Strategik menejment


Xarajatlarni rejalashtirishdagi asosiy ko’rsatkichlar, ularni aniqlash



Yüklə 4,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə100/309
tarix20.11.2023
ölçüsü4,26 Mb.
#162872
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   309
Strategik menejment

4.
Xarajatlarni rejalashtirishdagi asosiy ko’rsatkichlar, ularni aniqlash 
tartibi. Turg’un davolash muassasasi xarajatlar smetasini tuzish va ularni 
boshqarish. 
Ijtimoiy sohalar faoliyatini rejalashtirishning bir necha o’n yilliklar davomida 
shakllangan tartiblarga muvofiq, sog’liqni saqlash muassasalari faoliyatini 
rejalashtirish odatda quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi: 


154 
1.
Aholi soni va aholining tibbiyot muassasasidagi o’rinlarga ehtiyoj me’yorlari 
asosida tibbiy muassasaning ishlab chiqarish quvvatlari (u yoki bu profil yo’nalishlari 
bo’yicha o’rinlar - koykalar soni) ni aniqlash; 
2.
Mazkur muassasa uchun o’rnatilgan namunaviy shtat normativlari bo’yicha 
zarur shtat normativlari sonini hisoblab topish; 
3.
Koykalar soni va tuzilishi (terapevtik, xirurgik, nevrologik)ga ko’ra ish 
hajmini rejalashtirish; 
4.
Shtatlar jadvali, ishlab chiqarish quvvatlari va koykalar ishining 
ko’rsatkichlari (koyka-kunlar soni) ga asoslanib tibbiyot muassasasini saqlash uchun 
moliyaviy resurslarga bo’lgan ehtiyojni aniqlash. 
Demak, sog’liqni saqlash sohasidagi har bir muassasaning ishi operativ tarmoq 
ko’rsatkichlari, masalan:

kasalxonalardagi o’rtacha yillik o’rinlar soni (jami va o’rinlar profillari 
bo’yicha),

bir yilda o’rinlarning ishlash kunlari soni,

o’rin-kunlar miqdori,

barcha toifadagi xodimlar bo’yicha o’rtacha yillik shtatlar birligi soni,

ambulatoriya-poliklinikalarda vrach qabullari (kasalni ko’rish) soni bilan 
tavsiflanadi.
Xarajatlarni rejalashtirishda shu narsa muhimki, davolash-profilaktika 
muassasasi aholiga tibbiy yordamni asosan ikki shaklda ko’rsatadi. Kasalxonaga 
muqim yotqizib «statsionar» (turg’un) davolash va ambulatoriya-poliklinikada 
yordam ko’rsatish. Turg’un davolash muassasalarining asosiy ko’rsatkichlaridan biri 
- o’rin-kunlar soni bo’lsa, ambulatoriya-poliklinika muassasasining asosiy 
ko’rsatkichini vrach lavozimlari soni va vrach qabullari soni tashkil qiladi. Shunga 
qarab xarajatlarni hisoblash usuli tanlanadi. 
Kasalxonaning joriy saqlash xarajatlarini hisoblashda o’rinlarning o’rtacha yillik 
soni asos qilib olinadi. Bu miqdor yangi o’rinlar ochilishi muddatlariga qarab 
quyidagi formula bilan aniqlanadi: 
Ko’r=Kb+(Ko-Kb)/O
 
bu erda: 
Ko’r - o’rinlarning o’rtacha yillik soni; 
Kb - yil boshidagi o’rinlar soni; 
Ko - yil oxiridagi o’rinlar soni; 
O - yangidan ochilgan (tashkil etilgan) o’rinlarning ishlash oylari soni. 
Albatta, barcha davlat tibbiyot muassasalari xarajatlari budjet tashkiloti sifatida 
budjetdan moliyalashtirishning o’rnatilgan tartiblariga rioya qilgan xolda mablag’ 
bilan ta’minlanadilar. 


155 

Yüklə 4,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   309




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin