijasida, aslida, mavjud bo’lgan egalik 
ulushiga 
ega 
bo’ladi. Bunday holatlarda, investitsiya ob’ekti tomonidan 
taqsimlanadigan summalarning tashkilotga tegishli ulushi ushbu potentsial ovoz berish 
huquqlarining amalga oshirilishi hamda ayni paytda daromadlarni olishga huquq 
beradigan boshqa derivativ instrumentlardan amalda foydalanishni hisobga olgan 
holda aniqlanadi. 
MHXS 9 “Moliyaviy instrumentlar” ulush bo’yicha hisobga olish usuli bo’yicha 


234 
hisobga olingan qaram tashkilotlardagi va qo’shma korxonalardagi ulushlarga nisbatan 
qo’llanilmaydi. Qachonki potentsial ovoz berish huquqlarini qamrab oladigan 
instrumentlar mazmunan qaram tashkilotdagi va qo’shma korxonadagi egalik ulushi 
bilan bog’liq daromadlarga nisbatan huquqni ta’minlasa, instrumentlar MHXS 9 ning 
qo’llash doirasida bo’lmaydi. Boshqa barcha holatlarda, qaram tashkilotdagi va 
qo’shma korxonadagi potentsial ovoz berish huquqlarini qamrab oladigan 
instrumentlar MHXS 9 ga muvofiq hisobga olinadi. 
Qaram tashkilotdagi va qo’shma korxonadagi investitsiya, yoki investitsiyaning 
qismi, MHXS 5 “Sotish uchun mo’ljallangan uzoq muddatli aktivlar va tugatilgan 
faoliyatlar” ga muvofiq sotishga mo’ljallangan sifatida tasniflanmaguncha, 
investitsiya, yoki sotishga mo’ljallangan sifatida tasniflanmagan investitsiyadagi har 
qanday qoldiq ulush, uzoq muddatli aktiv sifatida tasniflanishi lozim. 
Investtsiya ob’ekti ustidan birgalikdagi nazoratga, yoki jiddiy ta’sirga, ega 
tashkilot ulush bo’yicha hisobga olish usuli bo’yicha o’zining qaram tashkilotdagi 
yoki qo’shma korxonadagi investitsiyasini hisobga olishi lozim. 
Tashkilot 
o’zining qaram tashkilotdagi yoki qo’shma korxonadagi 
investitsiyasiga nisbatan ulush bo’yicha hisobga olish usulini qo’llashi talab etilmaydi, 
agarda tashkilot MHXS 10dagi istisno doirasida jamlangan moliyaviy hisobotlarni 
tayyorlashdan ozod etiladigan bosh tashkilot bo’lsa yoki agarda quyidagilarning 
barchasi qo’llanilsa: 
(a) 
Tashkilot to’liq egalik qilinadigan sho’’ba tashkilotidir, yoki boshqa 
tashkilotning qisman egalik qilinadigan sho’’ba tashkilotidir va uning boshqa mulk 
egalari, jumladan boshqa hollarda ovoz berish huquqiga ega bo’lmagan mulk egalari
tashkilotning ulush bo’yicha hisobga olish usulini qo’llashi to’g’risida xabardor 
qilingan va bunga qarshilik qilmaydigan bo’lsa. 
(b) 
Tashkilotning qarz yoki ulushli instrumentlari ochiq bozorda (ichki yoki 
tashqi fond birjasi yoki birjadan tashqari bozor, jumladan mahalliy va hududiy 
bozorlarda) savdo qilinmasa. 
(v) 
Tashkilot ochiq bozorda instrumentlarning har qanday turkumini emissiya 
qilish maqsadida qimmatli qog’ozlar qumitasiga yoki boshqa tartibga soluvchi 
tashkilotga o’zining moliyaviy hisobotlarini taqdim etmagan bo’lsa hamda taqdim 
etish jarayonida bo’lmasa. 
(g) 
Tashkilotning yakuniy yoki har qanday oraliq bosh tashkilot MHXSlarga 
mos keladigan jamlangan moliyaviy hisobotlarni aholi foydalanishi uchun chop etsa. 
Qachonki qaram tashkilotdagi yoki qo’shma korxonadagi investitsiya bevosita, 
yoki bilvosita, venchur kapital tashkiloti bo’lgan tashkilot, yoki o’zaro fond, birlik 
trast fondi va sho’nga o’xshash tashkilotlari, jumladan investitsiyaga-bog’langan 
sug’urta fondlari, orqali egalik qilinsa, tashkilot ushbu qaram tashkilotlardagi yoki 
qo’shma korxonalardagi investitsiyalarni MHXS 9 ga muvofiq haqqoniy qiymatidagi 
o’zgarishlar foyda yoki zararda hisobga olinadigan investitsiya sifatida aks ettirishni 
tanlashi mumkin.
Qachonki tashkilot qaram tashkilotda investitsiyaga ega bo’lib, uning ma’lum 
qismi bilvosita venchur kapital tashkiloti, yoki o’zaro fond, birlik trast fondi va 
sho’nga o’xshash tashkilotlari, jumladan investitsiyaga-bog’langan sug’urta fondlari, 
orqali egalik qilinsa, bunda venchur kapital tashkiloti, yoki o’zaro fond, birlik trast 


235 
fondi va sho’nga o’xshash tashkilotlari, jumladan investitsiyaga-bog’langan sug’urta 
fondlari, investitsiyaning ushbu qismi ustidan jiddiy ta’sirga ega bo’lishidan qat’iy 
nazar, tashkilot qaram tashkilotdagi investitsiyaning ushbu qismini MHXS 9 ga 
muvofiq haqqoniy qiymatidagi o’zgarishlar foyda yoki zararda hisobga olinadigan 
investitsiya sifatida aks ettirishni tanlashi mumkin. Agarda tashkilot ushbu tanlovni 
amalga oshirsa, tashkilot venchur kapital tashkiloti, yoki o’zaro fond, birlik trast fondi 
va sho’nga o’xshash tashkilotlari, jumladan investitsiyaga-bog’langan sug’urta 
fondlari, orqali egalik qilinmaydigan qaram tashkilotdagi o’z investitsiyasining har 
qanday qoldiq qismiga nisbatan ulush bo’yicha hisobga olish usulini qo’llashi lozim.
Tashkilot 
sotish 
uchun 
mo’ljallangan sifatida tasniflanish mezonini 
qanoatlantiradigan qaram tashkilotdagi yoki qo’shma korxonadagi investitsiyaga, yoki 
investitsiyaning qismiga, nisbatan MHXS 5 ni qo’llashi lozim. Sotish uchuna 
mo’ljallangan sifatida tasniflanmagan qaram tashkilotdagi yoki qo’shma korxonadagi 
investitsiyaning har qanday qoldiq qismi sotish uchun mo’ljallangan sifatida 
tasniflangan qismning chiqib ketishi sodir bo’lgunga qadar ulush bo’yicha hisobga 
olish usulida hisobga olinishi lozim. Chiqib ketish sodir bo’lgandan so’ng, tashkilot 
qaram tashkilotdagi yoki qo’shma korxonadagi har qanday qoldiq ulushni MHXS 9 ga 
muvofiq hisobga olishi lozim, bunda qoldiq ulush tashkilot ulush bo’yicha hisobga 
olish usulidan foydalanadigan holatdagi qaram tashkilot yoki qo’shma korxona 
bo’lishda davom etmaguncha. 
Qachonki oldin sotish uchun mo’ljallangan sifatida tasniflangan qaram 
tashkilotdagi yoki qo’shma korxonadagi investitsiyaga, yoki investitsiyaning qismi, 
bundan buyon bunday tasniflanish mezonini qanoatlantirmasa, u sotish uchun 
mo’ljallangan sifatida tasniflangan sanadan boshlab retrospektiv tarzda ulush bo’yicha 
hisobga olish usuli yordamida hisobga olinishi lozim. Sotish uchun mo’ljallangan 
sifatida tasniflanishdan keyingi davrlardagi moliyaviy hisobotlar o’z navbatida 
o’zgartirilishi lozim.
Tashkilot ulush bo’yicha hisobga olish usulidan foydalanishni shunday sanadan 
boshlab to’xtatishi lozimki, bunda uning investitsiyasi qaram tashkilot yoki qo’shma 
korxonaga investitsiya bo’lib boshqa hisoblanmaydi:
(a) 
Agar investitsiya sho’’ba tashkilotga investitsiya bo’lib o’zgaradigan 
bo’lsa, tashkilot o’z investitsiyasini MHXS 3 “Biznes birlashuvlari” va MHXS 10 ga 
muvofiq hisobga olishi lozim. 
(b) 
Agarda sobiq qaram tashkilotdagi yoki qo’shma korxonadagi qoldiq ulush 
moliyaviy aktiv bo’lsa, tashkilot qoldiq ulushni haqqoniy qiymatda baholashi lozim. 
Qoldiq ulushning haqqoniy qiymati, xuddi MHXS 9 ga muvofiq moliyaviy aktivdek, 
dastlabki tan olinishda uning haqqoniy qiymati sifatida hisoblanishi lozim. Tashkilot 
foyda yoki zararda quyidagilar o’rtasidagi har qanday farqni tan olishi lozim: 

har qanday qoldiq ulushning haqqoniy qiymati va qaram tashkilotdagi 
yoki qo’shma korxonadagi ulush qismining chiqib ketishi bo’yicha har qanday 
tushumlar bilan 

ulush bo’yicha hisobga olish usuli to’xtatilgan sanadagi investitsiyaning 
balans qiymati. 
(v) 
Qachonki tashkilot ulush bo’yicha hisobga olish usulidan foydalanishni 
to’xtatsa, tashkilot ushbu investitsiyaga nisbatan oldin boshqa umumlashgan 


236 
daromadda tan olingan barcha miqdorlarni shunday bir xil asosda hisobga olishi 
lozimki, xuddi investitsiya ob’ekti tegishli aktivlarni yoki majburiyatlarni bevosita 
hisobdan chiqarganda talab etilgan kabi asosda. 
Shu tufayli, agarda investitsiya ob’ekti tomonidan oldin boshqa umumlashgan 
daromadda tan olingan foyda yoki zarar tegishli aktivlar yoki majburiyatlar hisobdan 
chiqarilganida foyda yoki zarar tarkibida qayta tasniflanadigan bo’lsa, tashkilot oldin 
kapitalda aks ettirilgan foyda yoki zararni ulush bo’yicha hisobga olish usuli 
to’xtatilganida foyda yoki zarar tarkibiga o’tkazadi (qayta tasniflash bo’yicha tuzatish 
sifatida). Masalan, agarda qaram tashkilot yoki qo’shma korxona xorijdagi bo’linmaga 
tegishli yig’ilgan kurs farqlariga ega bo’lsa va tashkilot ulush bo’yicha hisobga olish 
usulidan foydalanishni to’xtatsa, tashkilot xorijdagi bo’linmaga nisbatan oldin boshqa 
umumlashgan daromadda tan olingan foyda yoki zararni foyda yoki zararga o’tkazishi 
(qayta tasniflashi) lozim. 
Agarda qaram tashkilotdagi investitsiya qo’shma korxonadagi investitsiyaga 
o’zgarsa yoki qo’shma korxonadagi investitsiya tashkilotdagi investitsiyaga o’zgarsa, 
tashkilot ulush bo’yicha hisobga olish usulini qo’llashni davom ettiradi va qoldiq 
ulushni qayta baholamaydi.
Agarda tashkilotning qaram tashkilotdagi yoki qo’shma korxonadagi egalik 
ulushi kamaysa, ammo tashkilot ulush bo’yicha hisobga olish usulini qo’llashni davom 
ettirsa, tashkilot egalik ulushidagi ushbu kamayishga nisbatan oldin boshqa 
umumlashgan daromadda tan olingan foyda yoki zararning qismini foyda yoki zararga 
o’tkazishi (qayta tasniflashi) lozim, xuddiki ushbu foyda yoki zarar tegishli aktivlar 
yoki majburiyatlarning chiqib ketishida foyda yoki zararga o’tkazilishi (qayta 
tasniflanishi) talab etilganidek.
Ulush bo’yicha hisobga olish usulini qo’llash uchun o’rinli bo’lgan amallarning 
ko’pchiligi BHXS 10 da izohlangan jamlash amallariga o’xshashdir. Bundan tashqari, 
sho’’ba tashkilotini sotib olishni hisobga olishda qo’llaniladigan amallarni 
belgilaydigan tushunchalar qaram tashkilotdagi yoki qo’shma korxonadagi 
investitsiyani sotib olishni hisobga olishda ham qabul qilinadi. 
Guruhning qaram tashkilotdagi yoki qo’shma korxonadagi ulushi bosh tashkilot 
va uning sho’’ba tashkilotlari tomonidan ushbu qaram tashkilotdagi yoki qo’shma 
korxonadagi egalik huquqlarining jamlanmasidir. Guruhning boshqa qaram 
tashkilotlardagi yoki qo’shma korxonalardagi egalik huquqlari ushbu maqsadda 
inobatga olinmaydi. Qachonki qaram tashkilot yoki qo’shma korxona sho’’ba 
tashkilotlarga, qaram tashkilotlarga yoki qo’shma korxonalarga ega bo’lsa, ulush 
bo’yicha hisobga olish usulini qo’llashda hisobga olinadigan foyda yoki zarar, boshqa 
umumlashgan daromad va sof aktivlar bo’lib moliyaviy hisobotlarda bir xil hisob 
siyosatlari aks ettirilishi uchun zarur bo’lgan har qanday tuzatishlar kiritilishidan keyin 
qaram tashkilotning yoki qo’shma korxonaning moliyaviy hisobotlarida tan olingan 
foyda yoki zarar, boshqa umumlashgan daromad va sof aktivlari hisoblanadi 
(jumladan qaram tashkilotning yoki qo’shma korxonaning uning qaram tashkilotlar 
yoki qo’shma korxonalari foyda yoki zararidagi, boshqa umumlashgan daromadidagi 
va sof aktivlaridagi ulushi) . 
Tashkilot (jumladan uning jamlangan sho’’ba tashkilotlari) bilan uning qaram 
tashkiloti yoki qo’shma korxonasi o’rtasidagi “Pastdan yuqoriga qaratilgan” va 


237 
“Yuqoridan pastga qaratilgan” operatsiyalardan yuzaga keladigan foyda yoki zararlar 
tashkilotning 
moliyaviy 
hisobotlarida 
faqatgina 
o’zaro bog’liq bo’lmagan 
investorlarning qaram tashkilotdagi yoki qo’shma korxonadagi ulushlari darajasida tan 
olinadi. “Pastdan yuqoriga qaratilgan” operatsiyalar, masalan, qaram tashkilotdan yoki 
qo’shma korxonadan investorga aktivlarning sotilishidir. “Yuqoridan pastga 
qaratilgan” operatsiyalar, masalan, investordan uning qaram tashkilotga yoki qo’shma 
korxonasiga aktivlarning sotilishi yoki taqdim etilishidir. Ushbu operatsiyalardan 
yuzaga keladigan investorning qaram tashkilotning yoki qo’shma korxonaning foyda 
yoki zararlaridagi ulushi chiqarib tashlanadi.
Qachonki yuqoridan pastga qaratilgan operatsiyalar sotiladigan yoki taqdim 
etiladigan aktivlarning sof sotish qiymatida kamayishni, yoki ushbu aktivlarning 
qadrsizlanishi natijasida olinadigan zararni, aks ettirsa, ushbu zararlar investor 
tomonidan to’liq tan olinishi lozim. Qachonki pastdan yuqoriga qaratilgan 
operatsiyalar sotib olinadigan aktivlarning sof sotish qiymatida kamayishni, yoki 
ushbu aktivlarning qadrsizlanishi natijasida olinadigan zararni, aks ettirsa, investor 
ushbu zararlardagi o’z ulushini tan olishi lozim. 
Nomonetar aktivning qaram tashkilotga yoki qo’shma korxonaga qaram 
tashkilot yoki qo’shma korxona kapitalidagi ulush evaziga berilishi BHXS 16 “Asosiy 
vositalar” da izohlangandek ushbu nomonetar aktivning kapitalga qo’yilma sifatida 
berilishi tijorat maqsadlarida amalga oshirilmagan holatdan tashqari. Agarda ushbu 
qo’yilma tijorat maqsadida amalga oshirilmagan bo’lsa, foyda yoki zarar 
o’zlashtirilmagan deb hisoblanadi. Bunday o’zlashtirilmagan foyda va zararlar ulush 
bo’yicha hisobga olish usuli yordamida hisobga olingan investitsiyadan chegirib 
tashlanishi lozim va tashkilotning moliyaviy holat to’g’risidagi jamlangan hisobotida 
yoki tashkilotning investitsiyalari ulush bo’yicha hisobga olish usuli yordamida 
hisobga olingan moliyaviy holat to’g’risidagi hisobotida muddati kechiktirilgan foyda 
yoki zararlar sifatida taqdim etilmasligi lozim. 
Agar tashkilot qaram tashkilot yoki qo’shma korxona kapitalidagi ulushga ega 
bo’lishga qo’shimcha tarzda, monetar yoki nomonetar aktivlarni ham olsa, tashkilot 
olingan monetar yoki nomonetar aktivlarga tegishli bo’lgan nomonetar qo’yilma 
bo’yicha foyda yoki zararning qismini o’zining foyda yoki zararida to’liq tan oladi.
Investitsiya qaram tashkilot yoki qo’shma korxonani tashkil etadigan sanadan 
boshlab ulush bo’yicha hisobga olish usuli asosida hisobga olinadi. Investitsiya sotib 
olinganida, investitsiyaning tannarxi bilan investitsiya ob’ektining aniqlanadigan 
aktivlari va majburiyatlarining sof haqqoniy qiymatlaridagi tashkilotning ulushi 
o’rtasidagi har qanday farq quyidagicha hisobga olinadi:
(a) 
Qaram 
tashkilotga 
yoki 
qo’shma korxonaga tegishli gudvill 
investitsiyaning balans qiymatiga kiritiladi. Ushbu gudvillni amortizatsiya qilishga 
ruxsat etilmaydi. 
(b) 
investitsiya ob’ektining aniqlanadigan aktivlari va majburiyatlarining sof 
haqqoniy qiymatidagi tashkilot ulushining investitsiya tannarxidan har qanday ortiq 
qismi investitsiya sotib olingan davrda qaram tashkilotning yoki qo’shma korxonaning 
foyda yoki zararidagi tashkilotning ulushini aniqlashda daromad sifatida hisobga 
olinadi. 
Qaram tashkilotning yoki qo’shma korxonaning foyda yoki zararidagi 


238 
tashkilotning ulushiga xarid sanasidan so’nggi tegishli tuzatishlar, masalan, xarid 
sanasidagi eskirish hisoblanadigan aktivlarning haqqoniy qiymatlariga asoslangan 
ularning eskirishini hisobga olish maqsadida amalga oshiriladi. Xuddi shuningdek,
qaram tashkilotning yoki qo’shma korxonaning foyda yoki zararidagi tashkilotning 
ulushiga xarid sanasidan so’nggi tegishli tuzatishlar gudvill yoki asosiy vositalar 
kabilar uchun qadrsizlanishdan olingan zararlarni hisobga olish maqsadida amalga 
oshiriladi. 
Qaram tashkilotning yoki qo’shma korxonaning eng yaqin oradagi oldingi davr 
uchun moliyaviy hisobotlari tashkilot tomonidan ulush bo’yicha hisobga olish usulini 
qo’llashda foydalaniladi. Qachonki tashkilotning hisobot davrining oxiri qaram 
tashkilotning yoki qo’shma korxonanining hisobot davri oxiridan farq qilsa, qaram 
tashkilot yoki qo’shma korxona tashkilotning foydalanishi uchun tashkilotning 
moliyaviy hisobotlarining sanasi bilan bir xil bo’lgan sana holatiga o’z moliyaviy 
hisobotlarini tayyorlaydi, bunda uni tayyorlash amaliy imkonsiz bo’lmaguncha. 
Qachonki ulush bo’yicha hisobga olish usulini qo’llashda foydalanilgan qaram 
tashkilotning yoki qo’shma korxonaning moliyaviy hisobotlari tashkilotning 
moliyaviy hisobotlari sanasidan farq qiladigan sanada tayyorlangan bo’lsa, tuzatishlar 
ushbu sana bilan tashkilotning moliyaviy hisobotlari sanasi orasida sodir bo’ladigan 
muhim operatsiyalar yoki hodisalar ta’sirlariga nisbatan amalga oshirilishi lozim. Har 
qanday holatda, qaram tashkilotning yoki qo’shma korxonanining hisobot davri oxiri 
bilan tashkilotning hisobot davrining oxiri o’rtasidagi farq uch oydan ortiq bo’lmasligi 
lozim. Hisobot davrlarining uzunligi va hisobot davrlari oxirlari o’rtasidagi har qanday 
farq davrdan davrga bir xil bo’lishi lozim.
Tashkilotning moliyaviy hisobotlari bir xil bo’lgan operatsiyalar va hodisalar 
uchun yagona hisob siyosatlari asosida tayyorlanishi lozim.
Agarda qaram tashkilot yoki qo’shma korxona bir xil operatsiyalar va hodisalar 
uchun tashkilotning hisob siyosatlaridan farq qiladigan siyosatlardan foydalansa, 
tuzatishlar qaram tashkilotning yoki qo’shma korxonaning hisob siyosatlarini 
tashkilotning siyosatlariga mos kelishini ta’minlash uchun amalga oshiriladi, qachonki 
qaram tashkilotning yoki qo’shma korxonaning moliyaviy hisobotlari tashkilot 
tomonidan ulush bo’yicha hisobga olish usulini qo’llashda foydalanilsa.
Agarda qaram tashkilot yoki qo’shma korxona tashkilotdan tashqari boshqa 
tomonlar tomonidan egalik qilinadigan amaldagi kumulyativ imtiyozli aktsiyalarga 
ega bo’lsa va ular kapital sifatida tasniflangan bo’lsa, tashkilot foyda yoki zarardagi 
o’zining ulushini bunday aktsiyalar bo’yicha dividendlarga nisbatan to’g’rilagandan 
so’ng hisoblaydi, bunda dividendlar e’lon qilingan yoki qilinmaganligidan qat’iy 
nazar.
Agarda qaram tashkilotning yoki qo’shma korxonaning zararlaridagi 
tashkilotning ulushi uning qaram tashkilotdagi yoki qo’shma korxonadagi ulushiga 
teng yoki ortiq bo’lsa, tashkilot keyingi zararlardagi o’z ulushini tan olishni to’xtatadi. 
Qaram tashkilotdagi yoki qo’shma korxonadagi ulush, ulush bo’yicha hisobga olish 
usuli asosida aniqlangan qaram tashkilotdagi yoki qo’shma korxonadagi 
investitsiyaning balans qiymati bo’lib, unga qaram tashkilotdagi yoki qo’shma 
korxonadagi tashkilotning sof investitsiyasining qismini, mohiyatan, tashkil etadigan 
har qanday uzoq muddatli ulushlar qo’shiladi. Masalan, yaqin kelajakda hisob-kitob 


239 
qilinishi rejalashtirilmagan yoki sodir bo’lish ehtimoli mavjud bo’lmagan modda, 
mohiyatan, ushbu qaram tashkilotdagi yoki qo’shma korxonadagi tashkilotning 
investitsiyasining ko’payishiga olib keladi. Bunday moddalar imtiyozli aktsiyalarni va 
uzoq muddatli debitorlik qarzlari yoki kreditlarni o’z ichiga olishi mumkin, ammo 
savdo bo’yicha debitorlik qarzlari, savdo bo’yicha kreditorlik qarzlarini yoki 
kafolatlangan kreditlar kabi tegishli garov mavjud bo’lgan har qanday uzoq muddatli 
debitorlik qarzlarini o’z ichiga olmaydi. Oddiy aktsiyalardagi tashkilotning 
investitsiyasidan ortiq miqdorda ulush bo’yicha hisobga olish usuli orqali tan olingan 
zararlar qaram tashkilotdagi yoki qo’shma korxonadagi tashkilot ulushining boshqa 
tarkibiy qismlariga ularning muddatiga teskari (ya’ni likvidatsiyada afzalligi) tarzda 
qo’llaniladi. 
Tashkilotning investitsiya ob’ektidagi ulushi nolgacha kamaytirilganidan so’ng, 
faqatgina tashkilot yuridik yoki konstruktiv majburiyatlarga ega bo’lgan yoki qaram 
tashkilot yoki qo’shma korxona nomidan to’lovlarni amalga oshirgan darajada 
qo’shimcha zararlar qoplanadi, va majburiyat tan olinadi. Agarda qaram tashkilot yoki 
qo’shma korxona keyinchalik foydalarni hisobotda aks ettirsa, tashkilot faqatgina 
foydalardagi o’zining ulushi tan olinmagan zararlardagi ulushiga teng bo’lgandan 
so’ng ushbu foydalardagi o’z ulushini tan olishni boshlaydi. 
Ulush bo’yicha hisobga olish usulini qo’llashdan, jumladan qaram tashkilotning 
yoki qo’shma korxonaning zararlarini tashkilot qaram tashkilotdagi yoki qo’shma 
korxonadagi o’zining sof investitsiyasining qo’shimcha qadrsizlanishi bo’yicha zararni 
tan olishi kerak yoki kerak emasligini aniqlash uchun BHXS 39 “Moliyaviy 
instrumentlar: tan olish va baholash” ni qo’llaydi.
Tashkilot sof investitsiyaning ma’lum qismini va qadrsizlanish bo’yicha zarar 
miqdorini tashkil etmaydigan qaram tashkilotdagi yoki qo’shma korxonadagi o’zining 
sof investitsiyasiga nisbatan har qanday qo’shimcha qadrsizlanish zararini tan olishi 
zarurligini aniqlash uchun BHXS 39 ni qo’llaydi.
Qaram tashkilotdagi yoki qo’shma korxonadagi investitsiyaning balans 
qiymatining qismini tashkil etadigan gudvill alohida tan olinmasligi tufayli, u BHXS 
36 “Aktivlarning qadrsizlanishi” dagi qadrsizlanishga tekshirish talablarini qo’llash 
maqsadida uning qardsizlanganligi tekshirilmaydi. Aksincha, investitsiyaning butun 
balans qiymati BHXS 36 ga muvofiq yagona aktiv sifatida uning qoplanadigan 
summasini (foydalanishdagi qiymat bilan sotish xarajatlari chegirilgandagi haqqoniy 
qiymat o’rtasidagi ko’prog’i) uning balans qiymatiga taqqoslash yo’li bilan 
investitsiyaning qadrsizlanganligi tekshiriladi, agar BHXS 39 ning talablari 
qo’llanilishi natijasida investitsiya qadrsizlangan bo’lishi mumkinligi aniqlansa. 
Ushbu holatlarda tan olingan qadrsizlanish bo’yicha zarar qaram tashkilotdagi yoki 
qo’shma korxonadagi investitsiyaning balans qiymatining ma’lum qismini tashkil 
etadigan har qanday aktiv, jumladan gudvil, hisobidan qoplanmaydi. O’z navbatida, 
ushbu qadrsizlanish bo’yicha zararning tiklanishi BHXS 36 ga muvofiq 
investitsiyaning qoplanadigan summasi oshishi darajasida tan olinadi. Investitsiyaning 
foydalanishdagi qiymatini aniqlashda, tashkilot quyidagilarni baholaydi:
(a) 
qaram tashkilot yoki qo’shma korxona tomonidan hosil qilinishi kutilgan 
kelgusi pul oqimlarining joriy qiymatidagi o’zining ulushini, jumladan qaram tashkilot 
yoki qo’shma korxona faoliyatlaridan pul oqimlari va investitsiyaning yakuniy chiqib 


240 
ketishidan tushumlardagi ulushini; yoki 
(b) 
investitsiyadan va uning yakuniy chiqib ketishidan olinadigan 
dividendlardan yuzaga kelishi kutilgan baholangan kelgusi pul oqimlarining joriy 
qiymatini. 
To’g’ri farazlardan foydalangan holda, ikkala usul ham bir xil natijani 
ta’minlaydi. 
Qaram tashkilotdagi yoki qo’shma korxonadagi investitsiyaning qoplanadigan 
qiymati har bir qaram tashkilot yoki qo’shma korxona uchun baholanishi lozim, bunda 
qaram tashkilot yoki qo’shma korxona o’z faoliyatida tashkilotning boshqa aktivlari 
bo’yicha pul oqimlaridan sezilarli darajada mustaqil bo’lgan pul oqimlarini yuzaga 
keltirmaguncha. 

Yüklə 4,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin