1.Marketingni boshqarish tushunchasi va uning turlari Marketing boshqarilishi - bu marketing majmuasining elementlariga ta’sir ko‘rsatish jarayoni bo‘lib, bunda xaridorlar bilan belgilangan maqsadli almashuv shaxsiy yoki ikki tomonlama foyda olish uchun qo‘llaniladi.
Marketingni boshqarish-marketing hamma elementlariga ta’sir etish jarayonidir, bu o‘z navbatida xaridorlar bilan o‘zaro bog‘liq aloqalar o‘rnatish va mustahkamlashdan iboratdir. Marketing faoliyatida samarali natijalarni ro‘yobga chiqarish, asosan, mahsulot, uning narxi va bozorda qay darajada siljishi hamda joylashishidan iborat. Marketing faoliyatida samarali natijalarga erishish mahsulotning belgilash narxi, bozorda joylashtirish va harakatlantirish choralari bilan bog‘liq.
Marketing boshqaruvchi tashkiliy tarkibi idoralarining yaxlit tizimi bo‘lib, ishchi-xizmatchilarning samarali ishlashini, xo‘jalik yurituvchi subektning maqsadiga erishishini ta’minlaydi. U quyidagi turlardan tashkil topgan bo‘lishi mumkin: funksional, mahsulot-funksional va bozor-funksional.Marketing boshqaruvning funksional tashkiliy tarkibiy bo‘linma-lari javobgarligini va ularning ixtisoslashuvini o‘z vazifasi bo‘yicha aniqlashni ko‘zda tutadi. Ya’ni, assortimentni rejalashtirish va yangi mahsulotni ishlab chiqarish, marketingda izlanishlar olib borish, mahsulot harakatini tashkil etish, reklama va sotuvni rag‘batlantirish, xizmatlar va savdo xizmatini tashkil qilish.
Marketing boshqaruvining mahsulot-funksional tashkiliy tarkibi mahsulotga mo‘ljallangan va tarkibiy bo‘linmalarning bir qismi ixtisoslashishi mahsulot assortimentlarining alohida guruhlari bo‘yicha qurilgan.
Marketing boshqaruvining bozor-funksional yoki regional tashkiliy tizimi bo‘limlari funksional bo‘linmalarini qo‘shimcha tashkil qilish regional bozorlariga yoki iste’molchilar turlariga yo‘naltirilgan.
Mahsulotingizning yuqori sifati uning muvaffaqiyat qozonishiga olib keladi, degan an’anaviy fikr tijorat ishlari uchun asos bo‘la olmaydi. Shuning uchun mahsulot chiqarilmasdan oldin dastlabki bosqichda shunday bozorni tanlash kerakki, toki unda hozirgi vaziyat uchun firmaning nomi hammaga ma’lum bo‘lsin. Shunda siz yetarli darajada muvaffaqiyat bilan bozorda mahsulot sotishingiz mumkin.
Tadbirkorlarning ommaviy taraqqiy etishi davrida hamma vaqt va axborot taqchilligi sharoitida o‘z davlatingizda, mustaqil respublikalarda, balki xorijda ham potensial bozorlar topish zarur.
Korxona uchun iqtisodiy kenglik bu, avvalo, mahsulot va xizmatlarning erkin almashuvidagi sharoit bo‘lib, ushbu jarayon qatnashchilarining manfaatiga bog‘liqdir. Bizning holatda iqtisodiy kenglik, mahsulot almashuvi uchun ishlab chiqaruvchi (kommersant-tijoratchi bilan) va iste’molchi orasidagi haqiqiy sharoitlarning bunyod etilishidir.