7.2. Servis faoliyatini xo‘jalik amaliyotidagi o‘rni
Sobiq ittifoq davrida xo‘jalik iqtisodiy amaliyoti ishlab chiqarish va noishlab
chiqarish sohalariga bo‘linar edi. Oxirgisini doirasida xizmatlar sohasi (yoki xizmat
ko‘rsatish sohasi) ajratilar edi.
Sobiq ittifoq iqtisodini xizmat ko‘rsatish sohasi, chegaralari aniq bo‘lgan bir
butun tarmoq sifatida, davlat tomonidan nazorat qilingan va aholiga ma’lum
xizmatlarni ko‘rsatish bilan band bo‘lgan davlat korxonalari va tashkilotlarini o‘z
ichiga qamrab olgan. Ushbu korxonalar va tashkilotlar qatoriga asosan aholiga
maishiy va shaxsiy xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lganlari tegishli edi (turar joy,
kommunal idoralar, maishiy te’xnika va shaxsiy transportni ta’mirlash tashkilotlari,
sartaroshxonalar va boshqalar). Ushbu soha ne’matlarni jamiyat qayta taqsimlash
prinsiplari asosida faoliyat yuritar edi, ya’ni ko‘pgina xizmatlar iste’molchilar uchun
pulsiz edi, ammo xizmatlarni qisman to‘lash amaliyoti ham mavjud edi.
O‘sha
vaqtda jamiyat xizmat ko‘rsatishlini meditsina va sanitar
sog‘lomlashtirish tashkilotlari, ta’lim tizimi, madaniyat tashkilotlari va boshqalar
xizmatlar sohasiga tegishli emas edi.
Zamonaviy amaliyotda xizmatlar sohasi (yoki “servis sohasi”) xizmatlar
iste’molchilari va servis tashkilotichilarini kontaktli ro‘y beradigan iqtisodiy va
ijtimoiy o‘zaro ta’sirlarni keng oblasti sifatida namoyon bo‘ladi.
Demak, xizmatlar sohasi servis faoliyatini amalga oshirishning keng maydoni
hisoblanadi.
Bugungi kunda xo‘jalikni sohalarga bo‘lishni ba’zi prinsiplari faoliyat
yuritayotgan bo‘lib, ular milliy iqtisodni rivojlanishini kuzatish imkonini beradi. Bu
tarmoqlar strukturasi quyidagi birliklarni o‘ziga qamrab oladi:
birlamchi tarmoqlar: qazib olish, sanoat va qishloq xo‘jaligi;
ikkilamchi sohalar – ishlov beruvchi sanoat;
uy-joy qurilishi, transport, savdo, huquqni himoyalash, ishlab chiqarish va
aholiga xizmat ko‘rsatish;
boshqaruv, fan va fan xizmatlari.
160
Xo‘jalikni geoterritorial joylashuvi doirasida ko‘rib chiqilishida qishloq xo‘jaligi
va sanoatdan tashqari yana ikkita infrastruktura bo‘g‘inlari ajratiladi:
ishlab chiqarish infrastrukturasi, ya’ni ishlab chiqarish va ijtimoiy sohalarni
faoliyatini ta’minlovchi xo‘jalik ob’ektlarini majmuasi (trasnport, aloqa, energiya
ta’minoti, material-texnik ta’minoti va savdosi, kapital qurilish va boshqalar):
ijtimoiy infrastruktura, ya’ni odamlarni jamiyat va yakka ehtiyojlarni
qondirishga qaratilgan xo‘jalik ob’ektlari va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar majmuasi.
Bunga mehnat resurslari, aholi, odamlarni hayot darajasi va ularga xizmat ko‘rsatish
(uy xo‘jaligi, savdo va boshqalar tegishli.
Xo‘jalik amaliyotini bo‘linishining ikkala variantlari zamonaviy xizmatlar
sohasini chegaralari haqida ma’lumot bermaydi.
Servis sohasining u yoki bu davlat umumxo‘jalik mexanizmidagi o‘rnini yanada
aniqroq belgilashida davlat statistik hisobida ishlatiladigan yondoshuv ishlatiladi.
Milliy hisoblar tizimiga ko‘ra:
birlamchi sektorga qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarilishi, baliq ovlash, ovchilik,
o‘rmonchilik tegishli. Bu erda ishchilar biotabiiy resurslar bilan o‘zaro ta’sirga
kirishib jamiyat uchun zarur bo‘lgan bioxom-ashyo, o‘simlik materiallari va
mahsulotlarini etkazib berishadi;
ikkilamchi sektorga industrial tarmoqlar tegishli, ya’ni qazib oluvchi, sanoat,
shuningdek qurilish industriyasi, elektr, suv va gaz resurslarini ishlab chiqarish va
jo‘natish. Bunda ishchilar qator tabiiy boyliklarni ishlab chiqarish va ijtimoiy
ehtiyojlar uchun tayyorlash va o‘zgartirish bilan ish ko‘rishadi, sanoat ishlab
chiqarilishida ishtirok etib, mexanizmlar, kundalik talab tovarlarini yaratishadi, oziq-
ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishadi, turli texnik inshootlar, sanoat komplekslari
qurishadi va boshqalar;
uchlamchi sektor – xizmatlar sohasi. Bu erda ishchilar odamlar va ishlab
chiqarish kollektivlari bilan o‘zaro ta’sirda bo‘lishadi, ishlab chiqarish bilan bog‘liq
bo‘lgan va bog‘liq bo‘lmagan o‘ziga xos ehtiyojlarni qondirishga mo‘ljal olishadi. Bu
holda uchlamchi sektorga quyidagilar tegishli: transport va aloqa, savdo, davlat
ma’muriyati, ta’lim, huquqni himoyalash, muxandislik maslahat xizmatlari, aholiga
ko‘rsatiladigan maishiy xizmatlar va boshqalar.
Servis faoliyatini ba’zi segmentlarini xarakteri noma’lum bo‘lib, ularni ham
uchlamchi, ham ikkilamchi sektorga tegishli deb topish mumkin. Masalan, transport,
qurilish, elektr va suv ta’minoti, aloqa kabi infrastruktura bo‘g‘inlarini tasniflash
murakkab muammo bo‘lib, ular ham ishlab chiqarishda, ham ijtimoiy xizmat
ko‘rsatishda bir xil muhim ahamiyatga ega.
Oxirgi yillarda xizmat ko‘rsatish amaliyoti uchlamchi sektorni kengayishi, uni
deferensiatsiyalanishi, unda yangi segmentlar paydo bo‘layotganligidan dalolat
bermoqda. Bu sektorni kengayishi natijasida 4 va 5 sektorlar ajratilmoqda.
161
To‘rtlamchi sektor - ilmiy-tadqiqot, informatsion, telekommunikatsion
xizmatlar.
Beshlamchi sektor – yuqori intellektual ijodiy mehnat bilan bog‘liq.
SHunday qilib, iqtisodi rivojlangan zamonaviy jamiyat iqtisodiy amaliyotidagi
servis faoliyati qator yirik yo‘nalishlar, segment va guruhlarga bo‘linadi va ulardagi
mehnat o‘z xarakteri va boshqa sifatlariga ko‘ra sezilarli farqlanadi. Masalan, bank,
pochta, uy-joydan foydalanish, tibbiyot tashkilotlari yoki dafn marosimlarini
o‘tkazish kontoralari ishchilari mehnati bir-biridan shunchalik farqlanadiki, ular
faoliyatini yaxlit kasb, mehnat, ijtimoiy yoki ma’naviy-psixologik sifatlardan kelib
chiqqan holda o‘zaro taqqoslash juda qiyin. Ammo yuqorida sanab o‘tilgan har bir
mehnat turlarini farqli xususiyati shundaki, u fuqarolar va mehnat jamoalariga xizmat
ko‘rsatish bilan bog‘liq, ya’ni avvalo jamiyat, guruh va yakka ehtiyojlarni
qondirishga yo‘naltirilgan.
YUqorida aytib o‘tilganlar, servis faoliyatini sinflar, yo‘nalishlar, turlar bo‘yicha
bo‘lish murakkabligidan dalolat beradi. Quyida servis faoliyatini yanada aniqroq va
mantiqan jiddiy tasniflash sxemasini keltiramiz. Ammo ushbu tasniflash varianti ham
hamma turli-tuman servis mashg‘ulotlarini qarab olaolmaydi:
ishlab chiqarish servisi (texnikani ta’mirlash xizmatlari, yuqori texnologiyalar
asosidagi xizmatlar, jumladan sotuv oldi va sotuvdan keyingi xizmatlar ham);
jamiyatni qurish sohasi servisi (himoyalash, jamiyat tartibini saqlash, milliy
moliya tizimini rivojlantirish va boshqa xizmatlar);
ijtimoiy-madaniy servis (jamiyat ahamiyatidagi va shaxslar uchun zaruriy
darajalarda bo‘lishi mumkin). Bularga maktabgacha tarbiya, sayyohlik, badiiy-estetik
va boshqa xizmatlar tegishli;
intellektual servis (ta’lim sohasidagi yuridik, moliyaviy, informatsion servis va
boshqalar);
tovar va xizmatlarni aylanishi sohasidagi servis (savdo, umumiy ovqatlanish,
kommunikatsion va transport xizmatlari, omborxona xo‘jaligi xizmati va boshqalar);
xo‘jalik-maishiy servis (shahar xo‘jaligi, aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish,
jumladan fuqarolarni yakka ehtiyojlarini qondirish xizmatlari).
Servisni ishlab chiqarish bilan yaqinlashtiradigan qator xususiyatlar mavjud:
servis faoliyati sub’ektlarini iste’molchilarga nisbatan amalga oshiriladigan
mehnat va foydali intilishlari ularni tovar ishlab chiqarish darajasidagi xizmat ishlab
chiqaruvchilarga aylantiradi;
xizmat ishlab chiqaruvchilarni foydali intilishlari servis iste’molchilariga
qaratilgan bo‘lib, ularga ma’lum ne’mat, foyda, qulaylik beradi. Bunda ishlab
chiqarilgan xizmatlar iste’mol qiymatiga ega bo‘lib, u jamiyat mehnatiga teng. Bu
holda xizmatlar tovar sifatida namoyon bo‘lib, servis faoliyatini muhim elementi
hisoblanadi;
162
zamonaviy jamiyatdagi servis faoliyatini turli turlari va yo‘nalishlari sanoat
ishlab chiqarilishini natijalari bilan juda yaqin birlashadi. CHunonchi, servis faoliyati
sub’ektlari quyidagilarni iste’molchilarga etkazishadi (sotishadi), so‘ngra esa ko‘p
hollarda ularni ta’mirlashadi va ularga xizmat ko‘rsatishadi:
- maishiy texnika, shaxsiy transport vositalari;
- kiyim-kechak, interer predmetlari;
- sanoat mollari;
- o‘qitish va shaxsni rivojlantirish uchun foydalaniladigan tovarlar
(kitoblar, kompyuterlar);
- ko‘ngil ochish va dam olish uchun tovarlar (kompakt-disklar, musiqa
sintezatorlari, o‘yin avtomatlari) va boshqalar.
SHuning bilan birgalikda ikkilamchi sektor ishlab chiqarilishini (qurish ishlari,
elektr-, suv va gaz ta’minoti) yakuniy bosqichi, shuningdek oziq-ovqat, engil sanoat,
avtomobilsozlik va boshqalarda yaratiladigan tovarlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xizmatlar
sohasi bilan bog‘langan.
Servisni sanoat bilan bog‘liqligi, yuqorida sanab o‘tilgan tovarlarni sotish,
ularga xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash bilan chegeralanib qolmasdan, xizmat
sohasidagi mehnat ham ko‘p hollarda texnik moslamalar va avtomatlar majmuasi
vositasida amalga oshiriladi. Oxirgi o‘n yilliklarda xizmatlar sohasi tadbirkorlari
servis ishlab chiqarilishi ishchilari mehnatini tashkil etishida, shuningdek servis
korxolnasini boshqaruvida sanoat ishlab chiqarilishini mehnat elementlari va
menedjmentini joriy etish borasida ko‘pgina ishlar qilishdi.
YUqorida ta’kidlanganlarni hammasi sanoat ishlab chiqarilishi va xizmatlar
o‘rtasida yaqin aloqalarni shakllantiradi va srevis korxonalaridagi mehnat va xizmat
ko‘rsatishni ko‘pgina hollarda industrial ishlab chiqarish tipida tashkil etilishiga olib
keladi. Bunday industrial ishlab chiqarilishi yirik sanoat komplekslari doirasida
amalga oshiriladi va ulardagi mehnat yuqori texnikaviy qurollanganlik darajasi bilan
farqlanib turadi. Bu esa mehnat unumdorligini bir necha marotaba oshirish va
ommaviy talablarni qondirish imkonini beruvchi katta hajmdagi ishlab chiqariladigan
mahsulot olinishiga imkon yaratadi.
Aholiga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq industrial ishlab chiqarishlar misollari
sifatida shaxsiy kottedjlarni va ko‘p xonali uylarni ommaviy qurilishi, yo‘lovchilarni
havo, temir yo‘l, avtotransportda tashishni va boshqalarni ko‘rsatish mumkin. Bu
barcha xizmatlar turlari sanoat ishlab chiqarilishi bilan taqqoslanishi mumkin bo‘lgan
muhim parametrlarni: texnik-texnologik tavsiflar, material va yoqilg‘ini sarfi,
moliyaviy harajatlar va boshqalarni o‘zida mujassam etgan.
Shunday qilib, zamonaviy servis faoliyati shaxsiy xarakterga ega bo‘lmoqda va
iste’molchilarni yakka va guruh ehtiyojlarini qondirishga yo‘naltirilgan. Bularni
hammasi rivojlangan davlatlarda servis xizmatini ishlab chiqarish haqida yoki ularda
163
servis industriyasi mavjud ekanligi haqida gapirish imkonini beradi. Hozirgi vaqtda
“tashish industriyasi”, “sayyohlik industriyasi”, “ko‘ngil ochish industriyasi”, “ta’lim
olish industriyasi” haqida haqli gapirish mumkin. Bu ko‘rsatilgan servis faoliyati
yo‘nalishlari texnika va mehnatni sanoat ishlab chiqarilishi tipi bo‘yicha tashkil
etishga tayangan holda qisqa muddat ichida minglab va millionlab iste’molchilarga
xizmat ko‘rsatishga qodir.
Dostları ilə paylaş: |