Stomatologiya va otoloringologiya kafedrasi


Amaliy kо‘nikmalar rо‘yxati



Yüklə 79,65 Kb.
səhifə8/17
tarix10.11.2022
ölçüsü79,65 Kb.
#68303
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17
Ишчи дастур 5 kurs DI Otoloringologiya(3)

Amaliy kо‘nikmalar rо‘yxati:
Otorinolaringologiya fanidan
1. Faringoskopiya
2. Eshitish zaifligini aniqlash (testlar-shivirlash va nutqli).
3. Oldingi tamponada.
4. Oldingi rinoskopiya
5. Otoskopiya
6. Bilvosita laringoskopiya
7. Quloqni yuvish


Stomatologiya fanidan
1. Maxsus asboblar yordamida stomatologik bemorlarni tekshirish.
2.Utkir pulpitda birinchi yordam kursatish.
3. Tepa engak boylamini kuyish va boglashni bilish.
4. Tish katakchasidan kon ketayotganda birinchi yordam kursatish.
5. Pastki jag chikkanida joyiga solish.
О‘quv klinik amaliyotni tashkil etish bо‘yicha kо‘rsatma va tavsiyalar
Talabalarning “Otorinolaringologiya va stomatologiya” fani bо‘yicha klinik amaliyoti ta’lim jarayonining 50%ini tashkil qiladi va amaliy mashg‘ulotlar “LOR kasalliklari va yuz – jag‘ jarroxligi (stomatologiya)” bо‘limida va maslaxat poliklinikasi otolaringolog xonasida о‘tkaziladi.
Amaliy mashg‘ulotda amaliy kо‘nikmalarga о‘rgatish jarayoni batafsil rejalashtiriladi va bir necha bosqichni о‘z ichiga oladi:
1. Birinchi bosqich – mashg‘ulotning maqsadi va vazifalaridan kelib chiqgan holda о‘rganilayotgan amaliy kо‘nikmani о‘rganish motivatsion asosi aniqlanadi, uning nazariy jihatlari muhokama qilinadi. Amaliy kо‘nikmalarni amalga oshirish uchun kerakli asbob anjomlar ishlash mexanizmi, ishlatish qoidalari bilan talabar tanishtiriladi.
Birinchi bosqichni amalga oshirish uchun kafedrada barcha asbob anjomlar mavjud va ishchi holatda bо‘lishi lozim.
2. Ikkinchi bosqich – amaliy kо‘nikmani namoyish qilib berish va kо‘p marta mashq qilish. Bu bosqichni amalga oshirish uchun amaliy kо‘nikmalarni kadamma kadam algoritmi pedagog tomonidan va videofilmlar orqali namoish etiladi, algoritm asosida bosqichma bosqich tо‘g‘ri bajarishga alohida e’tibor qaratiladi. Talaba amaliy kо‘nikmani mustakil, biroq pedagog nazorati ostida mulyajlar, trenajyorlar, fantomlar va manekenlarda, talabalar о‘zaro bir-birida kо‘p marta mashq qilib о‘rganadilar. Boshida barcha bosqichlarini alohida, kegin umumlashtirgan xolda tо‘liq va tо‘g‘ri bajara olgandan sо‘ng bemorda qо‘llashga ruhsat beriladi (imitatsion trening).
Ikkinchi bosqichni amalga oshirish uchun kafedra tomonidan ishlab chiqilgan amaliy kо‘nikmalar qadamma qadam algoritmi va videofilmi, о‘quv-uslubiy qо‘llanmasi, bajarish sxemasi yoki texnikasi va h.k., baholash mezonlari ishlab chiqilgan bо‘lishi lozim. Mulyajlyar, trenajyorlar, fantomlar va manekenlar, imitatorlar, asbob anjomlar bо‘lishi lozim va kerakli shart sharoitlar (maksimal darajada ish sharoitiga yaqin modellashtirilgan) yaratilishi lozim. Bu bosqichda pedagog nazorat qiladi va kerak bо‘lganda talabalar ishidagi xatoliklarni tо‘g‘irlaydi. Bu jarayonda talaba harakatlari videotasvirga olinib о‘ziga namoish etilishi, kritik muhokama qilinishi mumkin. Talaba, uning xatosi nimada ekanligini, о‘qituvchiga va boshqa talabalarga tushuntirib beradi va sо‘ngra muolajani takrorlaydi. Interfaollik shunda namoyon bо‘ladiki, bunda boshqa talabalar ekspert sifatida chiqishda va о‘qitilayotgan talabaning amaliy kо‘nikmani tо‘g‘ri о‘zlashtirganligini baholashda ishtirok etadilar. Amaliy kо‘nikma aftomatizm darasigacha yetkazilishi maqsadga muvofiq.
3. Uchinchi bosqich - о‘rganilgan bilim va amaliy kо‘nikmani bemorda qо‘llash. Bu bosqichda talaba о‘zlashtirilgan bilim va amaliy kо‘nikmani turli hil klinik xolatlarda (shu jumladan shoshilinch holatlarda) qо‘llashga, olingan natijalarni taxlil qilishga va shu ma’lumotlar asosida harakat taktikasini belgilashga pedagog nazoratida о‘rgatiladi.
Uchinchi bosqichni amalga oshirish uchun kafedra tomonidan ishlab chiqilgan о‘quv, uslubiy qо‘llanmalar, fotosuratlar, vaziyatli masalar va testlar tо‘plami, keyslar, klinik protokollar, diagnostika va davolash standartlari, о‘rgatuvchi kasallik tarihlari va ambulator kartalar va x.q. ishlatilishi lozim. Interfaollik shunda namoyon bо‘ladiki, bunda boshqa talabalar nafaqat ekspert sifatida chiqishda va о‘qitilayotgan talabaning amaliy kо‘nikmani tо‘g‘ri о‘zlashtirganligini baholashda balki komandada ishlashda ishtirok etadilar.
4. Tо‘rtinchi bosqich – hulosa. Bu bosqichda pedagog talaba tomonidan olingan bilim va egallagan kо‘nikmani bemorlarda, turli hil vaziyatlarda, faoliyat jarayonida tо‘g‘ri va tо‘liq qо‘lla olishiga ishonch hosil qilishi kerak va shunda amaliy kо‘nikma о‘zlashtirildi deb xisoblanadi.

Tо‘rtinchi bosqichni amalga oshirish uchun talaba bemor bilan mustakil ishlashi pedagog tomonidan nazorat qilinadi, tibbiy xujjatlarni, kasallik tarixini yozib ximoya qilganda baxolanadi.


Mashg‘ulot sо‘nggida о‘qituvchi har bir talabaning amaliy kо‘nikmani о‘zlashtirganligini tasdiqlaydi. Talaba amaliy kо‘nikmani о‘zlashtira olmagan vaziyatlarda, mashg‘ulotdan tashqari vaqtda mustaqil о‘zlashtirish tavsiya etiladi va pedagogga qayta topshiradi. Talaba barcha amaliy kо‘nikmalarni о‘zlashtirgan holda fanni о‘zlashtirgan hisoblanadi.





Yüklə 79,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin