Standartlashtirish tog’risidagi


Mamlakatimizdagi me’yoriy hujjatlar toifalari va standartlar turlari



Yüklə 227,22 Kb.
səhifə2/4
tarix31.03.2023
ölçüsü227,22 Kb.
#91926
1   2   3   4
5-maruza

2. Mamlakatimizdagi me’yoriy hujjatlar toifalari va standartlar turlari.

Me’yoriy hujjatlarni tuzish, bayon qilish, mundarija va rasmiylashtirishga talablar O’z DSt 1.6:2003 “O‘z SDT. Me’yoriy hujjatlar. Tuzish, bayon qilish, mundarija va rasmiylashtirishga talablar” davlat standarti tomonidan belgilangan. Standartda keltirilgan nizomlar tarmoq, ma’muriy-hududiy darajadagi me’yoriy hujjatlarning va korxona standartlarining tuzilishiga nisbatan majburiy emas, lekin MH ni rasmiylashtirishda birlilikka erishish uchun keltirilgan standartdagi nizomlarga amal qilish kerak.


Me’yoriy hujjatlarning tuzilishiga talablar
Me’yoriy hujjatlar tuzilishiga ko‘ra quyidagi tarkibiy qismlarga ega bo‘lishi mumkin:
– sarvaraq;
– so‘z boshi;
– mundarija;
– kirish;
– nomi;
– qo‘llanish doirasi;
– me’yoriy havolalar;
– atamalar va ta’riflar;
– belgilar va qisqartmalar;
– talablar;
– ilovalar;
– bibliografik ma’lumotlar.
MH ga qo‘shish uchun “Sarvaraq” (titul varaq), “So‘z boshi”, “Mundarija”, “Nomi”, “Talablar” majburiydir.
Me’yoriy. hujjatning sarvarag‘ida uning belgisi va nomi keltiriladi:
So‘z boshida mazkur hujjat to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar keltiriladi me’yoriy hujjatni ishlab chiqish va tasdiqlashga taqdim qilish; ushbu me’yoriy hujjatning qaysi me’yoriy hujjat o‘rniga ishlab chiqilgani to‘g‘risida ma’lumot va b.
So‘z boshi sarvaraqdan keyingi betda uning orqa tomonida joylashtiriladi va tegishli sarlavhadan boshlanadi. Sarlavha betning yuqori qismida, o‘rtada, bosh harflar bilan yoziladi va quyuqroq shrift bilan ajratiladi.
Mundarija me’yoriy hujjat hajmi o‘n betdan oshgan hollarda yoziladi. Mundarijaga bo‘limlarning tartib raqamlari va nomi (zarur bo‘lganda kichik bo‘limlar nomi), ilovalar belgisi va sarlavhasi bilan, zarur bo‘lganda esa, grafik materiallar ham qaysi betda joylashganini ko‘rsatib yoziladi.
Standart mundarijasi so‘z boshidan keyin, odatda yangi betdan boshlanadi. “Mundarija” so‘zi betning o‘rta qismida bosh harflar bilan yoziladi.
Standartning nomi qisqa bo‘lishi, standartlashtirish ob’ektini aniq tavsiflashi va standartni standartlar axborot ko‘rsatkichiga kiritish uchun uning to‘g‘ri tasniflanishini ta’minlashi lozim. Standart nomida, odatda, qisqartmalar (mahsulotning shartli belgisidan tashqari), rim harflari, matematik belgilar, yunon harflari ruhsat etilmaydi.
Me’yoriy hujjatning nomi, odatda, sarlavha va kichik sarlavhadan iborat bo‘lishi lozim.

O‘zining vazifasi va qo‘llanish sohasiga ko‘ra, moddalar va materiallar tarkibi va xossalarining standart namunalari ham o‘lchash vositalariga kiradi. Standart namunalar bo‘yicha batafsil ma’lumot quyida keltirilgan.


O‘lchash vositalari turli birliklarni (massa, temperatura, bosim, chastota, vaqt, tok kuchi va b. ni) o‘lchash uchun odamlarning hayotiy faoliyatining turli sohalarida (sanoat, savdo, qurilish, maishiy va h.k.) foydalaniladi. Keng foydalaniladigan o‘lchash vositalariga, masalan, tarozilar, termometrlar, manometrlar, chizg‘ichlar, soatlar kiradi.
O‘lchash vositalaridan davlat metrologik tekshiruv va nazorati qo‘llaniladigan sohada va boshqa sohada (masalan, maishiy hayotda) ham foydalanish mumkin. Davlat metrologik tekshiruv va nazorati qo‘llaniladigan sohada foydalaniladigan o‘lchash vositalari davlat metrologik xizmat tomonidan tekshiriladi.
Texnik jihatdan tartibga solish Agentligi O‘zbekiston Respublikasida qo‘llanishga ruxsat etilgan o‘lchash vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi.
Davlat metrologik tekshiruv va nazorati qo‘llaniladigan sohada foydalaniladigan o‘lchash vositalari ishlab chiqarilgandan keyin, ta’mirlashdan keyin, import bo‘yicha keltirilganda va foydalanilganda majburiy ravishda qiyoslanadi.
O‘lchash vositalarini qiyoslashda metrologik tekshiruv har bir nusha o‘lchash vositasining me’yoriy hujjatlarda o‘rnatilgan texnik talablarga muvofiqligini eksperimental baholashdan va mazkur nushadan o‘z vazifasi bo‘yicha va reglamentlangan sharoitlarda foydalanishni davom ettirish mumkinligini aniqlashdan iborat bo‘ladi.
O‘lchash vositalarini qiyoslash tartibi va qoidalariga talablar O’z DSt 8.003:2005 “O‘Z O‘DT. O‘lchash vositalarini qiyoslash. Asosiy nizomlar.”da belgilangan.
Vazifasi va qo‘llanishiga qarab qiyoslanishi lozim bo‘lgan o‘lchash vositalarining ro‘yxati o‘lchash vositalaridan foydalanuvchilar tomonidan aniqlanadi va davlat metrologik xizmati idoralari tomonidan tekshiriladi.
Bunday ro‘yxatlarni tuzish tartibini Texnik jihatdan tartibga solish Agentligi belgilaydi.

O‘zbekiston Respublikasi hududida standartlashtirish obyektlariga qo‘yiladigan talablarni belgilovchi me’yoriy hujjatlarning quyidagi toifalari amal qiladi:


– xalqaro (davlatlararo, mintaqaviy) standartlar;
– O‘zbekiston Respublikasining standartlari;
– tarmoq standartlari;
– texnikaviy shartlar;
korxona standartlari;
– xorijiy mamlakatlarning milliy standartlari.



Yüklə 227,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin