Strategik menejment


Servis faoliyati ehtiyoj sifatida



Yüklə 4,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə103/309
tarix20.11.2023
ölçüsü4,26 Mb.
#162872
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   309
Strategik menejment

7.3. Servis faoliyati ehtiyoj sifatida
Odamlarni ehtiyojlari, umuman olganda, ehtiyoj deyilganda biror-bir narsaga 
bo‘lgan zarurlik tushuniladi. Ushbu zarurlik, darkorlik o‘zini qondirilishini talab qilib 
odamlar tomonidan anglab etiladi. 
Ehtiyoj xo‘jalik amaliyotida qator tushunchalarni keltirib chiqardi. Ularni 
o‘rtasida eng asosiysi “iste’molchi” tushunchasi bo‘lib, tovar, xizmat, servis 
mahsulotini sotib olgan oxirgi iste’molchini, ya’ni u yoki bu kiyimni kiyib yuradigan, 
aniq narsalardan foydalanuvchi, oziq-ovqatda ma’lum mahsulotlarni ishlatuvchi 
odamni anglatadi. 
Servis faoliyatini iste’molni oxirgi bosqichi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘lanishi 
uni material ishlab chiqarishdan ancha farqlab turadi. Material ishlab chiqarish uchun 
bunday bog‘liqlik unchalik darajada xos emas, chunki ko‘pgina sanoat tarmoqlari 
texnologik jarayonlarni yoki ishlab chiqarish vositalarini yaratish jarayonini dastlabki 
bosqichlarida jalb qilingan bo‘lishadi. Buni aksi sifatida servis faoliyatini sub’ektlari 
mijoz, buyurtmachi bilan yuzma-yuz uchrashadi va shu orqali iste’molni yakuniy 
jarayonlarida ishlashadi. 
Shuning uchun iste’molchilarga xizmat ko‘rsatish jarayoni ancha noiqtisodiy-
ijtimoiy, psixologik, ma’naviy boshlanishga ega bo‘lib, bu esa servis faoliyatini 
“narsalardan uzoqlashish” sifatida tavsiflashga imkon beradi. Xizmatlarni ishlab 
chiqarish va iste’mol qilinishi ko‘pgina hollarda xizmat ko‘rsatuvchi va mijoz 
o‘rtasidagi bevosita kontaktlar yo‘li bilan kechadi. Ular o‘rtasidagi kontaktlar vaqt 
davomida uzilgan bo‘lsa ham, xizmat natijalari iste’molchi tomonidan qabul qilingan 
holda xizmat bajarilgan hisoblanadi. 
Jamiyatda 
insoniy ehtiyojlarni mavjud bo‘lishi, shuningdek uni 
transformatsiyasi ikkita muhim omillar bilan belgilanadi: 

Odamni biotabiiy kelib chiqishini qayta ta’minlash zarurligi. Ushbu omilni 
ta’sirida odamlarga birlamchi ehtiyojlar xos bo‘lib, ular o‘rtasida odam uchun dolzarb 
bo‘lgan tug‘ma va o‘zgarmas kabilari anchagina. Birlamchi ehtiyojlarga yashash 
muhiti xavfsizligini ta’minlash, ovqatlanish, ichish, dam olish, avlodni davom ettirish 
va boshqalar taaluqli. 

Odamni ijtimoiy va ma’naviy-madaniy sifatlarini rivojlantirish muhimligi. 
Ushbu omil katta hajmdagi ikklamchi, shuningdek ijtimoiy va madaniy ehtiyojlarni 
yuzaga keltiradi. 


164 
Bu ehtiyojlar odamlarni o‘zini ijtimoiy munosabatlar sub’ektlari sifatida 
tiklashga intilishlari va dunyoni o‘rganishni, o‘zini ma’naviy mohiyatini 
rivojlantirishni, dam olishni hohlovchi fuqarolar bilan bog‘liq. O‘z mohiyatiga ko‘ra, 
shakllanish mexanizmlariga ko‘ra, bu ehtiyojlar ancha egiluvchan va dinamik 
hisoblanadi. Odam hayoti davomida ular ham intensiv, chuqur rivojlanishi, ham 
degradatsiya qilinishi, so‘nishi mumkin. 
Yuqoridagi tavsiflar ehtiyojlarni o‘z genezisi va sifati bo‘yicha turli tuman 
bo‘lishi mumkinligini taqozo etadi. 

Yüklə 4,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   309




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin