9.1-jadval
Buyuk Britaniya, AQSH va Fransiya universitetlarida ta’lim daromadlari
manbalarining tuzilishi (%da)
Ba’zi mamlakatlarda talabalarga kredit berish tizimi rivojlanmoqda.
Talabalar uchun moliyalash vaziyatining keskinlashuvi oxir oqibatda, ular o‘z
ta’lim olishlari uchun sarflarning bir qismini o‘z ish haqlari hisobidan qoplashga
intilmoqdalar. Bu o‘z navbatida ta’lim muddati oshishiga va ta’limning ancha
moslashuvchan modeliga talabni o‘sishiga ta’sir etmoqda.
Biroq talabalardan olinadigan haq ta’lim muassasalarida, 20%ni qoplamoqda
(xususiylarda – 35%). Xarajatlarning qolgan qismi boshqa davlat va xususiy
138
manbalardan qoplanadi. Ko‘pchilik mamlakatlarda oliy ta’lim muassasasini davlat
moliyalashdagi byudjet taqchilligi yildan-yilga saqlanib kelmoqda. SHuning uchun
oliy ta’lim muassasalariga moliyalashning qo‘shimcha manbalarini izlab topish
huquqi berilmoqda va bunga ularga har tomonlama yordam ko‘rsatilmoqda.
Tijorat faoliyati turli shakllarda amalga oshirilmoqda:
- universitet maydonlari va jihozlaridan konferensiya va boshqa jamoatchilik
tadbirlari o‘tkazishda foydalanish;
- oliy ta’lim muassasalariga qarashli erlarga, oliy ta’lim muassasalaridan yoki
ularga xizmat ko‘rsatishda foydalanuvchi firmalar tuzish;
- oliy ta’lim muassasa mutaxassislarini tijorat kompaniyalariga konsultatsiyalar
o‘tishi;
- aholiga qo‘shimcha ta’lim xizmat ko‘rsatish;
- buyurtma ilmiy-tadqiqot ishlari va boshqalarni bajarish;
Buxgalteriya va soliq hisobotlari qonuniyligini ta’minlash uchun, oliy
mauassasalariga tegishli tijorat firmalarida shunday ish olib borilmoqda va olingan
foyda oliy ta’lim muassasasi tasarrufiga tushmoqda.
Universitetlarga daromad keltiruvchi samarali tizim barpo qilish yo‘lida amaliy
murakkabliklar yuzaga kelmoqda, masalan, oliy ta’lim muassasalari va firmalar
o‘rtasidagi daromadni taqsimlash. Ma’lumki, agar universitet barcha daromadni olib
qo‘ysa, bunday dargohda hech kim firma ochmaydi.
Tijorat faoliyatidan kelgan daromad qayta investitsiyalansa, soliq imtiyozlari
muhim ahamiyat kasb etadi. Bino, laboratoriya, kutubxona, kompyuter markazlari va
professorlar qo‘shimcha lavozimini jalb etmay oliy ta’lim muassasiga talabalar qabul
qilish miqdorini oshirish oliy ta’lim muassasasi samarasini oshirishning eng oson
yo‘li. Bunday usuldan 70-80 yillarda Germaniya va Buyuk Britaniyada keng
foydalaniladi. Bu o‘zini oqlagan bo‘ladi, qachonki, safarbar etilgan oliy ta’lim
muassasasi
xodimlar
tomonidan
qo‘llab-quvvatlansa.
Biroq
ko‘pchilik
universitetlarda o‘qituvchi-professor tarkibi ilmiy-tadqiqot ishlarida qatnashadi, ular
ko‘pgina tadqiqot institutlarida band, shu tufayli mazkur usul o‘z imkonini tugatadi.
Ob’ektiv sabablarga ko‘ra universitet boshqa vazifasini cheklamay turib,
o‘qituvchilar yuklamasini oshirish mumkin emas; talabalar soni faqat qo‘shimcha
resurslar hisobiga oshirilishi mumkin. Mana shuning uchun, masalan Buyuk
Britaniya va boshqa mamlakatlarda 60-yillarda ta’lim tizimi juda qimmat usul-
mutlaqo yangi institut (universitet)lar bunyod etish yo‘li Bilan kengaytirilgan.
Ancha keyinroq e’tibor mutaxasislarni quyidagicha usulda tayyorlashni
ko‘paytirishga qaratiladi:
- kurslar muddatini qisqartirish;
- yozda o‘qitishni ham ќo‘shganda akademik yilni cho‘zish;
- kechki o‘quv shaklidan keng foydalanish;
139
- katta guruhlardagi talabalarga ma’ruza o‘qish (etarli hajmdagi joysiz bu
mumkin emas) va bunga qo‘shimchasi sifatida kompyuterlarda o‘qitishdan
foydalanish, bu ko‘p miqdordagi o‘qituvchilarni talab etmaydi;
- sirtqi ta’lim shaklidan keng foydalanish.
Bu tadbirlarning ko‘pligi hali ko‘rib chiqish yoki joriy etish arafasida, lekin
ularga xizmat ko‘rsatish omilining mavjudligi G‘arbda rasmiy fikrning rivojlanish
yo‘nalishini ko‘rsatadi. Shubha yo‘qki, mavjud yondashishlar ba’zilaridan boshqa
yaqin kelajakda foydalanadilar.
Shunisi yaqqol ayonki, etarli resurslarsiz samaradorlikni oshirish uchun tazyiq
o‘tkazish, shunga olib kelishi mumkin, oqibatda ham ta’lim sifati, ham tadqiqotchilar
faoliyati oliy ta’lim muassasalarida juda pasayib ketadi. Mana shuninng uchun
samaradorlik jadal sur’atlar bilan rivojlangan mamlakatlarda vaqti vaqti bilan ta’lim
va ilmiy jarayonning sifatini baholab berishga qilinadi.
Masalan, Buyuk Britaniyada shunday baholash natijasida faqat oliy ta’lim
muassasalariga o‘z faoliyatini qanday yaxshilash to‘g‘risida tavsiyalar berilibgina
qolmay, balki byudjetda ham ayrim o‘zgarishlar qilinadi. Xususan, bu mamlaktda
muntazam ravishda barcha oliy ta’lim muassasalarni reyting baholash o‘tkaziladi va
bu toifadagi universitetlar guruhini milliy tenglashtirish jadvali nashr etiladi. Yuqori
reytingli yoki ta’lim sifati uchun yuqori bal olgan oliy ta’lim muassasasi qo‘shimcha
mablag‘ oladi.
Yaponiya tajribasiga nazar tashlaylik. Bunda byudjet mablag‘ini qattiq
tejalishiga ko‘zimiz tushadi. Ta’lim tizimi mamlakat byudjeti majmui uchun nisbatan
arzon tushadi: Yapon xukumati yalpi milliy mahsulotning 5,5-6,0 % ni ta’limga
sarflaydi, bu raqam AQSHda 7,1 % ni, Buyuk Britaniyada 7,7 % ni tashkil etadi.
Shunga qaramay, YApon o‘qituvchilari va talabalari ko‘p ko‘rsatkichlar bo‘yicha
(ta’lim olishga taalluqli) boshqa mamlakatlardagi o‘z tengdoshlaridan ustunlik
qiladilar. YAponiya ta’lim tizimining asosiy afzalligi iqtisodga-institutsional o‘ziga
xoslikka bog‘liq. Davlat va xususiy sho‘‘ba nisbati va ta’lim muassasalarini
moliyalash o‘ziga xos tarzda. Davlatga aloqadorsiz sho‘‘baning ahamiyati
boshlang‘ich ta’limdan oliysiga tomon oshib boradi.
Yaponiyadagi oliy ta’lim eltar bo‘lib, barcha xohlovchilar ham o‘qiy olmaydi. U
ham davlat, ham xususiy oliy ta’lim muassasalariga tayanadi.
Yapon xukumati ta’limni oliy maktab tizimiga qoldirgan: davlat universitetlari
asosan tabiiy fanlar, injenerlik fanlari asosida mutaxasislar tayyorlash bilan
shug‘ullanadi; davlatga aloqadorsiz universitetlar, odatda, gumanitar, ijtimoiy-
iqtisodiy ixtisosliklar bo‘yicha mutaxasis tayyorlaydi. Dalat ko‘proq mablag‘ talab
etadigan ixtisoslik olishni ta’minlaydi. (Ma’lumki, zamonaviy muxandis tayyorlash,
aytaylik yurist yoki buxgalter tayyorlashdan qimmatga tushadi). SHunday qilib,
ta’lim tizimi o‘zini ta’lim sohasidagi bozorning imkonsizligidan muhofaza qiladi.
140
Xususiy ta’lim muassasalari ko‘p mablag‘ talab etuvchi nazariy fanlar bilan bog‘liq
ixtisoslikka ega bo‘lishga sharoit yaratmasligi mumkin, bunga boshlang‘ich
sarflarning to‘ldirmasligi holati sabab bo‘lishi mumkin.
Davlat ta’lim standartlarini davlatga aloqadorsiz sho‘‘ba sarfi minimal darajada
bo‘ladigan qilib belgilaydi. Bu ta’lim to‘lanadigan haqning pasayishiga, davlatga
aloqadorsiz ta’limga talab oshishiga, buning davlatga aloqadormas universitetlar
ko‘payishiga olib keladi. Bunga dotatsiya siyosati ham ko‘mak beradi, shuningdek,
qimmat tushmaydigan ixtisoslikda o‘qitishga litsenziya berish siyosati, o‘qituvchilar
malakasiga ќo‘yiladigan talabning yuqori emasligi ham yordam beradi, bular
hammasi oqibatda ish haqini tejash, bitta o‘qituvchiga to‘g‘ri keladigan talabalar
miqdori oshishiga imkon beradi.
Shuni ta’kidlash kerakki, o‘z muvaffaqiyati uchun yapon ta’lim tizimi sezilarli
darajada ham boshqaruv tizimidagi, ham davlatga qarashli bo‘lgan va bo‘lmagan
ta’lim muassasalarida menejment madaniyati yuqoriligidan minnatdor bo‘lsa arziydi.
Oliy ta’lim muassasalarini moliyalash manbalari (davlat va xususiy manbalar)
qaytib konsursium, oliy ta’limni tadqiq, etuvchilar va YUNESKOning oliy ta’lim
bo‘yicha Evropa markazi (SEPES) fikrini kiritish o‘rinlidir. Ular aralash moliyalash
sof davlat yoki sof xususiy moliyalashdan afzaldir, bunda aralash moliyalash ham
davlat, ham xususiy ta’lim muassasalari uchun ma’qul keladi degan fikrga keldilar.
AQSHdagi oliy ta’lim muassasalarni moliyalash tizimi bu borada ancha e’tiborga
molikdir.
Tarixdan shunday bo‘ldiki, birinchidan amerika kollejlari xususiy
korporatsiyalar edi, ular o‘z siyosati o‘z standartlari va tartib-qoidalarini davlatdan
xoli tarzda ishlab chiqqanlar. Lekin urushdan keyingi davrda davlat oliy ta’lim
muassasalarida talabalar soni ko‘paydi. Agar 1950 y. barcha talabaning 49 % i
xususiy kollej va universitetlarda ta’lim olgan bo‘lsa, keyingi davlat maћalliy
kollejlarning tarmog‘i kengaygach, nisbatan o‘zgardi: davlat oliy ta’lim
muassasalaridagi talabalar xissasi 78 % dan oshdi.
Oliy ma’lumot olganlik haqida diplom beruvchi AQSHning 3500 oliy ta’lim
muassasi yarmidan ko‘pi xususiy korporatsiya. Bular bo‘yicha ma’suliyat mashhur
sobiq bitiruvchilar va boshqa xususiy shaxslardan iborat murabbiylar zimmasiga
yuklangan, ular filantropik yordam ko‘rsatadilar.
AQSHdagi ko‘pgina mashhur universitetlar-Garvard, Stenford, Yelse, CHikago
universitetlari va ko‘pgina nufuzli kollejlar-Anxerst, Uilyams, CHarlston kollejlari
xususiy sho‘‘baga qarashli bo‘lib, sezilarli darajada hayriyalarni oladilar va yuqori
mavqega egadir. Bu hol ularga ta’lim uchun yuqori haq olish va yig‘imlarga (90-
yillar boshida 20 ming dollardan yuqori) ega bo‘lish imkonini beradi.
Keyingi o‘n yillikda AQSHda xususiy oliy ta’lim muassasalarining soni
davlatnikiga qaraganda ancha tez o‘sdi, lekin unda tahsil oluvchi talabalar soni,
141
birinchi galda, haq to‘lash yuqoriligi va shunday diplomni davlat ta’lim muassasasida
olish mumkinligi tufayli muntazam qisqarmoqda. Bundan tashqari, AQSH xususiy
oliy ta’lim muassasalari o‘z hajmiga ko‘ra davlatga qarashlilarnikidan ancha kichik.
Amerika oliy ta’lim muassasalarini moliyalash besh manbadan amalga oshiriladi:
- federal byudjet va mahalliy xukumat byudjetidan ajratilgan mablag‘lar;
- talabalarning ta’lim va xizmat uchun to‘lovlar;
- oliy ta’lim muassasasining o‘z faoliyatidan kelgan daromadlar;
- filantropik tashkilotlar va xususiy shaxslar xayriyalari;
- xususiy tashkilotlar va shaxslar tuzgan maxsus fondlardagi jamg‘armalardan
foizlar.
Oliy ta’limga davlat yordami o‘rtacha 40-45%ni (oliy ta’lim muassasi umumiy
daromadida) tashkil etadi va kuyidagicha taqsimlanadi: federal xukumat byudjetidan
– 10-15%, shtatlar byudjetidan – 20-30% va hokimiyat mahalliy byudjetidan – 2-5%.
Federal yordam, amerikalik mutaxassaslar xulosasiga ko‘ra, aslida foyda tufayli
emas, balki zarurat tufayli shakllangan va hozirgi miqdoriga etgan, chunki bevosita
ta’lim milliy manfaatlarga xizmat qiladi, milliy qadriyatning muhim unsuri
hisoblanadi.
Oliy ta’lim davlat yoki xususiy sho‘‘basining ko‘p yoki kam samaradorligi
xususida bir xil ma’lumot yoki da’volarning o‘zi uchramaydi. Xususiy ta’lim
muassasalari ko‘p mamlakatlarda ham nisbatan davlat ta’lim tizimi ustun
mamlakatlar natijasiga o‘xshash natija ko‘rsatadilar, xususiy ta’limning ancha keng
tarqalgan na iqtisodda, na ta’lim sohasida ancha qanoatlanarlik natijasiga olib
kelmaydi. Ta’limning ijobiy natijalari, odatda, tashkil etish omiliga bog‘liq. Muammo
xususiy sho‘‘bani davlatning oliy ta’lim boshqarish tizimiga joriy etish dinamikasiga
va o‘z demokratiy tavsifini yo‘qotmasligiga erisha olishidir.
Shunday qilib, mumtoz universitetlar rivoji umujahon yo‘nalishi so‘nggi o‘n
yilliklarda ta’lim iqtisodda, qo‘yidagi umumiy yo‘nalishi so‘nggi o‘n yilliklarda
ta’lim iqtisodiyotida, quyidagi umumiy yo‘nalishni ta’kidlashga imkon beradi:
1. Evropa ko‘pchilik mamlakatlarida keyingi qator yillarda oliy ta’limni
moliyalashda, nisbatan, ba’zi bir joylarda mutloq pasayish yuz berdi.
Bu Evropa va Shimoliy Amerika mamlakatlaridagi ba’zi umumiy iqtisodiy
pasayish bilan bog‘liq. Jahonning yirik universitetlari faqat ijtimoiy sohada emas,
balki o‘z professorlarini xizmat safariga yuborish, chetdan taklif etishda ham
tejamkorlik qilmoqdalar. Masalan: Germaniyaning faxri bo‘lmish Geydelberg
univesiteti barcha o‘quv-ilmiy laboratoriyalarida har bir laboratoriya universitetga
qancha mablag‘ keltirishini muntazam tahlil etib boradi, o‘zini oќlamagan
laboratoriyalar yopiladi.
2. Ko‘pchilik rivojlangan mamlakatlardagi oliy ta’lim muassasalari davlat
moliyalaydigan Ukuv-ilmiy va madaniy markazdan, tobora, korxonaga xos
142
xususiyatlarga ega bozor iqtisodiyotining iqtisodiy sub’ektiga aylanmoqda; tarkibiy
bo‘linmalar samaradorligi va iqtisodiy maqsadga muvofiqligini baholash
o‘tkazilmoqda. Ta’limning turli shakllari bo‘yicha mutaxassislar tayorlash tarmog‘i
tadqiq etilmoqda, ta’lim uchun tabaqalashgan haq to‘lash usuli ko‘rib chiqilmoqda.
3. Keyingi yillarda oliy ta’lim muassasalari taklif etayotgan ta’lim xizmati
keskin oshadi, shu jumladan, oliy ta’lim muassasasini tugatgandan keyingi ta’lim
doirasida. Bu jarayonni yuqori malakali mutaxassislarga talabi oshgan davlat ham,
o‘z xodimlari malakasi oshirishdan manfaatdor davlatga aloqadorsiz sho‘‘ba ham
qo‘llab-quvvatlanmoqda. Oliy ta’lim muassasalar, shu jumladan, iqtisodiylari ham,
qo‘shimcha ta’lim xizmati ko‘rsatishdan manfaatdordirlar. AQSHda, masalan,
diplom olgandan keyingi va qo‘shimcha ta’lim xizmati ko‘rsatishdan bakalavriatdagi
ta’limdagidan ko‘ra ko‘proq mablag‘ga ega bo‘linadi.
4.Oliy ta’lim muassasasining, o‘zlari davlat moliyalashiga kamroq muxtoj
bo‘layotganlari, ko‘proq xususiy ishlari evaziga mablag‘ topishlari tufayli muxtor
bo‘lishiga intilishlari davlat tomonidan oshib borayotgan nazorat bilan muntazam
nazorat tartibi barpo etilmoqda. AQSHda, masalan, turli akkreditatsiya
agentliklarining (kasbiy yoki xududiy), ishi rag‘batlantirilmoqda. Fransiyada
ta’limning baholash bo‘yicha maxsus milliy qo‘mita tuzildi.
Dostları ilə paylaş: |