Statistikada jamlash va guruhlash


Guruhlash metodi: mohiyati, ahamiyati va turlari



Yüklə 66,62 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix16.12.2023
ölçüsü66,62 Kb.
#182198
1   2   3   4
3 мавз STATISTIKADA JAMLASH VA GURUHLASH.

3.2. Guruhlash metodi: mohiyati, ahamiyati va turlari
 
 
 


Boshlang’ich ma’lumotlarni qayta ishlash va tahlil qilishning keng tarqalgan 
metodlaridan biri guruhlashdir. Statistikada guruhlash deb to’plam birliklarini eng muhim 
belgilari bo’yicha bir xil guruh va guruhchalarga ajratib o’rganishga aytiladi.
Guruhlash metodi statistikada ko’p yillardan (XVIII asr) beri qo’llanib kelinmoqda. Bu 
metodni qo’llashdan maqsad, to’plam birliklarini qanday bir bo’laklarga bo’lish emas, 
balki faqat shu hodisaga xos xususiyatlarni ochib berish, undagi mavjud tendentsiya va 
qonuniyatni baholash, miqdor o’zgarishlardan sifat o’zgarishlarga, sifat o’zgarishlardan 
miqdor o’zgarishlarga o’tish jarayonlarini aniqlash va baholashdir.
Guruhlash metodi oldida o’rganilayotgan to’plam birliklarini tiplarga ajratish
hodisalar o’rtasidagi bog’lanishlarni va to’plam tuzilishini o’rganish vazifalari ham 
turadi. Bu vazifalar guruhlashning uch (tipologik, analitik, tuzilmaviy) turidan 
foydalanish orqali hal qilinadi.
Aholini jinsi bo’yicha guruhlarga ajratish, sinflarga bo’lish, mulkni davlat va 
shaxsiy mulkka bo’lish va boshqalar tipologik guruhlashga misol bo’la oladi. Bu 
misollardan ko’rinib turibdiki, o’rganilayotgan to’plamning turli xildagi birliklari 
tipologik guruhlash yordamida sifat jihatdan bir xil guruhlarga, ya’ni tiplarga ajratiladi. 
Analitik guruhlashdan maqsad hodisalar o’rtasidagi bog’liqlikni o’rganishdir. Masalan, 
chakana savdo do’konlarida muomala xarajatlari hajmi rentabellik darajasi o’rtasidagi 
bog’liqlikni o’rganish uchun do’konlarni muomala xarajati hajmi bo’yicha guruhlarga 
ajratib har bir guruh uchun rentabellik darajasini hisoblaymiz. Agarda muomala 
xarajatlari oshib borishi bilan rentabellik darajasi oshib borsa, ular o’rtasida to’g’ri 
bog’lanish mavjud, aksincha bo’lsa, teskari bog’lanish mavjud bo’ladi.
Amaliyotda shunday qiyin va murakkab hodisalar uchraydiki, ularni chuqur o’rganish 
uchun ikki va undan ortiq belgilar bo’yicha guruhlarga ajratish maqsadga muvofiq 
bo’ladi. Statistikada bunday guruhlash kombinatsion guruhlash metodi deb yuritiladi. 
Guruhlashni amalga oshirish uchun dastlab guruhlash belgisini aniqlab olish muhimdir. 
Iqtisodiy fanlardagi nazariy holatlar va aniq tekshirishning vazifalariga tayangan holda, 
guruhlashni amalga oshirishda mavjud belgilardan eng hal qiluvchisi tanlanadi. Hal 
qiluvchi belgi bo’lib, o’rganilayotgan ob’ektni har tomonlama va aniq xarakterlovchi, 
uning o’ziga xos holat va xususiyatlarini tanlashda yordam beruvchi belgilarga aytiladi. 
Masalan, savdo korxonalari turli belgilar, savdo zalining maydoni, xodimlar soni va 
hokazolar bilan tasniflanishi mumkin. Lekin savdo korxonalari faoliyati (ish hajmi)ni 
baholashda tovar oboroti hajmi hal qiluvchi belgi hisoblanadi, chunki savdoning asosiy 
maqsadi tovar sotishdan iboratdir.

Yüklə 66,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin