izohlar mazmuni
Jadvalning alohida
qatorlari
4.1 – sxema. Statistik jadvalning maketi
Barcha qatorlarni
mazmunini
ochib
beruvchi
ichki sarlavha
Guruhlar, hodisa tiplari
yoki
alohida qatorning
mazmunini
ochib beruvchi
yonbosh ichki
sarlavhalar
Ustun va qatorlarni
kesishmasidan hosil
bo’lgan jadval o’qlari
Jadvalga beriladigan turli
Jadval mazmunini, hodisani joyi
va
vaqtini lo’nda
ifoda etuvchi sarlavha
Alohida ustunlarni mazmunini
ochib
beruvchi ichki sarlavhachalar
Jadvalning ko’rsatkichlarining
mazmunini ochib beruvchi
to’ldiriladigan kataklar
Statistik jadvallarni tuzish va rasmiylashtirish bo’yicha quyidagi qoidalarga amal qilinadi:
1.
Jadval uncha katta bo’lmasligi kerak. Agar o’rganilayotgan to’plam juda murakkab
bo’lsa, u holda uni bitta jadval yordamida emas, balki bir-biri bilan bog’langan bir nechta
jadvalda ifodalash zarur.
2.
Jadvalning umumiy sarlavhasi uning mazmunining qisqa ifodasi bo’lishi kerak.
Unda vaqt, hudud, o’lchov birligi (agar ham ko’rsatkichlar bitta o’lchov birligida
o’lchansa) ko’rsatiladi. Ustun va
qatorlardagi nomlar ham aniq, qisqa va tushunarli
bo’lishi lozim. Jadvallarda so’z qisqartirishsiz yoziladi. Agar umumiy o’lchov birligi
bo’lmasa har bir qator va ustun uchun o’zining o’lchov birligi keltiriladi.
3.
Eganing qatorlari va kesimning ustunlari qo’shiladigan bo’laklar
tamoyilida
joylashtiriladi va oxirida jami chiqariladi. Agarda hamma bo’laklar to’g’risida ma’lumot
bo’lmasa yoki ularni hammasini ko’rsatishga zaruriyat bo’lmasa oldin jami berilib, undan
keyin shu jumladan degan so’z yozilib eng asosiy yoki kerakli bo’laklar sanab o’tiladi.
4.
Agarda jadval katta bo’lsa, qulaylik tug’dirish uchun jadvalning ustunlariga tartib
nomeri beriladi, qatorlari bir, ikki va h.k yoki A, B, V harflari bilan belgilanishi mumkin.
Jadvalda o’zaro bog’liq ma’lumotlar yonma-yon keltiriladi.
5.
Jadvalda qursatkichlar bir-birini tekshira oladigan “soddadan murakkabga”
tamoyilida joylashtirilishi kerak, bu esa ularni tekshirish imkonini beradi.
6.
Jadvallarni to’ldirishda quyidagi shartli belgilarni to’g’ri qo’llash lozim: agarda
ma’lumotlar yo’q bo’lsa, uchta nuqta (. . .) qo’yiladi yoki “ma’lumot yo’q” deb yoziladi.
Hodisa umuman sodir bo’lmagan bo’lsa, tire (-) qo’yiladi. Hisoblanishi lozim bo’lmagan
katakka iks (x) qo’yiladi. Masalan, jadval qatorida aholining yoshi guruhlari kesimida esa
ajralgan oilalar soni (har ming kishiga) berilgan. Qatorda birinchi guruh 57 yoshgacha
bo’lsa, bu qatorni kesim bilan kesishgan katagida “x” qo’yiladi. Bu hammaga tushunarli.
O’rganilayotgan yil bo’yicha ma’lumoti bo’lmasa, uning tepasiga yulduzcha (*) qo’yib,
qaysi yilga taaluqli bo’lsa, o’sha yilni ko’rsatish kerak.
7.
Jadval ma’lumotlarining hammasi bir xil aniqlikda bo’lishi kerak (0,1; 0,01;
0,001va h.k). Foizlar berilayotganda, ayniqsa, ularni dinamikasi, quyidagi qoidaga amal
qilishi kerak. Masalan, 650 % emas, 6,5 marta deb yozgan ma’qul. Keyin, mutloq
raqamlarni ham o’qish oson bo’lishi uchun o’lchov birliklari kattaroq yozilgani ma’qul.
Masalan, qatorda so’m yozib, ustunda quyidagi raqam berilsa 8769618534.
Bunday
raqamlar jadvalda 10 ta bo’lsa, uni hech kim o’qimaydi. Shuning uchun, qatorda so’m
emas, mlrd.so’m deb berib, ustunda esa 8,8 raqami berilsa jadval ixcham va o’qiydigan
bo’ladi.
8.
Agarda jadvalda hisobot ma’lumotlari bilan bir qatorda tekshiruvchining hisob-
kitob usuli bilan olgan ma’lumotlari keltirilsa, bu haqida eslatma berish kerak.
9.
Jadvallarda keltirilgan ma’lumotlar manbai ko’rsatilishi kerak. Agar
tekshiruvchining o’zi hisoblagan bo’lsa, qaysi ma’lumotlar asosida hisoblanganligi
ko’rsatiladi.
10.
Jadval har tomonlama yakunlangan, ya’ni barcha guruh, guruhchalar va umumiy
to’plam bo’yicha
yakunlar chiqarilgan, o’rtachalar hisoblangan bo’lishi kerak.
Bu qoidalarga rioya qilib tuzilgan jadvalni tahlil qilish va uning ma’lumotlari asosida
kerakli xulosalar chiqarish mumkin. Jadval ma’lumotlarini tahlil qilishni umumiy jamlar
yoki o’rtachalardan boshlash yaxshi, chunki oldin to’plam bo’yicha umumiy ifodani olib,
keyin, uning bo’laklari, ya’ni qator va ustunlarini o’rganishga o’tiladi. Bu bilan, birinchi
navbatda, jadvalning eng muhim elementlari tahlil qilinadi, keyin esa qolganlari.
Dostları ilə paylaş: