Standartlari


 Hisobotlarni shakllantirish va nazorat jarayonlari



Yüklə 4,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə97/203
tarix26.12.2023
ölçüsü4,41 Mb.
#197940
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   203
И.Очилов-ЎУМ-МҲХС- 2019-2020-14.02.2020

9.3. Hisobotlarni shakllantirish va nazorat jarayonlari 
O’zbekiston iqtisodiyotiga investitsiyalar jalb qilish uchun muayyan sharoit yaratish
jumladan, vatanimiz iqtisodiy sub’ektlari faoliyatining shaffofligi va aniqligiga 
erishish zarur. Bu masalani amalga oshirish moliyaviy hisobotlarning umumqabul 
qilingan jahon standartlarini – moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini qo’llash 
bilan bog’liq. Bu “Korporativ boshqaruv tizimidagi printsip va yondashuvlarni tubdan 
o’zgartirish, ishlab chiqarish, tashqi iqtisodiy va investitsiya jarayonlariga zamonaviy 
xalqaro korporativ menejment standartlarini joriy etish jiddiy e’tiborni talab qiladi”
16

Mustaqilligimizning dastlabki davridan boshlab bu borada ko’plab ishlar amalga 
oshirildi, jumladan, 1994 yilda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, O’zbekiston 
Respublikasini jahon hamjamiyatiga integratsiyalash, xalqaro statistik taqqoslashlarni 
o’tkazish, istiqbolni belgilash - tahlil qilish ishlari darajasini oshirish va xalq xo’jaligi 
boshqarishning iqtisodiy uslublariga o’tish uchun ishonchli axborot bazasi bilan 
ta’minlash maqsadida qabul qilingan “O’zbekiston Respublikasining xalqaro 
amaliyotida qabul qilingan hisobga olish va statistika tizimiga o’tish davlat dasturi 
to’g’risida”gi Vazirlar Mahkamasining Qarori asosida buxgalteriya hisobi tizimini 
xalqaro standartlar asosida tashkil qilish bo’yicha qator ishlar amalga oshirildi. 
Xususiy investitsiyalar, jumladan xorijiy investitsiyalar uchun qulay muhitni 
ta’minlab, bozor infratuzilmasining muhim elementi sifatida shakllanishi lozim 
bo’lgan bozor iqtisodiyotida 
buxgalteriya hisobi kontseptsiyasi 
O’zbekiston 
Respublikasi Moliya Vazirligi qoshidagi buxgalteriya hisobi bo’yicha metodologik 
kengash va Professional buxgalterlar instituti Milliy Kengashi (hozirgi Buxgalterlar va 
auditorlar milliy assotsiatsiyasi) tomonidan 1994 yil 29 dekabrda tasdiqlangan edi. 
Unda respublikamizda endigina vujudga kelayotgan bozor iqtisodiyoti sharoitida 
buxgalteriya hisobi tizimini qurish asoslari mustahkamlab berilgan. 
O’zbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobi va hisoboti tizimini rivojlantirish 
strategiyasi, buxgalteriya hisobi va hisobotida shakllanadigan hisob axborotining 
sifatini oshirish hamda ushbu axborotdan manfaatdor foydalanuvchilarning kafolatli 
foydalana olishlarini ta’minlab berishga qaratilgan. 
16
Karimov I.A. Mamlakatimizni 2014-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2015-yilga 
mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining 
majlisidagi ma’ruzasi .//Xalq so’zi gazetasi. 2015 yil 18 yanvar 


264 
So’nggi yillarda O’zbekistonda buxgalteriya hisobi va hisobot sohasida 1994 yilda 
qabul qilingan “Buxgalteriya hisobini isloh qilish” dasturida ko’zda tutilgan ancha-
muncha o’zgarishlar amalga oshirildi. 
Buxgalteriya hisobi va hisoboti tizimida amalga oshirilayotgan o’zgarishlar xo’jalik 
yurituvchi sub’ektlar faoliyatining moliyaviy natijalari va moliyaviy holati haqidagi 
manfaatdor foydalanuvchilar uchun foydali bo’lgan axborotni shakllantirishni 
ta’minlashga qaratildi. Buxgalteriya hisobi va hisobotini isloh qilishning asosiy 
instrumenti sifatida moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlari asosida milliy 
standartlar qabul qilindi.
Buxgalteriya hisobi va hisoboti taraqqiyotida muayyan yutuqlarga erishilgan bo’lsa-
da, shu bilan birga jiddiy muammolar ham mavjud bo’lib, ularga: 
- MHXS asosida tuziladigan buxgalteriya hisobotlarining rasmiy statusi, shuningdek 
MHXSni qo’llashning zaruriy infratuzilmasining mavjud emasligini; 
- xo’jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan, milliy standartlar asosida tayyorlangan 
buxgalteriya hisobotlarini transformatsiya qilish orqali MHXS bo’yicha jamlangan 
moliyaviy hisobotlar tayyorlash uchun asossiz katta xarajatlarni; 
- buxgalteriya hisobotlari sifatini nazorat qilish tizimining kuchsizligi, shu jumladan, 
buxgalteriya hisobotlari auditi sifatining yuqori emasligini; 
- kasbiy jamoat birlashmalari va boshqa manfaatdor birlashmalarning, shu bilan birga 
buxgalteriya hisobotidan foydalanuvchilarning buxgalteriya hisobi va hisobotini 
tartibga solish, hamda buxgalterlik va auditorlik kasbini rivojlantirishda ishtirokining 
etarli emasligini; 
- ko’pchilik buxgalter va auditorlarni kasbiy tayyorlash darajasining past darajadaligi, 
shuningdek MHXS bo’yicha tayyorlangan axborotdan foydalanish ko’nikmalarining 
etarli emasligini kiritish mumkin. 
Mavjud yuzaga kelgan buxgalteriya hisobi va hisoboti tizimi unda shakllangan 
axborotning ishonchliligi va tegishli darajadagi sifatini ta’minlab bera olmaydi, 
shuningdek, ushbu axborotdan foydalana olish imkoniyatlarini sezilarli darajada 
cheklaydi. 
Bugungi kunda O’zbekistonda buxgalteriya hisobi va hisobotining kelgusi taraqqiyoti 
uchun qulay sharoit vujudga kelmoqda. Buxgalteriya hisobi va hisoboti ob’ektlarining 
aksariyat qismini o’z ichiga oluvchi me’yoriy-huquqiy hujjatlar amalga kiritilgan, 
ammo ushbu hujjatlarni Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari va ularga bo’lgan 
talablarning o’zgarib borayotganligi nuqtai-nazaridan tubdan ko’rib chiqish lozim. 
Chunki ushbu me’yoriy huquqiy hujjatlar qabul qilingandan so’ng MHXSlarda katta 
o’zgarishlar bo’lgan.
Respublikamizda 2015-2018 yillarda barcha aktsiyadorlik jamiyatlari yillik moliyaviy 
hisobotni nashr etishi va Xalqaro audit standartlari hamda Xalqaro moliyaviy hisob 
standartlariga muvofiq tashqi audit o’tkazishi
17
belgilangan. Aktsiyadorlik jamiyatlari 
faoliyati samaradorligini oshirish va korporativ tizimini takomillashtirish maqsadida 
aktsiyadorlik jamiyatlarining yillik moliyaviy hisobotlarini moliyaviy hisobotlarning 
xalqaro standartlarga muvofiq tayyorlash hamda nashr qilish ko’zda tutilmoqda. 
Bugungi kunda nafaqat aktsiyadorlik jamiyatlarida, balki boshqa xo’jalik jamiyatlari, 
17
“Aktsiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora tadbirlari to’g’risida”gi 
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-4720-sonli Farmoni.


265 
xususiy korxonalar, oilaviy korxonalar kabi tashkiliy-huquqiy shaklga ega tadbirkorlik 
sub’ektlarida ham MHXSdan foydalanishga o’tishni sur’atini oshirish zarur deb 
hisoblaymiz.
O’rta muddatli istiqbolda (yaqin 5-10 yilda) buxgalteriya hisobi va hisobotini 
rivojlantirish, buxgalteriya hisobi va hisoboti tizimining o’ziga xos funktsiyalarini 
O’zbekiston iqtisodiyotida muvaffaqiyatli va izchil bajarilishi uchun maqbul zamin va 
sharoit yaratish zarur. Xususan, manfaatdar ichki va tashqi foydalanuvchilar 
(mulkdorlar, investorlar, kreditorlar, davlat hokimiyati organlari, xo’jalik yurituvchi 
sub’ektlarning boshqaruv xodimlari va b.) tomonidan iqtisodiy qarorlar qabul qilish 
uchun zarur bo’ladigan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyati to’g’risidagi aniq va 
shaffof axborotni shakllantirish imkoniyatini yaratish lozim. Kelgusi taraqqiyotning 
mohiyati, samarali hisob jarayonini tuzish va zaruriy infratuzilmani yaratish yo’li bilan 
MHXSdan foydalanishni faollashtirish hisoblanadi. 
Buxgalteriya hisobi va hisobotni quyidagi asosiy yo’nalishlarda rivojlantirish zarur: 
- buxgalteriya hisobi va hisobotlarda shakllanadigan axborot sifatini oshirish; 
- MHXSni qo’llash infratuzilmasini yaratish; 
- buxgalteriya hisobi va hisobotini tartibga solish tizimini o’zgartirish; 
- buxgalteriya hisobotlari sifat nazoratini kuchaytirish; 
- tashkilotlarda buxgalteriya hisobotlari auditi, buxgalteriya hisobi va hisobotini 
yuritish bilan band bo’lgan mutaxassislarning, shuningdek buxgalteriya hisobotlaridan 
foydalanuvchilarning malakasini sezilarli darajada oshirish. 
O’zbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobi, o’z ichiga statistik va operativ-texnik 
hisobni ham oladigan, yagona hisob va hisobot tizimining bir bo’lagi sifatida 
rivojlanishi zarur. Ushbu tizimning birligini ta’minlovchi muhim omil bo’lib 
boshlang’ich hisob hisoblanib, u har bir hisob turi ehtiyoji, vazifalari va 
metodologiyasiga mos holda umumlashtirish, tizimlashtirish va kelgusi yig’ish uchun 
ma’lumotlar manbasi sifatida xizmat qiladi. 
Rivojlanish jarayonida buxgalteriya hisobi va hisoboti tizimi birligi va yaxlitligini 
qo’llab quvvatlash uchun ushbu tizim barqarorligini ta’minlash alohida dolzarblik 
kasb etadi. Jahon tajribasi shuni ko’rsatmoqdaki, buxgalteriya hisobi va hisobotining 
rivojlanishi 
mamlakatdagi 
iqtisodiy 
jarayonlarning 
o’zgarishi bilan uzviy 
aloqadorlikda amalga oshirilishi va xo’jalik mexanizmi rivojlanish darajasi va 
xarakteriga javob berishi lozim. Buxgalteriya hisobi va hisobotini o’zgartirish 
jarayonlarini asossiz paysalga solishga yo’l qo’yib bo’lmaydi. Shu bilan birga 
buxgalteriya hisobi va hisobotidagi o’zgarishlarni xo’jalik mexanizmidagi o’zgarishlar 
va bozor institutlarining real ish olib borishiga mos bo’lmagan holda jadallashtirish 
iqtisodiyotdagi 
moliyaviy 
axborotning 
sifatini 
pasayishiga, 
MHXSning 
obro’sizlanishiga, shuningdek moliyaviy tartib-intizomning susayishiga olib kelishi 
mumkin.
Bundan tashqari MHXSga o’tish, axborotni yig’ish va qayta ishlash jarayonlarining 
yangicha metodlarini amalda qo’llashni o’zlashtirib olish ma’lum vaqt talab qiladi.
Buxgalteriya hisobi va hisobotidagi o’zgarishlar, jumladan MHXSga o’tish jarayoni 
jamoatchilikning kasbiy tayyorgarligi, shuningdek davlat hokimiyati organlarining 
ehtiyoji va imkoniyatlarini hisobga olgan holda bosqichma-bosqich amalga oshirilishi 
lozim. 


266 
Buxgalteriya hisobi va hisobotini rivojlantirishning asosiy yo’nalishlari O’zbekiston 
Respublikasi iqtisodiyotining barcha tarmoq va sohalariga taalluqli. Shu bilan 
birgalikda buxgalteriya hisobi sohasida islohotlarni amalga oshirish iqtisodiyotning 
ayrim tarmoq va sohalarida (jumladan, notijorat tashkilotlari, bank tizimi) o’ziga xos 
xususiyatlarga ega. 
Buxgalteriya hisobi va hisobotini rivojlantirishning asosiy yo’nalishi – unda 
shakllanadigan axborot sifatini oshirish. Jahon tajribasi shuni ko’rsatadiki, 
axborotning foydaliligiga bevosita MHXSdan foydalanish orqali yoki ular asosida 
milliy buxgalteriya hisobi tizimini qurish asosi sifatida foydalanish orqali erishish 
mumkin. 
Zamonaviy buxgalteriya hisobi o’zida xo’jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan 
yuridik shaxs buxgalteriya hisobotlarini (individual buxgalteriya hisoboti) va 
jamlanma moliyaviy hisobotni tayyorlashda foydalaniladigan axborot bazasini ifoda 
etadi. Bundan tashqari buxgalteriya hisobotida shakllandigan axborotdan boshqaruv, 
soliq, statistik hisobotlar, nazorat qiluvchi organlar uchun hisobotlar tayyorlash uchun 
foydalaniladi. Zarurat tug’ilganda ushbu ma’lumotlar asosida boshqa shakldagi 
hisobotlar tayyorlanishi lozim. 
Shu sababdan buxgalteriya hisobi sohasida asosiy vazifa bu hisob jarayonini tashkil 
qilishning biror-bir hisobot shaklini tuzishga bevosita bog’lanib qolmasligini 
ta’minlashdan iborat. Hisob jarayonini tashkil qilishning talab va printsiplari
shuningdek buxgalteriya hisobining asosiy qoidalari MHXS talab va printsiplarini 
hisobga olgan holda o’rnatilishi lozim-ki, bu xo’jalik yurituvchi sub’ektlar turli xil 
hisobot shakllari, jumladan MHXS uchun axborotni shakllantirish imkoniga ega 
bo’lsin. Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarni ayrim toifalari buxgalteriya hisobining 
soddalashtirilgan tartibini qo’llashlari mumkin.
Buxgalteriya hisobi metodi elementi sifatida

Yüklə 4,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin