Strategik menejment


Vertikal integratsiya strategiyasi va raqobat ustunligi



Yüklə 4,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/309
tarix20.11.2023
ölçüsü4,26 Mb.
#162872
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   309
Strategik menejment

5.4.Vertikal integratsiya strategiyasi va raqobat ustunligi
Kompaniya mablaglarini vertikal integratsiyaga investitsiya kilishning asosiy 
sababi uning rakobat pozitsiyasini kuchayishidir. Agar vertikal integratsiya 
kompaniya xarajatlarini sezilarli darajada pasayishiga yoki kushimcha rakobat 
ustunligiga erishishga olib kelmas ekan, u strategik xisoblanmaydi va unga mablag 
sarflashning foydasi yuk. 
«Orqaga» integratsiya shundagina xarajatlarni pasayishiga olib keladiki, unda 
ishlab chikarishning talab etiladigan xajmi shu darajada yukori bo’ladiki, u xuddi 
ta’minotchilardagi kabi ishlab chikarish miqyoslarida shunday tejamkorlikni 
ta’minlaydi. 
«Oldinga» vertikal integratsiya xam ana shunday ildizlarga ega. 
Vertikal integratsiyaning kamchiliklariga kuyidagilar kiradi: 
1. 
Integrallashgan 
firmalar 
yangi 
texnologiyalarga 
sekin 
kunikish 
tendentsiyasiga ega buladilar, chunki bu katta xarajatlar bilan boglik. 
2. Integratsiya ta’minotchilarni erkin tanlash xususida firmaning imkoniyatlarini 
cheklaydi. 
3. Vertikal integratsiya kadriyatlar zanjiridagi xar bir boskichda kuvvatlarni 
balansligi bilan boglik bulgan muammolarga olib keladi. 
4. «Oldingi» yoki «orkaga» integratsiya turli malaka, maxorat va ishbop 
kobiliyatlarini talab etadi. 
Shunday kilib, vertikal integratsiya strategiyasining xam kuchli, xam kuchsiz 
tomonlari bulishi mumkin. Integratsiyaning kanday yunalish va kanday mikyoslarini 
tanlash kuyidagilarga boglik: 
1. Integratsiya kompaniyaning strategik jixatdan muxim bulgan ish soxalari 
xarajatlarini 
pasaytirish 
yoki 
tabaqalashtirishni 
chuqurlashtirish 
tomoniga 
yaxshilashga kodirmi? 
2. Kapital xarajatlar, javobiy reaktsiyaning chapdastligi va tezligiga, ma’muriy 
xarajatlarga kanday ta’sir kursatadi? 
3. 
Rakobat ustunligini yaratishga kodirmi? 


69 

Yüklə 4,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   309




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin