Geoffrey Ijumba, YUNISEFning yurtimizdagi vakolatxonasi vakili oʻrinbosari:
— Oʻzbekiston xalqaro baholash tizimi (PISA)ga kirish boʻyicha xohish bildirgani juda ham muhim. Chunki PISA taʼlimni qanday qilib takomillashtirish mumkin boʻlgan barcha savollarga javob tizimi hisoblanadi. Bu, albatta, katta tayyorgarlik talab etadi. Juda koʻp mutaxassislar buning ustida ishlaydi. Lekin yakunda biz obeʼktiv maʼlumotni olish imkoniyatiga ega boʻlamiz.
Oʻzbekiston taʼlim tizimi 2030-yilga borib aynan PISA xalqaro baholash dasturida birinchi oʻttiztalikka kirishi uchun zarur koʻmak beramiz. Bundan tashqari, milliy baholash tizimini ham hozir shakllantirish harakatidamiz. Mazkur milliy tizim juda ham muhim. Chunki uning bir nechta komponenti boʻladi. Bu sizga qiz va oʻgʻil bolalar kesimida viloyatlar, tumanlar, shaharlarni taqqoslash imkoniyatini yaratadi. Biz qayerda kamchilik, boʻshliq borligini bilgan holda zarur chora-tadbirlar koʻramiz.
Mazkur xalqaro konferensiya yakunida xalqaro baholash tadqiqot dasturlariga tayyorgarlik, erishilgan yutuq va kamchiliklarni aniqlash, xalqaro baholash dasturi natijalari asosida umumtaʼlim maktablarida taʼlim sifatini baholash milliy tizimini takomillashtirish boʻyicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish hamda maktab oʻquvchilarining kelajakdagi xalqaro baholash dasturlariga tayyorgarlik darajasini oshirishga doir takliflar tayyorlash koʻzda tutilgan.
STEAM TA’LIM TEXNOLOGIYASINI MAKTABGACHA TA’LIMDA QO‘LLASHNING INNAVOTSION USULLARI.
Tarixdan ma’lumki, maktabgacha tarbiyaning rivojlanishi bilan birgalikda tarbiyalash dasturi ham takomillashib boradi. Maktabgacha muassasalar ishini tashkil etish, uning mazmuni va metodlari yuzasidan asosiy ko‘rsatmalar 1919-yilda Maorif xalq komissariati maktabgacha tarbiya bo‘limining vazifasi «Oila o‘chog‘i va bolalar bog‘chasini yuritish yuzasidan instruksiya»da bayon qilib berilgan edi. Maktabgacha tarbiya sifatini yaxshilash uchun bolalar bog‘chasi ishining ilmiy asoslangan dasturini yaratish katta ahamiyatga ega bo‘ldi. «Programma»ga oid har bir hujjat muayyan tarixiy bosqichda vujudga keldi va maktabgacha tarbiya nazariyasi va amaliyoti rivojlanishining tegishli bosqichini aks ettirdi.
«Programma»ning dastlabki loyihasi 1932-yilda chiqarilgan edi. Bu hujjat bolalar faoliyatining tegishli turlariga mos keladigan bilimlardan: ijtimoiy-siyosiy tarbiya, mehnat tarbiyasi, musiqa-harakat tarbiyasi, tasviriy faoliyat, matematika, savod bo‘limlaridan iborat edi. Unda bolalar bog‘chasidagi bolalar bilan ishlash vazifalari va hajmini belgilashga urinib ko‘rilgan edi. «Programmaning vujudga kelishi esa maktabgacha tarbiya muassasalari ishini tartibga solishga, tarbiyachipedagoglar faoliyatiga ko‘proq yo‘nalish va mazmun bag‘ishlashga yordam berdi. 1934-yilda takomillashtirilgan «Tarbiyalash programmasi» nashr etildi.
Unda bolalar bog‘chasida bolalarning ko‘p qirrali hayotini tashkil etish va uning mazmuni masalalariga katta e’tibor berildi. «Programma»da ijtimoiy tarbiya, jismoniy tarbiya, rasm chizish, loy va plastilindan narsalar yasash, mehnat mashg‘ulotlari, nutqni o‘stirish, kitob va rasmlar bilan mashg‘ulotlar, tabiat haqidagi bilimlarning kurtaklari, dastlabki matematik tasavvurlarni rivojlantirish, savod chiqarish mashg'ulotlari bo‘limlari bor edi.
Shu bilan birga unda muhim kamchiliklar mavjud edi, chunonchi, murakkab bilish materialining kiritilganligi, bolalarning yosh xususiyatlari hisobga olinmaganligi, pedagogik jarayonni tashkil etishda tarbiyachining rahbarlik roliga yetarli baho berilmaganligi shular jumlasidandir. 1938-yilda «Bolalar bog‘chasining tarbiyachisi uchun qo‘llanma» nashr etildi. Unda maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni tarbiyalash vazifalari to‘g‘ri yoritildi. Shaxsni har tomonlama kamol toptirish, bolalarning yosh xususiyatlarini hisobga olish haqida aniqroq gap yuritildi. «Qo‘llanma»da ilgarigidek, bolalar bilan ishlash mazmunini yosh guruhlariga qarab emas, balki tarbiyaning ayrim bo‘limlari bo‘yicha belgilangan edi.
Bu esa u yoki bu yoshdagi bolalar bilan ishlash uchun dastur materialini tanlashda tarbiyachini qiyin ahvolga solib qo‘yar edi. Jismoniy, aqliy, axloqiy tarbiyaning ko‘pgina masalalari «Qo‘llanma»da yetarli darajada o‘z aksini topdi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga ta’lim berish masalalari ilmiy asosda ochib berilgan, ota-onalar bilan ishlash ham yetarli yoritilgan edi. 1953-yilda bolalar bog‘chasida ta’limning joriy etilishi munosabati bilan ta’limtarbiya ishlari sifatini oshirish va bolalarni maktabgacha tayyorlash maqsadlarida «Qo‘llanma» qayta ishlab chiqildi. Unda tarbiyachining rahbarlik roli ta’minlangan holda tashkil etilgan mashg‘ulotlarda bolalar o‘zlashtirishlari kerak bo‘lgan bilim mundarijasi ancha aniq ko‘rsatib berildi. 1959-yil may oyida «Maktabgacha tarbiya muassasalarini yanada rivojlantirish, maktabgacha yoshdagi bolalarga tarbiya berish va tibbiy xizmat ko‘rsatishni yaxshilash tadbirlari to‘g‘risida» qaror qabul qilindi. Qarorda jumladan mahalliy sharoit va imkoniyatlarni hisobga olgan holda bolalar muassasalarining ikki tipini — yasli va bolalar bog'chalarini yagona maktabgacha muassasaga (yasli bog‘cha) birlashtirilishi hamda yasli va maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni tarbiyalashning yagona dasturini ishlab chiqish ko‘zda tutildi.
Yangi hujjatga maktabgacha tarbiya pedagogikasi, bolalar psixologiyasi va bolalarning o‘sishini o‘rganadigan yondosh fanlar to‘plagan ma’lumotlar hamda maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni tarbiyalashning eng yaxshi usulini umumlashtirish asos qilib olindi. «Ilk yoshdan to maktabga kirish yoshigacha bo‘lgan bolalar bilan olib boriladigan ta’lim-tarbiya ishlarining yagona programmasi» birinchi marta 1962-yilda e’lon qilindi. «Programma»da e’tibor tarbiya jarayonida yosh davomiyligi o‘rtasidagi aloqa uzilib qolishini tugatishga qaratilgan edi. Ilgarigi programmaning metodik jihatlariga qaraganda unda maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga ta’lim berish masalalari ko‘proq aks ettirildi. «Mashg‘ulotlarda ta’lim berish» bo‘limida taqdim etilgan material ta’lim berishda sistemalilikni amalga oshirish, bolalarning bilim minimumini to‘la o‘zlashtirish, ularning atrofdagi voqelik, predmetlar va hodisalarning o‘zaro bog‘liqligini anglay olishlari uchun qulay sharoitlar yaratdi. «Programma», shuningdek, bola shaxsiyatini har tomonlama kamol toptirish uchun zarur bo‘lgan muayyan bilimlar, ko‘nikmalar va malakalar, yurish-turishdagi ijobiy odatlar, axloqiy fazilatlarni shakllantirishni ham ko‘zda tutdi. Unga mashg‘ulotlar, dam olish, ko‘ngil ochish, uyqu, ovqatlanish, sayr qilish rejimi kiritilgan.
Tarbiyachi «Bolalar bog‘chasida tarbiya programmasi»ga ko‘ra, maktabgacha tarbiya yoshidagi bolaga o‘yinlar, ko‘ngil ochish va mehnat orqali ta’lim berish, turmush jarayonida tar- biyalashning ko‘p tomonlama vazifalari hal etilishini ta’minlamog‘i kerak edi. 1969-yilda takomillashtirilgan «Bolalar bog‘chasida tarbiya dasturi» chop etildi. U ilmiy tadqiqot va eng yaxshi ish taj - ribasidan foydalanish asosida tuzilgan bo‘lib, maktablar boshlang‘ich ta’limining yangi programmaga o‘tishi bilan bog‘liq bo‘lgan talablarni hisobga oldi. Shundan keyingi yillarda bu «Programma» ba’zi qo‘shimcha va tuzatishlar bilan bir necha marta, masalan, 1978-yilda, 1988- va 1995-yillarda qayta nashr etildi. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach, barcha sohalar singari ta’lim-tarbiyada ham ko‘pgina yangilanishlarni amalga oshirish ehtiyoji tug‘ildi. Buning uchun esa pishiq-puxta ishlangan, ma’lum maqsad va vazifalarni o‘zida mujassamlashtirgan istiqbolli dastur talab etilardi. Bola dunyoga kelgan kunidan boshlab, davlat, jamiyat hamda ota-ona zimmasiga uni sog‘lom, aqlli, xushxulqli tarbiyalash vazifasi qo‘yiladi. Davlat va jamiyatning kelajagi yosh avlodning qanday voyaga yetishiga ko‘p jihatdan bog‘liqdir. O‘z navbatida jamiyat taraqqiyoti millatning ma’naviy darajasi bilan belgilanadi. Sog‘lom avlodni tarbiyalash davlat va jamiyatning ustuvor yo‘nalishidir.
Dostları ilə paylaş: |