Jismoniy va jismoniy plandagi ehtiyojlar.
Ular odam organizmi strukturasiga
shunchalik kuchli singib borganki, uni hayoti davomida kunlik qondirilishini talab
qiladi. Bular harakatlanishga, tungi uyquga, ovqatlanishga, ichishga va boshqalarga
bo‘lgan ehtiyojlardir.
Jamiyat va yakka ehtiyojlar.
Jamiyat ehtiyojlari katta odamlar guruhi umuman
mamalkat aholisiga xosdir. Ular o‘zini qondirilishi uchun o‘ziga xos sharoitlarni talab
qiladi. Ularni ko‘pchiligini bir odam amalga oshiraolmaydi, ular faqat jamiyat
faoliyati, davlat yoki mahalliy hokimiyat institutlari tomonidan amalga oshirilishi
mumkin. Harbiy xavfsizlikka, jamiyat tartibini saqlash, ijtimoiy ta’minotga bo‘lgan
ehtiyojlar jamiyat ehtiyojlari hisoblanadi.
Yakka ehtiyojlar shaxsiy, shuningdek o‘z kombinatsiyasiga ko‘ra, aniq
odamlarga xos bo‘lgan iste’mol xususiyatlarni aks ettiradi. Ularni anchagina qismini
individ mustaqil ravishda yoki xizmatlar sohasiga murojaat qilish orqali amalga
oshiradi.
Ijtimoiy va madaniy ehtiyojlar.
Ular turli tuman bo‘lib, ko‘pgina hollarda o‘ta
muhim hisoblanadi va odamlarni butun ongli hayotida yo‘ldosh bo‘ladi. Ularni
xususiyati shundaki, tug‘ma etiyojlardan farqli o‘laroq, ko‘pgina hollarda madaniy
muhit ta’sirida shakllanadi va shaxsni ijtimioy statusi, ma’lumot darajasi va umumiy
rivojlanishi bilan bog‘liq.
SHuning bilan birga ijtimioy madaniy ehtiyojlarni ma’lum qismi, masalan
fiziologik ehtiyojlar kabi o‘ta zarur emas. Bir qism ijtimoiy-madaniy ehtiyojlar
ko‘pgina hollarda boshqalarga taqlid qilish yoki ijtimioy muhitni maqsadli
yo‘naltirilganligi ta’siri sababli paydo bo‘ladi. Xususan ko‘p hollarda odam ijtimoiy
informatsiya, moda va reklama ta’siriga moyil.
Servis faoliyati keng spektrdagi birlamchidan (jismoniy, fiziologik) tortib eng
murakkab (bilish, ma’naviy rivojlanish) insoniy ehtiyojlarga hozir javob bo‘ladi.
2012-2016 yillarda xizmat ko'rsatish sohasini rivojlantirish dasturini qabul
qilindi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 maydagi "2012-2016
yillarda O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatish sohasini rivojlantirish dasturi
to'g'risida" qarori doirasida yaqin besh yil mobaynida barcha xizmatlarning
165
solishtirma og'irligi YAIM dagi ulushini 55% ga yetkazish belgilab olindi. Hujjatda
qayd etilganidek, xizmat ko'rsatish sohasining yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 2005
yildagi 38,7 foizdan 2011 yilda 50,5 foizga o'sgan. Buning natijasida avvalambor
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikda 1,1 mln. yangi ish joylari yaratildi. Axborot-
kommunikatsiya, bank, sug'urta, lizing, sayyohlik-ekskursiya va boshqa zamonaviy
yuqori texnologik va bozor iqtisodiyotiga mos xizmat turlari ildam sur'atlar bilan
rivojlanishiga e'tibor qaratildi.
Yangi dastur 2016 yilgacha mamlakatimizning yalpi ichki mahsulotida xizmat
ko'rsatish sohasining ulushni bosqichma – bosqich oshirilishini nazarda tutadigan
2012-2016 yillarda O'zbekiston Respublikasi bo'yicha xizmat ko'rsatish sohasining
asosiy turlarini rivojlantirishning maqsadli parametrlarini o'z ichiga qamrab
oladi. Xizmat ko'rsatish sohasi respublikada 13 ta asosiy turlar bo'yicha taqsimlanadi.
Ular: aloqa va axborotlashtirish, kompyuterni dasturlashtirish, moliya (bank, sug'urta
xizmatlari va moliyaviy lizing) transport, qurilish, texnologik uskunalarga texnik
xizmat ko'rsatish va ularni ta'mirlash bo'yicha, qishloq xo'jalik texnikalari, savdo va
umumiy ovqatlanish xizmatlari, ta'lim va sog'liqni saqlash, turistlik, maishiy va
boshqa xizmat turlari kiritilgan.
Yaqin kelajakda kompyuterni dasturlashtirish, shuningdek savdo hamda
umumiy ovqatlanish xizmatlari bo'yicha eng yuqori o'sish sur'ati 2,4 barobar ortishi
kutilmoqda. Sog'liqni saqlash, turistlik, maishiy va texnologik uskunalarga texnik
xizmat ko'rsatish va ularni ta'mirlash bo'yicha xizmatlar sohasida o'sish 2,3 barobar
bo'lishi prognoz qilinmoqda. Dastur shuningdek O'zAAA ko'rsatuvchi yangi
xizmatlar turlarini prognozlashtirilgan rivojlantirish parametrlarini ham qamrab oladi.
Ular qatoriga kommunikatsiya (kompyuter va abonentlik terminallarini ta'mirlash),
interaktiv televidenie, videotelefoniya, kompyuter texnikasini, mobil telefonlarni va
boshqalarni ta'mirlash sohasidagi korxonalarda texnik xizmat servislari kiradi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasida 2006-
2010 yillarda xizmat ko'rsatish va servis sohasini rivojlantirishni jadallashtirish
chora-tadbirlari to'g'risida" 2006 yil 17 apreldagi qarorida belgilangan mikrofirmalar
va kichik korxonalar uchun foyda solig'i hamda yagona soliq to'lovi bo'yicha
imtiyozlarning amal qilish muddati 2017 yilning 1 yanvarigacha uzaytirildi. Shu
munosabat bilan yangi xizmatlar ro'yxati tasdiqlangan bo'lib, unga ko'ra ko'rsatilgan
soliq imtiyozlari ta'sir qiladi.
2012 yilning II choragidan boshlab qishloqjoylardagi mahallalar hududida
maishiy xizmat ko'rsatish bilan shug'ullanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar
(sartaroshlar, tikuvchilar, poyafzal maishiy texnika ta'mirlash bo'yicha ustalar va
boshqalar) qat'iy belgilangan soliq to'lashdan 3 yil muddatga ozod etiladi. Qarorga
muvofiq "Mikrokreditbank" OATB mablag'lari hisobidan 2012-2016 yillarda xizmat
ko'rsatish sohasini rivojlantirishga yo'naltiriladigan imtiyozli kreditlar 189,9 mlrd.
166
so'm deb belgilandi. Ajratiladigan imtiyozli kredit resurslari xizmat ko'rsatish
sohasining yangi obyektlarini barpo etishga, shuningdek xizmat ko'rsatishga
ixtisoslashtirilgan amaldagi tadbirkorlik sub'ektlarini texnik va texnologik
jihozlashga (qayta jihozlashga) maqsadli tarzda yo'naltiriladi.
Davlat statistika qo'mitasi bergan ma'lumotlarga ko'ra, 2012 yilning I choragida
iqtisodiy faoliyatning barcha turlari bo'yicha bozor xizmatlarining umumiy hajmi
10,8 trln. so'mni tashkli etgan bo'lib, bu o'tgan yildagi davrga qaraganda 12,5 %
o'sishga ega bo'lgan. Mazkur sohaning bozor islohoti tahlili transport sektoridagi
xizmatlarning eng yuqori joylashuvini ko'rsatmoqda. Joriy yilning I choragida uning
solishtirma og'irligi umumiy hajmda 29,5% ni tashkil etdi. Ekspertlar buni davlatimiz
Prezidentining 2010 yil 21 dekabr sansidagi "2011-2015 yillarda infratuzilma,
transport va kommunikasiyalar qurilishini rivojlantirishni jadallashtirish dasturi
to'g'risida " gi qarorining O'zbekiston transport tizimini rivojlantirishga qo'shimcha
impuls deya baholamoqdalar. Transport infratuzilmasiga kiritilishi rejalashtirilgan
($6,9 mlrd.) qo'yilmaning 48,9% - avtotransport infratuzilmasini, 22,9% - temir yo'l
infratuzilmasini va 9,4 % - aviasion transportni modernizatsiyalashga sarflanishi
prognozlashtirilgan.
Hukumat
qarori
doirasida
avtomobil
va
temir
yo'llari,
ko'priklar
modernizatsiyalanmoqda, avtotransport vositalari parklari, temir yo'l lokomotivlari va
vagonlar parklari yangilanmoqda, yangi o'rta va uzoq masofaga parvoz etuvchi
yo'lovchi kemalar o'zlashtirilmoqda. I chorakda 19,5% ulushga ega transport,
shuningdek savdo va umumiy oqatlanish xizmatlariga O'zbekistonda ko'rsatilgan
bozor xizmatlarining qariyb yarimi to'g'ri keldi. 2012 yilning I choragida chakana
tovar aylanmasi hajmini 11% oshirilishi oziq – ovqat mahsulotlari, kundalik extiyoj
mollariga bo'lgan talabning ortishi bilan izohlanadi.
Davlat statistika qo'mitasi bergan ma'lumotlarga ko'ra, o'tgan yilda respublikada
98,4 ta chakana savdo ob'ekti hiobdan o'tgan. Supermarket, do'kon va savdo
pavilonlarining soni 32 dan 35 ortgan. Chakana savdo obyekti va umumiy oqatlanish
sohasiga 65 mingdan ortiq korxona va tashkilotlar jalb etilgan. Ekspertlarning qayd
etishicha mamlakatda chakana savdo hajmining ortib borishining yana bir omili
sifatida plastik kartalar orqali to'lovlarni amalga oshirish tizimi dinamik sur'atlari
bilan rivojlanishi bilan izohlamoqdalar.
Bandlikning dinamik rivojlanishi saqlanib qolgan soha – aloqa va
axborotlashtorish xizmatidir. I chorakda ko'rsatilgan bozor xizmatlaridagi umumiy
hajmining 6,8% ni tashkil etdi. O'sish esa 2011 yildagi muvofiq davrga nisbatan
33,2% ni tashkil etgan.
Xizmat ko'rsatish va servis (2017 yil I-chorak)
|