Marketingni boshqarish jarayoni Marketingni boshqarish jarayoni quyidagilardan iborat:
1. Bozor imkoniyatlarini tahlil (analiz) qilish.
2. Maqsadli bozorlarni tanlab olish.
3. Marketig kompleksini ishlab chiqish.
4. Marketing ishlarini hayotga tatbiq etish..
Kompaniya doimo o’z maqsadi va mahsulot assortimentini ma’lum bozorda muhimligini saqlanishiga ishonishi kerak. Har qanday kompaniya qiyin va o’zgaruvchan marketing muhitida faoliyat olib boradi. Yashovchanligini saqlab qolish uchun u biron guruhga kerakli tovarni ishlab chiqarib, taklif qilishi kerak.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, marketing har birimizning hayotimizga chuqur kirib borgan. Marketing o’zida turli xil faoliyatlarni jamladan, bularga marketing tadqiqotlari, tovarga ishlov berish, korxonani shu tovarni tarqatishi, narx quyish, reklama va shaxsiy savdo kiradi. Har bir ishlab chiqaruvchi o’z marketingini boshqarishni rivojlantirishga harakat qiladi. Marketingni boshqarishni yuqorida ta’riflab o’tildi. Uni rivojlantirish darajasini oshirishda, ya’ni unga yo’naltirish beruvchilik vazifasini ko’rib o’tilgan 5 kontseptsiya bajaradi. Bu kontseptsiyalar bir-biridan farq qilinib ular yordamida ishlab chiqaruvchilarning mavqeining oshishi yoki pasayishi yaqqol misollarda ko’rib chiqildi. Bu bilan marketing boshqarishni rivojlantirishga ushbu kontseptsiyalardan o’z vaqtida foydalanganda erishish mumkin deb atalsa bo’ladi. Masalan, bozorda har xil holat yuz berishi mumkin. Tovar bozorda yaxshi ketmasa sababini aniqlab, sifatini yaxshilash, narxi, ishlab chiqarishni mukammallashtirish, zamonaviy texnologiya bilan jihozlash hisobiga pasaytirish, shu tovar iste’molchiga zarur ekanligiga ishontirish, iste’molchining ehtiyoji va talabini o’rganib, ularni qondirish ishlarini amalga oshirish kerak. Bu sanab o’tilgan ishlar yuqoridagi 5 kontseptsiyada o’z aksini topgan. Demak, ushbu kontseptsiyalardan unumli foydalanish marketingni boshqarishni rivojlanishiga ta’sir etadi. Marketingni boshqarishni rivojlantirish malakali mutaxassislarga ham bog’liq. Chunki ular marketing holatlarini tahlil qilish, rejalashtirish, hayotga tatbiq etish bilan, ya’ni marketingni boshqarish bilan shug’ullanadilar. Bu esa ular zimmasiga ulkan mas’uliyatni yuklaydi. Bu xodimlarning malakasi yuqori darajada bo’lishi lozim, shundagina rivojlanish bo’ladi.
Shunday qilib, xodimlar marketing kontseptsiyalaridan samarali foydalanish va albatta kommunikatsiya aloqalarini yaxshi yo’lga qo’yilganligi marketingni boshqarishni rivojlanishiga asos bo’lib xizmat qiladi.
Xulosa Marketing — bozor, bozordagi harakat, faoliyat) — korxonaning tovarlar ishlab chiqarish va sotishini tashkil etish hamda boshqarish shakli. Marketing atamasi isteʼmolga 19-asrning 60-yillarida Makkovern tomonidan kiritilgan. Marketing nazariy konsepsiya va tijorat faoliyatining oʻziga xos hodisasi tarzida 20-asr boshlarida Amerika Qoʻshma Shtatlarida ilk bor qoʻllanildi. Ishlab chiqarish va kapitalning yuksak darajada toʻplanishi, iqtisodiyot tarmoqlarida monopoliyalar hukmronligining, xalqaro bozorda keskin raqobatning vujudga kelishi mahsulot sotish muammosini obʼyektiv tarzda birinchi oʻringa chiqardi. 1908-yilda AQShda marketing muammolarini oʻrganadigan birinchi ixtisoslashgan firma paydo boʻldi. 1911-yilda esa oʻsha davrdagi bir qator yirik kompaniyalar tijorat tadqiqotlari bilan shugʻullanadigan dastlabki boʻlimlarni ochdi. Kompaniyalar huzurida bozorni oʻrganish, , haridorlarga xizmat koʻrsatish va boshqarishning boshqa vazifalari bilan shugʻullanadigan marketing boʻlimlari taʼsis etila boshlandi. 1931-yilda Amerika Marketing jamiyati, 1937-yilda esa Amerika Marketing milliy uyushmasi tuzildi. 20-asrning 50—60-yillarida xalqaro Marketing federatsiyasi, jamoatchilik fikri hamda marketing boʻyicha Yevropaa jamiyati va Yevropa marketing akademiyasi kabi xalqaro marketing tashkilotlari tuzildi.
Bozorni bilish bozorga moslashish, bozorga taʼsir oʻtkazish marketingning asosiy tamoyillaridir. Shuningdek, marketingni qoʻllash bilan bogʻliq masalalarni kompleks ravishda oʻrganish; mahsulot assortimentini rejalashtirish; talabni va savdoga ragʻbat beradigan tadbirlarni shakllantirish; savdo va taqsimot; boshqarish va nazorat qilish marketing faoliyatining mazmunini belgilaydi.
Mutaxassislar marketingning 9 ta asosiy vazifasini koʻrsatib oʻtadilar: 1) rejalashtirish va mahsulotni yaratish; 2) mahsulotning navi va standartlarini belgilash; 3) mahsulot xaridi va uni guruhlashtirish; 4)sotish; 5) omborga joylash; 6)transport xizmati; 7) marketing faoliyatini moliyalash; 8)xatarlar va bozorga oid axborotlar toʻplash.
Oʻzbekistonda 1980-yillardan boshlab iqtisodiyot oʻquv yurtlarida marketing kurslari oʻqitila boshlandi. Shu yillari marketing masalalari bilan S.Salimov, S. Fylomov, A. Bekmurodov, J. Jalolov, M. Qosimova, D. Muhitdinov, M. Nasreddinova, X. Raimov kabi olimlar ilmiy tadqiqot ishlari olib bordilar. 1986-yilda „SovplastItal“ qoʻshma korxonasida birinchi boʻlib marketing boʻlimi tuzildi. Keyingi yillarda “Toshkent toʻqimachilik mashinasozlik zavodi” aksiyadorlik jamiyati, “V. P. Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi” davlat-aksiyadorlik birlashmasi, “Toshkent qishloq xoʻjaligi mashinasozligi” aksiyadorlik jamiyati kabi korxonalarda ham marketing boʻlimlari ochildi. Hozir mamlakatimizda faoliyat koʻrsatayotgan tijorat banklari, yirik ishlab chiqarish korxonalarining aksariyatida marketing boʻlimlari ish olib boradi.