Startaplarning rivojlanish bosqichlari. Startaplar bir necha rivojlanish bosqichlaridan o‘tadi.
Startaplarning rivojlanish bosqichlari. Startaplar bir necha rivojlanish bosqichlaridan o‘tadi.
«pre-startup» bosqichi – g‘oyaning paydo bo‘lishidan boshlab tovarning bozorga chiqishigacha davom etuvchi davr.
«pre-seed» bosqichi– g‘oya shakllanib bo‘lgan, iste’molchi uchun aynan nima zarurligi aniqlanib bo‘lgan bosqich. Biroq hali g‘oyani qanday qilib texnik jihatdan yaxshiroq amalga oshirish borasida aniq tasavvur mavjud bo‘lmaydi.
«Seed» bosqichi – bozorni o‘rganish, startap rejasini tuzish, texnik topshiriqni tuzish va amalga oshirish, tovar namunasini yaratish va sinovdan o‘tkazish, dastlabki investorlarni izlash va loyihani ishga tushirishga tayyorgarlik bosqichi.