Statistik axborot tizimlari



Yüklə 1,72 Mb.
səhifə1/4
tarix18.05.2023
ölçüsü1,72 Mb.
#116088
  1   2   3   4
statistika

Statistik axborot tizimlari

Reja:

  • Statistik axborot tizimlari
  • Davlat Statistika qo`mitasi haqida ma’lumot
  • stat.uz sayti

Statistik axborot tizimlari

  • Davlat statistikasi mamlakatda statistik axborot tizimlarini yaratish uchun baza bo’lib xizmat qiladi. Davlat statistika idoralari o’z faoliyatini O’zbekistonda hisob va statistika tizimlarida milliy iqtisodiyotni rivojlantirishning davlat tomonidan boshqarishning muhim tayanchi ekanligiga rioya qilgan holda amalga oshiradi.
  • Davlat statistikasi - mamlakat milliy iqtisodiyotini boshqarish tizimidagi eng muhim bo’g’inlaridan biri. U jamiyat hayotidagi ommaviy hodisalarni o’rganish, ularning murakkab o’zaro aloqalari va hamkorliklarini aniqlash, hamda milliy iqtisodiyotni faoliyat yuritish va rivojlanishga ilmiy asoslangan baho berishga qaratilgan.

Statistik axborot tizimlari

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 690-son qaroriga muvofiq, Davlat statistika qo‘mitasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • rasmiy statistika sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish, rasmiy statistikani tashkil etishning samarali tizimini ta’minlash;
  • rasmiy statistika sohasini muvofiqlashtirish va funksional tartibga solish;
  • xalqaro standartlarga muvofiq bo‘lgan yagona statistika metodologiyasini hamda davlat statistika kuzatuvlari shakllarini ishlab chiqish, tasdiqlash va joriy etish;

Statistik axborot tizimlari

  • ijtimoiy-iqtisodiy va demografik hodisalar, jarayonlar va ularning natijalari to‘g‘risidagi statistika axborotlarini yig‘ish, qayta ishlash, to‘plash, saqlash, umumlashtirish, tahlil qilish va e’lon qilish;
  • davlat organlari, yuridik shaxslar, xalqaro tashkilotlar va aholini belgilangan tartibda statistika axboroti bilan ta’minlash;
  • Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registrini yuritish, statistika ishlarini tashkil etish uchun zarur bo‘lgan iqtisodiy-statistik klassifikatsiyalar tizimini ishlab chiqish, joriy etish va yuritish;
  • statistika tizimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish, foydalanuvchilarning respublikaning rivojlanishini to‘liq tavsiflovchi va iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarining rivojlanishidagi, shuningdek, aholi turmush darajasidagi sifat o‘zgarishlarini yanada to‘liq ochib beruvchi ko‘rsatkichlarning keng ro‘yxatidan erkin foydalanishlarini ta’minlash;

Yüklə 1,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin