Strategik menejment



Yüklə 4,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə108/309
tarix20.11.2023
ölçüsü4,26 Mb.
#162872
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   309
Strategik menejment

 
Nazorat savollari:
1. «Bank» tushunchasi va uning iqtisodiy mohiyati.
2. Banklar xo’jalik yurituvchi korxona sifatida.
3. Bank aktsionеr tashkiloti sifatida.
4. Bank tizimi.Bank turlari.
5. O’zbеkiston Rеspublikasi bank tizimi xolati va rivojlanish istiqbollari.
6. Banklarning opеratsiyalari va ularning tuzilishi.
7. Bank faoliyatiga bеriladigan litsеnziyalar. 
Tayanch iboralar: 
Banklar, aktsionеr, bank tizimi, banklarning opеratsiyalari , litsеnziyalar. 
 
 
13-MAVZU. SUG’URTA XIZMATLARI MENEJMENTI 
STRATEGIYASI 
Reja: 
1.
Sug’urta xizmatlari faoliyati tushunchasi. 
2.
Sug’urta xizmatlari faoliyatining hozirgi kundagi axvoli. 
3.
Sug‘urta xizmatlari bozorini yanada isloh qilish va rivojlantirish. 
Sir emaski, tadbirkorlik faoliyati tavakkalchilikka asoslangan faoliyatdir. Shu 
bois, mamlakatni modernizatsiya qilish sharoitida kichik va xususiy biznesni 
rivojlantirish, tadbirkorlik sub’ektlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratishda sug‘urta 
faoliyati sub’ektlarining o‘rni benihoya katta. Davlatimiz rahbari Islom Karimov 
ta’kidlaganidek, "Iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish jarayonini tegishli bozor 
infratuzilmasi, ya’ni bank-moliya tizimi, lizing, auditorlik, sug‘urta, injiniring va 
boshqa tuzilmalarni rivojlantirmasdan turib amalga oshirish mumkin emas".
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatimizda 30 ta sug‘urta kompaniyasi 
faoliyat olib bormoqda. 2003 yilda sug‘urta kompaniyalarining sug‘urta mukofotlari 


182 
27,1 mlrd. so‘mni, sug‘urta tovoni 2,7 mlrd. so‘mni, ustav kapitallarining jami 
miqdori 4,9 mlrd. so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, 2008 yilning 9 oyida sug‘urta 
mukofotlari 64,1 mlrd so‘mni, sug‘urta tovoni 8,3 mlrd. so‘mni, ustav kapitallarining 
miqdori esa jami 38,3 mlrd. so‘mni tashkil etgan. Bundan tashqari, 2007 yil 
davomida respublika bo‘yicha 8621812 ta sug‘urta shartnomasi tuzilgan. Albatta, 
mazkur raqamlar mamlakatimizda sug‘urta faoliyatini tartibga soluvchi normativ 
huquqiy baza yildan yilga takomillashib, sug‘urta faoliyati sub’ektlarining 
iqtisodiyotdagi ulushi ortib borayotganligidan dalolat beradi. 
Mazkur faoliyatning qonunchilik poydevorini mustahkamlashga qaratilgan 
muhim hujjat — Oliy Majlis Senatining o‘n oltinchi yalpi majlisida ma’qullangan 
"Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va 
qo‘shimchalar kiritish haqida"gi Qonun 2008 yilning 23 dekabrida matbuotda e’lon 
qilinib, kuchga kirdi. Bu qonun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Sug‘urta 
xizmatlari bozorini yanada isloh qilish va rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-
tadbirlar to‘g‘risida"gi (2008 yil 21 may) PQ-872-sonli Qarori asosida ishlab 
chiqilgan bo‘lib, sug‘urta faoliyatini yanada takomillashtirish, sug‘urta xizmatlaridan 
foydalanuvchilarning huquqlarini samarali himoya qilishni ta’minlashga qaratilgan. 
Quyida mazkur qonun bilan "Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida"gi Qonunga kiritilgan 
o‘zgartish va qo‘shimchalarning mazmun-mohiyatiga e’tiborni qaratmoqchimiz. 
Birinchidan, yuqorida zikr etilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 
Qarorining 3-bandida sug‘urtalovchilar, ya’ni mazkur qonunning 6-moddasiga 
binoan tegishli turdagi sug‘urtani amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan va 
sug‘urta shartnomasiga muvofiq sug‘urta tovoni (sug‘urta puli) to‘lovini amalga 
oshirish majburiyatini oluvchi tijorat tashkiloti bo‘lgan yuridik shaxs qimmatli 
qog‘ozlar bozorida investitsion vositachi sifatida professional faoliyatni amalga 
oshirish huquqiga egaligi belgilangan. Aslida "Qimmatli qog‘ozlar bozori 
to‘g‘risida"gi Qonunning 19-moddasiga binoan, qonun hujjatlarida belgilangan 
hollardan tashqari, qimmatli qog‘ozlar bozoridagi professional faoliyat qimmatli 
qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi tomonidan 
beriladigan litsenziya asosida amalga oshiriladi. Sug‘urtalovchilarni rag‘batlantirish 
va ularga imkoniyat yaratish maqsadida mazkur qaror bilan ular tomonidan ushbu 
faoliyatni amalga oshirish uchun alohida litsenziya olish talab qilinmasligi nazarda 
tutildi. 
O‘rnatilgan bu tartibdan kelib chiqib, "Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida"gi 
Qonunning sug‘urtalovchilar huquqlari belgilangan 6-1-moddasi birinchi qismi 
sug‘urtalovchilar qimmatli qog‘ozlar bozorida investitsiya vositachisi sifatida 
professional faoliyatni tegishli litsenziyasiz amalga oshirish huquqiga ega ekanligini 
nazarda tutuvchi beshinchi xatboshi bilan to‘ldirildi. Agar xorijiy davlatlar tajribasiga 
nazar solsak, Buyuk Britaniya, Fransiya, YAponiya, CHexiya, Hindiston, 


183 
Qozog‘iston va Belarus Respublikasi qonun hujjatlarida ham sug‘urtalovchilar 
qimmatli qog‘ozlar bozorida investitsiya vositachisi sifatida professional faoliyatni 
amalga oshirish huquqiga ega ekanini kuzatishimiz mumkin. 
Shu o‘rinda ta’kidlash kerakki, qimmatli qog‘ozlar bozorida investitsiya 
vositachilarining faoliyati "Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida"gi Qonun, Vazirlar 
Mahkamasining 1994 yil 8 iyundagi 285-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston 
Respublikasi hududida qimmatli qog‘ozlar bilan bitishuvlar tuzish va ularni 
ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom, Investitsiya vositachilari to‘g‘risidagi 
nizom (Adliya vazirligida 2002 yil 3 martda 1108-son bilan ro‘yxatga olingan), 
Investitsiya vositachilarining emitentlarga rasmiy diler (market-meyker)lik 
xizmatlarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi (Adliya vazirligida 2007 yil 26 
mayda 1682-son bilan ro‘yxatga olingan) nizom kabi normativ-huquqiy hujjatlar 
bilan tartibga solinib kelinmoqda. Mazkur qonun hujjatlariga asosan, qimmatli 
qog‘ozlar bozorida investitsiya vositachilari deganda, birja va birjadan tashqari 
qimmatli qog‘ozlar bozorlarida brokerlik yoki dilerlik faoliyatini amalga oshirish 
uchun litsenziyaga ega bo‘lgan shaxslar tushuniladi. 
Broker deganda esa, "Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida"gi Qonunning 21-
moddasiga muvofiq, vositachilik yoki topshiriq shartnomasi yoxud mijozning 
vositachisi yo ishonchli vakili sifatida qimmatli qog‘ozlarga doir bitimlarni tuzish 
uchun berilgan ishonchnoma asosida ish olib boruvchi yuridik shaxs tushuniladi. 
Diler deganda qimmatli qog‘ozlarni sotib olish, sotish narxini oshkora e’lon qilish 
orqali ushbu qimmatli qog‘ozlarni o‘zi e’lon qilgan narxlarda sotib olish, sotish 
majburiyati bilan o‘z nomidan hamda o‘z hisobidan qimmatli qog‘ozlarga doir oldi-
sotdi bitimlari tuzuvchi yuridik shaxs tushuniladi. 
Ikkinchidan, yuqorida ta’kidlangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 
Qarorining 3-bandi bilan sug‘urtalovchilar va sug‘urta brokerlarining rahbarlari va 
bosh buxgalterlari Moliya vazirligi tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlangan 
Sug‘urtalovchining ijro etuvchi organi rahbari va bosh buxgalteriga qo‘yiladigan 
talablari to‘g‘risidagi nizomda belgilangan malaka talablariga mos kelgan taqdirda 
tayinlanishi (saylanishi) belgilandi. Bu bilan nafaqat sug‘urtalovchi yoki uning bosh 
buxgalteriga qo‘yiladigan talablar, balki "Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida"gi Qonunning 
7-moddasiga ko‘ra, sug‘urta qildiruvchining nomidan va topshirig‘iga binoan 
sug‘urta shartnomasi tuzilishi va ijro etilishini tashkil qilish bo‘yicha faoliyatni 
amalga oshiruvchi yuridik shaxs hisoblanadigan sug‘urta brokeri, uning bosh 
buxgalterining mas’uliyatini oshirish maqsadida ularga bo‘lgan talablarni maxsus 
vakolatli organ belgilaydigan tartib o‘rnatildi. Ushbu belgilangan tartib qoidalaridan 
kelib chiqib, Qonunning maxsus vakolatli organning vakolatlari nazarda tutilgan 10-
moddasi ikkinchi qismining oltinchi xatboshisiga tegishli o‘zgartishlar kiritildi. 
Bunday 
tartib 
Fransiya, 
Chexiya, 
Ruminiya, Qozog‘iston va Belarus 


184 
Respublikasining tegishli qonun hujjatlarida mustahkamlab qo‘yilganligini ham 
ta’kidlash o‘rinlidir. 
Shu o‘rinda sug‘urtalovchi va sug‘urta brokeri rahbari hamda ularning bosh 
buxgalterlariga qanday malaka talablari belgilanishi mumkin, degan savol tug‘ilishi 
tabiiy. Xususan, Sug‘urtalovchining (sug‘urta brokerining) rahbariga va bosh 
buxgalteriga qo‘yiladigan malaka talablari to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra, 
sug‘urtalovchining 
(sug‘urta 
brokerining) 
rahbari 
qonun 
hujjatlari 
va 
sug‘urtalovchining (sug‘urta brokerining) ta’sis hujjatlariga muvofiq tayinlanadi yoki 
saylanadi. 
Buning 
natijasida 
tuzilgan 
mehnat 
shartnomasiga 
asosan, 

sug‘urtalovchining (sug‘urta brokerining) yagona ijro etuvchi organi hisoblanadigan 
yoki sug‘urtalovchining (sug‘urta brokerining) kollegial ijro etuvchi organini 
boshqaradigan jismoniy shaxs hisoblanadi. Unga nisbatan quyidagi malaka talablari 
o‘rnatilgan: 
a) O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida olingan oliy ma’lumotga 
yoki xorijiy davlatlarning ta’lim muassasalarida olingan hamda qonun hujjatlariga 
muvofiq, O‘zbekiston Respublikasidagi oliy ma’lumotga ekvivalent, deb tan olingan 
oliy ma’lumotga ega bo‘lishi; 
b) sug‘urta sohasida 2 yildan kam bo‘lmagan ish stajiga ega bo‘lishi; bunda 
sug‘urta agenti, yordamchi, texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodim sifatidagi ish staji 
hisobga olinmaydi. 
Shuningdek, sug‘urtalovchining (sug‘urta brokerining) bosh buxgalteri deganda 
sug‘urtalovchining (sug‘urta brokerining) buxgalteriya hisobi va moliyaviy 
boshqaruvi vazifalarini amalga oshiruvchi, buxgalteriya hisobini tashkillashtirishni 
hamda moddiy, moliyaviy resurslarning oqilona, tejamkorlik bilan ishlatilishini 
nazorat qilishni ta’minlaydigan jismoniy shaxs tushuniladi. U quyidagi malaka 
talablariga javob berishi lozim: 
a) O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida olingan (buxgalterlik, 
moliyaviy, iqtisodiy) ma’lumotga yoki xorijiy davlatlarning ta’lim muassasalarida 
olingan hamda qonun hujjatlariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasidagi oliy 
ma’lumotga muqobil, deb tan olingan oliy ma’lumotga ega bo‘lishi; 
b) buxgalter sifatida 3 yildan kam bo‘lmagan ish stajiga ega bo‘lishi, shundan 
sug‘urta sohasida buxgalter sifatida bir yildan kam bo‘lmagan ish stajiga ega bo‘lishi. 
Shu o‘rinda ta’kidlab o‘tish lozimki, sug‘urtalovchilarning (sug‘urta 
brokerlarining) O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarori bilan tayinlanadigan 
rahbarlariga mazkur Nizom talablari tatbiq etilmaydi. 
Uchinchidan, yuqorida ko‘rsatilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 
Qarorining 3-bandi bilan sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini, 
o‘rnatilgan iqtisodiy normativlarni, shu jumladan, to‘lov qobiliyati normativlari 
sug‘urtalovchilar tomonidan buzilgani uchun sug‘urta faoliyatini tartibga solish va 


185 
nazorat qilishni amalga oshiruvchi maxsus vakolatli davlat organining qarori asosida 
ularga sug‘urtalovchi uchun belgilangan eng kam ustav kapitalining 0,1 foizi 
miqdorigacha jarima solinishi va jarima summasi respublika byudjetiga o‘tkazilishi 
tartibi o‘rnatilgan. Ushbu tartibga asosan, qonunning maxsus vakolatli organning 
vakolatlari belgilangan 10-moddasiga mazkur o‘rnatilgan tartibni qo‘llashni nazarda 
tutuvchi tegishli qo‘shimchalar kiritildi. Mazkur tartib sug‘urtalovchilarning sug‘urta 
xizmati iste’molchilari oldidagi mas’uliyatini oshirib, mijozlar huquqlarini himoya-
lashga, to‘lov qobiliyati normativlarini buzmasdan amalga oshirishlarini ta’minlashga 
xizmat qiladi. Maxsus vakolatli organ tomonidan bunday jarima qo‘llash Fransiya, 
Yaponiya, Rossiya, Chexiya, Ruminiya, Hindiston, Qozog‘iston va Belarus 
Respublikalari qonun hujjatlarida ham nazarda tutilgan. 
Sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini, o‘rnatilgan iqtisodiy 
normativlarni, shu jumladan, to‘lov qobiliyati normativlarini buzganligi uchun 
sug‘urtalovchilarga jarima sanksiyalarini qo‘llash tartibi Sug‘urta faoliyati 
to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganligi uchun sug‘urtalovchilarga jarima 
sanksiyalarini qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizom bilan tartibga solingan. Unga ko‘ra, 
sug‘urtalovchilar 
tomonidan 
to‘lov 
qobiliyati 
normativlarini 
buzganligi, 
sug‘urtalovchilar aktivlarini joylashtirishga, qayta sug‘urta operatsiyalariga oid 
talablarga rioya qilmaganligi, sug‘urta zaxiralarini shakllantirish hamda joylashtirish 
tartibi va shartlarini, sug‘urta agentlari to‘g‘risidagi nizom talablarini buzganligi, 
hisobotlarni taqdim etish shakli, tartibi va muddatlariga rioya etmaganligi uchun 
jarimalar qo‘llaniladi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Sug‘urta xizmatlari bozorini yanada 
isloh qilish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 2007 yil 10 apreldagi PQ-
618-son Qarori bilan 2008 yilning 1 yanvaridan boshlab ustav kapitalining eng kam 
miqdorlari: 

umumiy sug‘urtalash tarmog‘ida faoliyatni amalga oshiradigan 
sug‘urtalovchilar uchun — 500 ming AQSH dollariga teng bo‘lgan summa; 

hayotni 
sug‘urtalash 
tarmog‘ida 
faoliyatni 
amalga 
oshiradigan 
sug‘urtalovchilar uchun — 750 ming AQSH dollariga teng bo‘lgan summa; 
- majburiy sug‘urtalash bo‘yicha faoliyatni amalga oshiradigan sug‘urtalovchilar 
uchun — 1 mln. AQSH dollariga teng bo‘lgan summa; 

faqat qayta sug‘urtalash bo‘yicha faoliyatni amalga oshiradigan 
sug‘urtalovchilar uchun — 3 mln. AQSH dollariga teng bo‘lgan summa belgilangan. 
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Sug‘urta xizmatlari 
bozorini yanada isloh qilish va rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar 
to‘g‘risida"gi 2008 yil 21 maydagi PQ-872-sonli Qarori bilan sug‘urtalovchilarning, 
avvalo, mijoz oldidagi mas’uliyatini oshirish hamda ularning kapitallashuv darajasini 
ko‘paytirish, moliyaviy barqarorligini ta’minlash maqsadida 2010 yilning 1 


186 
yanvaridan 
boshlab 
quyidagi 
sohalarda 
faoliyatni 
amalga 
oshiradigan 
sug‘urtalovchilar uchun ustav kapitalining eng kam miqdorlari o‘rnatilgan: 
- umumiy sug‘urta sohasida — 750 ming evroga ekvivalent summada; 
- hayotni sug‘urta qilish sohasida — 1 mln. evroga ekvivalent summada; 
- majburiy sug‘urta bo‘yicha — 1, 5 mln. evroga ekvivalent summada; 
- faqat qayta sug‘urta qilish bo‘yicha — 4 mln. evroga ekvivalent summada. 
To‘rtinchidan, qonunning amaldagi 12-moddasida sug‘urtalovchilar ustav 
fondining eng kam miqdori Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanishi nazarda 
tutilgan edi. Ammo hozirgi vaqtda ularning ustav fondining eng kam miqdori 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Sug‘urta xizmatlari bozorini yanada isloh 
qilish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 2007 yil 10 aprelda qabul 
qilingan PQ-618-sonli hamda "Sug‘urta xizmatlari bozorini yanada isloh qilish va 
rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi 2008 yil 21 mayda 
qabul qilingan PQ-872-sonli qarorlari bilan belgilanganligini hisobga olib, 12-
moddaga tegishli o‘zgartish kiritish bilan ustav fondining eng kam miqdori endilikda 
qonun hujjatlariga asosan belgilanishi nazarda tutildi. 
Xulosa o‘rnida ta’kidlash joizki, "Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida"gi O‘zbekiston 
Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida"gi Qonun 
sug‘urta xizmatlarining raqobat bozorini shakllantirish, sug‘urta faoliyatini yanada 
takomillashtirish va sifatini oshirish, sug‘urtalovchilarning kapitallashuvi va 
moliyaviy barqarorligini oshirish, ularning hududiy tarmoqlarini kengaytirish va 
sug‘urta kompaniyalarining investitsion jarayonlardagi ishtirokini rag‘batlantirish, 
shuningdek, sug‘urta xizmatlari iste’molchilarining huquqlarini samarali himoya 
qilishni ta’minlashga xizmat qiladi. 
Ushbu Qonunning maqsadi sug‘urta faoliyati sohasidagi munosabatlarni tartibga 
solishdan iborat. 
Sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun 
hujjatlaridan iboratdir. 
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston 
Respublikasining sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda 
tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari 
qo‘llaniladi. 
Sug‘urta deganda yuridik yoki jismoniy shaxslar to‘laydigan sug‘urta 
mukofotlaridan 
shuningdek 
sug‘urtalovchining 
boshqa 
mablag‘laridan 
shakllantiriladigan pul fondlari hisobidan muayyan voqea (sug‘urta hodisasi) yuz 
berganda ushbu shaxslarga sug‘urta shartnomasiga muvofiq sug‘urta tovonini 
(sug‘urta pulini) to‘lash yo‘li bilan ularning manfaatlarini himoya qilish tushuniladi. 
Sug‘urta faoliyati deganda sug‘urta bozori professional ishtirokchilarining 
sug‘urtani amalga oshirish bilan bog‘liq faoliyati tushuniladi. 


187 
Sug‘urta quyidagi sohalarga bo‘linadi: 
hayotni sug‘urta qilish (jismoniy shaxslarning hayoti, sog‘lig‘i, mehnat 
qobiliyati va pul ta’minoti bilan bog‘liq manfaatlarini sug‘urta qilish, bunda 
shartnoma bo‘yicha sug‘urtaning eng kam muddati bir yilni tashkil etadi hamda 
sug‘urta pullarining sug‘urta shartnomasida ko‘rsatib o‘tilgan oshirilgan foizni o‘z 
ichiga oluvchi bir martalik yoki davriy to‘lovlarini (annuitetlarni) qamrab oladi); 
umumiy sug‘urta (shaxsiy, mulkiy sug‘urta, javobgarlikni sug‘urta qilish hamda 
hayotni sug‘urta qilish sohasiga taalluqli bo‘lmagan boshqa sug‘urta turlari). 
Sug‘urta tavakkalchiliklari yoki ular guruhlarining va ular bilan bog‘liq 
majburiyatlarning umumiy xususiyatlariga muvofiq sug‘urta sohalari sug‘urta 
turlariga (klasslariga) bo‘linadi. Sug‘urta turlari (klasslari) O‘zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. 
Sug‘urta bozorining professional ishtirokchilari sug‘urta faoliyatining 
sub’ektlari hisoblanadi. 
Sug‘urtalovchilar, sug‘urta vositachilari, adjasterlar, aktuariylar, sug‘urta 
syurveyerlari, 
shuningdek 
assistans 
sug‘urta 
bozorining 
professional 
ishtirokchilaridir. 
Sug‘urta brokeri, qayta sug‘urta brokeri va sug‘urta agenti sug‘urta vositachilari 
hisoblanadilar. 
Tegishli turdagi sug‘urtani amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan va 
sug‘urta shartnomasiga muvofiq sug‘urta tovoni (sug‘urta puli) to‘lovini amalga 
oshirish majburiyatini oluvchi tijorat tashkiloti bo‘lgan yuridik shaxs sug‘urtalovchi 
deb e’tirof etiladi. 
Sug‘urtalovchilar sug‘urtani amalga oshirishga bevosita bog‘liq bo‘lmagan 
tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishlari mumkin emas, ushbu Qonunning 
6
1
-
moddasida 
nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. 
Sug‘urtalovchi quyidagi huquqlarga ega: 
qonun hujjatlarida belgilanadigan tartibda va shartlarda sug‘urta (qayta sug‘urta 
qilish) shartnomalari tuzish; 
o‘z majburiyatlarini belgilangan tartibda qayta sug‘urta qilish, shu jumladan 
O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida qayta sug‘urta qilish; 
maxsus vakolatli davlat organi belgilaydigan tartibda va shartlarda investitsiya 
faoliyatini amalga oshirish; 
qimmatli qog‘ozlar bozorida investitsiya vositachisi sifatida professional 
faoliyatni amalga oshirish. Bunda mazkur faoliyat turini amalga oshirish uchun 
sug‘urtalovchining litsenziya olishi talab qilinmaydi; 
sug‘urta (qayta sug‘urta qilish) sohasidagi mutaxassislar malakasini oshirish 
bilan bog‘liq faoliyatni, shuningdek sug‘urta agenti sifatida sug‘urta vositachiligini 
amalga oshirish; 


188 
sug‘urta hodisalari yuz berishining oldini olish va ogohlantirish chora-
tadbirlarini qonun hujjatlarida belgilanadigan tartibda va shartlarda moliyalashtirish; 
sug‘urtalovchi tomonidan amalga oshiriladigan sug‘urta turlariga doir qoidalarni 
(shartlarni) qonun hujjatlariga muvofiq belgilash; 
sug‘urta hodisasi ro‘y berishining sabablari va holatlarini, shuningdek sug‘urta 
tovoni (sug‘urta puli) miqdorini belgilash uchun zarur bo‘lgan tegishli axborot va 
hujjatlarni huquqni muhofaza qiluvchi organlardan, sudlar, tibbiyot, seysmologiya, 
veterinariya, gidrometeorologiya tashkilotlari hamda boshqa tashkilotlardan 
belgilangan tartibda so‘rash va olish; 
sug‘urta agentlari, sug‘urta va qayta sug‘urta brokerlari, sug‘urta bozorining 
boshqa professional ishtirokchilari bilan tegishli shartnomalar tuzish; 
sug‘urta tovoni (sug‘urta puli) to‘lashni qonun hujjatlarida va (yoki) sug‘urta 
(qayta sug‘urta qilish) shartnomasida belgilangan hollarda hamda tartibda rad etish, 
sug‘urta (qayta sug‘urta qilish) shartnomasini muddatidan ilgari bekor qilish; 
sug‘urta qildiruvchi tomonidan taqdim etilgan axborotni tekshirishni, sug‘urta 
qildiruvchining sug‘urta shartnomasi talablari va shartlarini bajarishi ustidan 
nazoratni sug‘urta (qayta sug‘urta qilish) shartnomasida nazarda tutilgan tartibda 
amalga oshirish; 
chet el sug‘urtalovchilariga syurveyer va adjaster xizmatlari ko‘rsatish; 
ilgari sug‘urtalovchi tomonidan o‘z ehtiyojlari uchun olingan yoki sug‘urta 
shartnomasini amalga oshirish natijasida uning ixtiyoriga o‘tgan mol-mulkni 
realizatsiya qilish yoki ijaraga berish; 
O‘zbekiston Respublikasining reyting tashkilotlari va chet el reyting tashkilotlari 
reytinglarini olish; 
o‘zining alohida bo‘linmalarini tashkil etish. 
Sug‘urtalovchi qonun hujjatlariga va o‘zi tuzgan shartnomalarga muvofiq 
boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin. 

Yüklə 4,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   309




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin