Strreplsh I mavzu: Global bozorlarda ishlash. Xolistik marketingni boshqarish



Yüklə 399,93 Kb.
səhifə2/8
tarix16.03.2023
ölçüsü399,93 Kb.
#88289
1   2   3   4   5   6   7   8
Mundarija

KIRISH




I-bob. “Marketingni boshqarish” fanining predmeti va nazariy asoslari




1.1. Marketingni boshqarish tushunchasi va uning turlari

7

    1. . Marketingni vujudga kelishi va rivojlanishining asosiy bosqichlari

16

1.3.Marketing nazariyasi konsepsiyasi va uning evolyusiyasi

20

II-bob. Global bozorlarda ishlash. Xolistik marketingni boshqarish




    1. Xolistik marketing konsepsiyasi

25

    1. Innovatsion marketing konsepsiyasi

28

XULOSA

33

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

35

Mavzu: Global bozorlarda ishlash. Xolistik marketingni boshqarish
Reja:
Kirish

  1. Marketingni boshqarish tushunchasi va uning turlari

  2. Marketingni vujudga kelishi va rivojlanishining asosiy bosqichlari

  3. Marketing nazariyasi konsepsiyasi va uning evolyusiyasi

  4. Xolistik marketing konsepsiyasi

  5. Innovatsion marketing konsepsiyasi

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar


Kirish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning “Mahalliy eksport qiluvchi tashkilotlarni yanada qo‘llab – quvvatlash va tashqi iqtisodiy faoliyatni takomillashtirish chora – tadbirlari to‘g‘risida”gi 2017 yil 21 iyunda qabul qilingan qarorida “...tashqi bozorlarga mahalliy mahsulotlarni olib chiqishda zamonaviy marketing usullaridan faol foydalanish...”1 alohida ko‘rsatib o‘tilgan. O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotining yangi sharoitlarida marketingni ijtimoiy – iqtisodiy roli yanada oshdi.
Bu esa, barchadan marketing tizimini har tomonlama, chuqur o‘rganishni taqozo etmoqda. Hozirgi vaqtda dunyo bo‘yicha marketingning ikki mingdan ortiq ta’rifi mavjud. Bu bir tomondan, «Marketing» tushunchasining juda murakkabligi hamda ko‘p qirraliligidan dalolat bersa, ikkinchi tomondan esa, marketing bo‘yicha turli oqimdagi juda ko‘p maktablar, biznes guruhlari va jamoatchilik mavjudligini ko‘rsatadi. Demak, marketingning ta’rifi turli-tuman.
Ammo bundan qat’iy nazar, ulardan ko‘pchiligi marketing - xaridorlarning aniq guruhlari ehtiyojlarini qondirish, bozor muammolarini echishga har tomonlama yondashish, ehtiyojlarni ayirboshlash yordamida qondirishga qaratilgan faoliyat turi ekanligini ifodalaydi, shuningdek, boshqa bir qancha umumiy qoidalarni qamrab oladi.
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasining uchinchi yo‘nalishida kichik sanoat zonalarini tashkil etish bo‘yicha, “...faoliyat ko‘rsatayotgan erkin iqtisodiy zonalar, texnopark va kichik sanoat zonalari samaradorligini oshirish, yangilarini tashkil etish” 2 bo‘yicha ulkan vazifalar belgilangan. Bugungi kunda davlatimiz rahbari respublikamiz bo‘yicha qaysi hududga bormasin, o‘sha hududda kichik sanoat korxonalari tashkil etish, ular orqali mahsulot, tayyor raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini oshirish hamda ularni nafaqat ichki bozorga, balki tashqi bozorlarga eksport qilish zarurligini ta’kidlab o‘tdi.
Bugungi kunda kichik sanoat zonalarini tashkil etish orqali ishlab chiqarish hajmini kengaytirish, tovarlar assortimentini kengaytirish orqali kichik sanoat zonalari korxonalari faoliyatini rivojlantirish, ularda marketing tadbirlarini amalga oshirish, kichik sanoat zonalari korxonalar faoliyatini samarali baholash va kelgusida ularning rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, mahsulot ishlab chiqarish korxonalarida marketing faoliyatini tashkil etish, korxonalar faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha marketing strategiyasini ishlab chiqish muhim o‘ringa egadir.
Yuqoridagilardan xulosa qilib shuni aytish mumkinki, marketing haqidagi barcha ta’riflar mazmuni, umuman olganda, xaridor va iste’mol sohasini yaxlit tadqiqot qilishga borib taqaladi. Bu esa, bozor iqtisodiyotidagi raqobat kurashi sharoitida, korxona ishi sifati bo‘yicha o‘z raqobatchilariga nisbatan, iste’molchilarni muhtojligini qondirishga yo‘naltirilgan faoliyatda, doimo ustunlikka erishishni taqazo etadi.
Marketing - bozorda vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarni faollashtirish uslublarini, tovarlarni ishlab chiqarish hamda sotish muammolarini yaxlit, tizimli echish uslublarini, bozorda vujudga keladigan o‘zgarishlarga tezda moslashish, iste’molchilarga tabaqali yondashish, raqobatbardosh yangi tovarlarni vujudga keltirish va ularni ishlab chiqarishni tashkil etish, kon’yunkturani o‘rganish va prognoz qilish hamda ta’sirchan reklamani rivojlantirish masalalarini o‘rganishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygandir.



Yüklə 399,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin