Stomatologiya va otoloringologiya kafedrasi


II. О‘quv fanining maqsadi va vazifalari



Yüklə 79,65 Kb.
səhifə2/17
tarix10.11.2022
ölçüsü79,65 Kb.
#68303
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Ишчи дастур 5 kurs DI Otoloringologiya(3)

II. О‘quv fanining maqsadi va vazifalari
Otorinolaringologiya va stomatologiya fanini о‘qitishdan maqsad – talabalarga LOR a’zolari kasalliklari holatini tekshirish usullarini, aniqlangan kasalliklarga tegishli yordam kо‘rsatish, organizmni umumiy kasalliklaridan farqlay olish va shu kasalliklarni oldini olish maqsadida profilaktika ishlarini о‘rgatishdan iborat
Fanning maqsadi – amaliy otorinolaringologiya bо‘yicha dasturning asosiy maqsadi talabalarga otorinolaringologiya va stomatologiya fanining asoslarini, kasalliklar profilaktikasini, erta diagnostikasi va davolash usullarini о‘rgatishdan iborat.
Fanning vazifaci:

  • otorinolaringologiya va stomatologiya fani haqida tushuncha berish;

- talabalarining nazariy ma’lumotidan boshlang‘ich amaliy kо‘nikmalarni (faringoskopiya, eshitish zaifligini aniqlash (testlar-shivirlash va nutqli), oldingi tamponada, oldingi rinoskopiya, otoskopiya, bilvosita laringoskopiya, quloqni yuvish, maxsus asboblar yordamida stomatologik bemorlarni tekshirish, utkir pulpitda birinchi yordam kо‘rsatish, tepa engak boylamini kuyish va boglashni bilish, tish katakchasidan kon ketayotganda birinchi yordam kо‘rsatish, pastki jag‘ chikkanida joyiga solish) bajarish darajasiga qadamma-qadam о‘rgatish;
- zamonaviy pedagogik texnologiyalarni dars jarayoniga tadbiq etib, talabani klinik fikrlash va bilimini saqlash darajasini oshirish;
- zamonaviy tekshirish usullari xakida tushunchaga ega bо‘lish;
- LOR a’zolarini klinik anatomiyasi, tekshirish usullarini va faoliyatlarini aniqlashni о‘rgatish,
- LOR kasalliklarni diagnostikasi borasida tо‘liq tushuncha berish;
- LOR a’zolarini tug‘ma va ottirilgan kasalliklarini tashhislash;
- sog‘lom turmush tarzining targ‘ibot qilishni;
- talabaning klinik fikrlash qobiliyatini о‘stirishga qaratilgan standartga mos amaliy kо‘nikmalarni assistent-talaba, talaba-fantom uslubida avtomatizm darajasiga yetkazish.

Fan bо‘yicha talabalarning bilim kо‘nikma va malakalariga quyidagi talablar qо‘yiladi.
Talaba:
“Otorinolarinologiya, stomatologiya” о‘quv fanini о‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:

  • LOR a’zolarini anatomiyasi, tekshirish usullarini va vazifalarini aniqlashni о‘rgatish tasavvurga ega bо‘lishi;

  • LOR a’zolari va yuz jag‘ sohasida faringoskopiya, eshitish zaifligini aniqlash (testlar-shivirlash va nutqli), oldingi tamponada, oldingi rinoskopiya, otoskopiya, bilvosita laringoskopiya, quloqni yuvish, maxsus asboblar yordamida stomatologik bemorlarni tekshirish, о‘tkir pulpitda birinchi yordam kо‘rsatish, tepa engak boylamini kuyish va boglashni bilish, tish katakchasidan kon ketayotganda birinchi yordam kо‘rsatish, pastki jag‘ chikkanida joyiga solish asosiy usullarni о‘rgatish tasavvurga ega bо‘lishi;

  • talabalarni zamonaviy klinik nuqtaiy nazardan eshitish va muvozanat analizatorlari, burun va uning yondosh bо‘shliqlari, halqum va hiqildoqning fizologiyasi tо‘g‘risidagi bilimlarini boyitish;

  • quloq, burun, halqum, hikildoq va yuz-jag‘ sohasi kasalliklari etologiyasi, patogenezi tо‘g‘risidagi bilimlariga ega bо‘lish;

  • bemorlarga LOR kasalliklarida birinchi tibbiy yordam kо‘rsatish va LOR statsionariga yotqizishga kо‘rsatmalarni berishni о‘rgatish va ulardan foydalana olishi;

  • LOR va yuz jag‘ sohasi a’zolari va unga yakin bо‘lgan fanlar (nevrologiya, oftalmologiya, stomatologiya, travmatologiya va umumiy jarrohlik) patologiyalari diagnostikasi bо‘yicha klinik fikirlashni rivojlantirish tasavvurga ega bо‘lishi;

  • surunkali kasalliklarda bemorlarni reabilitatsiya va dispanserizatsiya qilishga о‘rgatish (4 kategoriya xizmati) bilimlariga ega bо‘lish;

  • sog‘lom turmush tarzining targ‘ibot qilish tadbirlarini bilishi va ulardan foydalana olishi;

«Otorinolarinologiya, stomatologiya» fanini о‘zlashtirish jarayonida bakalavr:

  • LOR a’zolarining anatomik va fiziologik xususiyatlari tasavvurga ega bо‘lishi;

  • о‘tkir va surunkali quloq kasalliklari etiologiyasi, patogenezi, tashhisi va profilaktikasi tasavvurga ega bо‘lishi;

  • о‘tkir va surunkali burun yondosh bо‘shliqlari kasalliklarining etiologiyasi, patogenizi, tashhisi va profilaktikasi bilimlariga ega bо‘lish;

  • halqum va halqum limfoadenoid tо‘qimasining о‘tkir va surunkali kasalliklari etiologiyasi, patogenezi, tashhisi va profilaktikasi bilimlariga ega bо‘lish;

  • kariyes kasalligi etiopatogenezi, kechishi va uning asoratlari (pulpit, peridontit), profilaktikasi; og‘iz bо‘shlig‘i, shilliq qavati kasalliklari va ularni ichki kasalliklar bilan bog‘liqligi haqida tushunchaga ega bо‘lishi;

  • LOR - kasalliklari rivojlanishida ekzogen va endogen faktorlarning ahamiyati tо‘g‘risida bilimga ega bо‘lishi;

- Faringoskopiya
- Eshitish zaifligini aniqlash (testlar-shivirlash va nutqli).
- Oldingi tamponada.
- Oldingi rinoskopiya
- Otoskopiya
- Bilvosita laringoskopiya
- Quloqni yuvish
- Maxsus asboblar yordamida stomatologik bemorlarni tekshirish
- Utkir pulpitda birinchi yordam kursatish
- Tepa engak boylamini kuyish va boglashni bilish
- Tish katakchasidan kon ketayotganda birinchi yordam kursatish
- Pastki jag chikkanida joyiga solish amaliy kо‘nikmalariga (shu jumladan klinik amaliy kо‘nikmalariga) ega bо‘lishi kerak.

Yüklə 79,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin