Strreplsh I mavzu: Global bozorlarda ishlash. Xolistik marketingni boshqarish


Tovarlar Har bir tashkilot quyida keltirilgan biror-bir mahsulotni ishlab chiqaradi; Moddiy tovar



Yüklə 399,93 Kb.
səhifə6/8
tarix16.03.2023
ölçüsü399,93 Kb.
#88289
1   2   3   4   5   6   7   8
Tovarlar
Har bir tashkilot quyida keltirilgan biror-bir mahsulotni ishlab chiqaradi;
Moddiy tovar. Tovar tushunchasi eng avvalo iste’mol predmetlari (oziq-ovqat, kiyim-kechak va hokazo) tushunchasi bilan bog‘liq. Bu toifaga millionlab ma’lum bir bozor narxiga ega, ko‘zga ko‘ringan obyektlar kiradi.
Xizmat ko‘rsatish. Xizmat ko‘rsatish ko‘zga ko‘rinmagan mavhum tovar turi hisoblanib, bozor tranzaksiya predmetidan iborat. Ko‘zga ko‘rinmas, mavhum tovar-xizmat ko‘rsatish mohiyatidir. Bu toifaga sug‘urta turistik sayohatlar, konsultatsiyalar, sartaroshxona xizmati, bank xizmati va hokazolar kiradi.
Individual (personal) omil. Individual marketing - bu qo‘l ostidagi xizmatchilarning menejerda yaxshi taassurot qoldirishga intiluvchi yoki aholining qo‘llab-quvvatlashini xohlovchi siyosatchilar ham band bo‘lishi mumkin bo‘lgan insonning alohida faoliyatidir. Ommaviy kommunikatsiya vositalarining rivojlanishi munosabati bilan bu faoliyat marketologlarning diqqat-e’tiboriga tushdi. Ko‘pchilik Gollivud yulduzlari o‘zining press-agentlariga, siyosatchilar o‘zining xususiy reklama agentligiga ega.
Tashkilotlar.
Ko‘pchilik tashkilotlar o‘zini ko‘rsatish uchun juda ko‘p vaqt sarflaydilar, Masalan: AQSHning Respublika partiyasi o‘z ishini zamonga yarasha o‘zgartirish maqsadida juda katta kuch va mablag‘ sarfladi.
Amerika Meditsina assotsiatsiyasi esa, hozirgi zamon Amerika vrachini shakllantirish kompaniyasini o‘tkazish zarur degan xulosaga keldi. Ko‘pchilik mehr-muruvvat tashkilotlari, universitetlar o‘z oldiga ommaga va homiylarga «o‘zini» ko‘rsatishni asosiy vazifa qilib qo‘ydi.
G‘oyalar
Ko‘pchilik tashkilotlar jamiyatga o‘z g‘oyalarini sotishga harakat qiladilar, Masalan: Demografik tashkilotlar tug‘ilishni nazorat qilish g‘oyasini sotishga harakat qiladi.
Shunday qilib, tovar turli shakllarga ega bo‘lib, bu shakllar marketing kontsepsiyasi kengayishiga asosiy omil bo‘ladi.
Iste’molchilar
Marketing konsepsiyasining ikkinchi omillaridan biri tashkilotlar o‘zlari ishlab chiqarilgan tovarlar bilan qiziqqan va o‘z holatiga ta’sir ko‘rsatuvchi guruhlar bilan ishlash. Tashkilot shu guruhning qiziqishlarini o‘rganishi, ularga xizmat ko‘rsatishi va ularning talablarini qondirishi kerak.
Birinchi toifa guruhi ishchilari ta’minlovchilar deb ataladi. Ta’minlovchilar tashkilotni kerakli resurslar bilan ta’minlab yangi tovarlar ishlab chiqarishga zamin yaratadi. Ta’minlovchilarga tashkilot xodimlari, xom-ashyo va mahsulotlar bilan ularni savdo qiluvchi kompaniyalar, banklar reklama agentlari va konsultantlar kiradi.
Ikkinchi toifa guruhiga iste’molchilar kiradi. Ular to‘rt sinfga bo‘linadi.
1) Mijozlar tashkilot mahsulotning iste’molchilari hisoblanadi. Mijozlar savdo firmalarning haqiqiy xaridorlaridir. Bundan tashqari muhtojlar (Qutqaruv Armiyasi) va bemorlar (gospital) tashkilotning mijozlari bo‘lishi mumkin. Tashkilot ularga ma’lum bir xizmatni ko‘rsatadi. Mijozlar tashkilotning saylovchilari hisoblanadi.
2) Direktorlar tashkilotning boshqaruvini va javobgarligini o‘z bo‘yniga oladilar.
3) Tashkilot ishi bilan qiziqqan jamoatchilik guruhlari, iste’molchilar, davlat muassasalari va boshqa guruhlar biznes - firma ishiga qiziqishi va tekshirishi mumkin. Masalan: Universitet ishini olsak. Bu guruhga bitiruvchilar, o‘quv dargohining do‘stlari, moliyaviy qo‘llab-quvvatlovchi fondlar kiradi.
4)Bu guruhga mazkur tashkilotning shunga qiziqqan har bir kiradi.

2. Marketingni asosiy elementlarini tashkil topishi – bozorni tadqiq qilish va tahlil etish, narxni tuzilishi tamoyili; servis siyosati –Sayrus Makkormek nomi bilan bog‘lanadi. 1902 yildan boshlab AQSHning (Michigan, Kaliforniya, Illinoys) universitetlarida marketing muammolari bo‘yicha («Tovarlar marketingi», «Marketing uslublari» fanlari va boshqalar) fanlar kiritilib, ma’ruzalar o‘qitila boshladi. 1926 yilda AQSHda marketing va reklama milliy uyushmasi tashkil topdi, keyinchalik uning negizida Amerika marketing jamiyati barpo etildi, bu jamiyat 1973 yilda Amerika marketing uyushmasi nomini oldi.
B ir oz keyinroq bunday uyushma va tashkilotlar G‘arbiy Evropa mamlakatlari va Yaponiyada ham paydo bo‘ldi. Xalqaro marketing tashkilotlari - Evropa marketing va ijtimoiy fikr tadqiqotlari jamiyati, Xalqaro marketing federatsiyasi, Evropa Akademiyasi va shunga o‘xshashlar yuzaga keldi. O‘tgan asrning 60-yillar o‘rtasida eng yirik Amerika korporatsiyalarining barchasi o‘z xo‘jalik faoliyatida marketingning asosiy talablarini qo‘llay boshladi. G‘arbiy Evropa va Yaponiyada marketing g‘oyalari AQSHga qaraganda sustroq joriy qilindi.
Ammo 60-yillarning oxiriga kelib ular marketing amaliyotini tezkorlik bilan o‘zlashtirishga kirishdilar va bunda muhim yutuqlarga erishdilar. Amerika modeli bo‘yicha marketing faoliyati birinchi navbatda korxonani maqsad va vazifalariga erishishga qaratiladi hamda ikkinchi navbatda esa iste’molchilarni ehtiyojini qondirishga qaratiladi. Yapon modeli bo‘yicha marketing faoliyati eng avvalo iste’molchilarni hohish – ehtiyojini qondirishi kerak. Yapon marketingining asosiy maqsadi – iste’molchiga xizmat qilish, Amerika marketingi uchun esa, maqsadga erishish uchun hamma vositalardan foydalanish mumkin.
Marketing an’anaviy savdo usullaridan farqli o‘laroq aniq maqsadlarni ko‘zlaydi, xo‘jalik vazifalarini esa yaqqol ifodalaydi; korxona shunday sifatli mahsulot tayyorlashi lozimki, uni sotish qulay bo‘lsin. Darhaqiqat, mahsulot ishlab chiqarilgani bilan u albatta foyda keltiradi degan ma’noni hali aslo bildirmaydi. Ilgari xo‘jalik rahbarlarining vazifasi asosan jami resurslarni ishlab chiqarish talablari bilan muvofiqlashtirishdan iborat edi, ya’ni korxona o‘zi xohlagan mahsulotni ishlab chiqarar va hamma e’tiborini uni sotishga qaratar edi.
Marketingning maqsadi esa bozorning mavjud va kelgusida ehtimol tutgan imkoniyatlarini aniqlash hamda sifat jihatidan to‘g‘ri baholashdan, so‘ngra unga tayanib, butun kuchini o‘z mahsulotiga qiziqish va ehtiyojni kuchaytirishga, xaridorga mahsulotni, shuningdek ko‘rsatiladigan tegishli ximat turini tanlash imkonini yaratgan holda, mahsulotni sotishga qaratishdan iborat.
Zamonaviy marketingni davri o‘tgan asrning 1995 yillaridan boshlandi. Shu davrdan boshlab marketing – murakkab ijtimoiy – iqtisodiy jarayon sifatida o‘rganilmoqda. Hozirgi vaqtda AQSH va rivojlangan mamlakatlarda marketing masalalari bo‘yicha juda ko‘p tadqiqot firmalari faoliyat olib bormoqda. SHuningdek, marketing muammolarini tadqiq qilishni tijorat boshqaruvi asosida universitetlar ham, savdosanoat assotsiatsiyalari, davlat tashkilotlari va xizmatlari ham shug‘ullana boshladi.
1972 yilda F. Kotler mikromarketing va makromarketing tushunchalarini asoslab beradi. 1976 yilda Shelbi Xant marketing ayirboshlash jarayoni haqida ilm hisoblanishini ko‘rsatdi. XX asrning 80-yillar oxiri 90-yillar boshlarida marketingni globallashtirish jarayoni kuzatildi. SHuningdek, 1990 yilda Avstraliyaning Kanberra shahrida «Marketing – bu hamma narsa», «Marketing biznesni anglatadi» shiori ostida global marketing bo‘yicha Xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Hozirgi davrda jahon iqtisodiyotida sanoat davri axborot davriga o‘rin bo‘shatib bermoqda.
Bu jahonning barcha rivojlangan davlatlarida kuzatilmoqda. Tez o‘zgaruvchan bozor sharoitlari, narxsiz raqobat usullarining rivojlanishi, ishlab chiqarish yuksak darajada chaqqon moslashuvchan, yakka iste’molchiga mo‘ljallangan, hajmi kichik bozor sohalari, bozor segmentlari va ayrim «so‘qmoq»larning ko‘pligi unga xos xususiyatlardir. Ayni paytda ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi shunday darajaga etdiki, bir bozorning oraliq segmentlarida bo‘sh makon juda kam qoladi.
Natijada bozor raqobati yanada shiddatli tus oladi. Ammo bu jarayon narx omili negizida emas, balki raqobatning yanada takomillashgan usul va shakllari paydo bo‘lishi natijasida yuz beradi. Tovarning «hayotiy sikli» misli ko‘rilmagan darajada qisqaradi. Hozirgi davrda etakchi yapon elektron firmalari bozorga o‘rtacha har uch oyda bir marta mikrosxemalarning yangi turini chiqaradi. Mahsulotlar assortimentning xilma-xilligi ortdi, bir xil buyumlarni ko‘plab ishlab chiqarish kamaydi, ya’ni to‘p-to‘p qilib uyub tashlash tajribasidan voz kechilmokda.
Tovar sifatiga ega bo‘lgan mahsulotlar mazmuni o‘zgardi. Endi yaxshi mahsulot chiqarish bilangina ish bitmaydi, raqobatga dosh berish uchun sotuvdan keyingi darajasini, firma ko‘rsatadigan qo‘shimcha servis xizmatlari sifatini tubdan yaxshilash zarur. Korxonalar xarajatlarini oddiy kamaytirish yo‘llarini o‘ylabgina qolmay, ayni paytda tovarlarni sotish va o‘tkazish, daromadlarni muttasil ko‘paytirish sohalariga ko‘proq e’tibor berishga majbur. Mahsulot sotishga yangi bozorlar, muayyan afzalligi tufayli mahsulot o‘ziga jalb etadigan yangi xaridorlarni qondirish lozim. Bu ishlarni hozirgi zamon marketingiga tayanibgina amalga oshirish mumkin. Korxonaning omon qolishi iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, kon’yunktura-tijorat, ijtimoiy va boshqa axborotlarni o‘z vaqtida olishi kabi omillardan ustalik bilan foydalanish natijasida ta’minlanadi.


  1. Marketing konsepsiyasi (marketing faoliyati konsepsiyasi) – bu shunday yo‘l yoki yondashuvki, uning asosida korxona o‘zining marketing faoliyatini yurgizadi. Marketing konsepsiyasi rejalashtirilayotgan va amalga oshirilayotgan firma faoliyatining strategik tahlili asosida ishlab chiqiladi. Marketing konsepsiyasini ishlab chiqish odatda quyidagi bosqichlarni qamrab oladi:

• ichki va tashqi muhit strategik tahlilini amalga oshirish;
• marketing faoliyati va korxonaning maqsadlarini aniqlash;
• marketing strategiyasini aniqlash;
• rejalashtirilayotgan natijalarga erishish maqsadida marketing faoliyati elementlarini tanlash.
Marketing konsepsiyasi ishlab chiqarish va taklif etilayotgan tovarlarga bo‘lgan talabni rivojlanish darajasiga bog‘liqligi jihatidan evolyusion taraqqiyot bosqichini kechdi. Marketing konsepsiyasi haqida quyida rasm va jadvallarda ma’lumotlar berilgan. Quyidagi 2.1-rasmda marketing konsepsiyasining ta’rifi keltirilgan.
Marketing va tadbirkorlik sohasida dunyo ilmi va amaliyoti marketing evolyusiyasida quyidagi konsepsiyalarni asosladi va tavsiya etdi:
• ishlab chiqarishni takomillashtirish konsepsiyasi;
• tovar yoki xizmatni takomillashtirish konsepsiyasi;
• sotishni (tijoratni) faollashtirish konsepsiyasi;
sof marketing konsepsiyasi;
• ijtimoiy yo‘naltirilgan marketing konsepsiyasi;
• o‘zaro aloqaviy marketing konsepsiyasi

Ko‘rsatib o‘tilgan marketing konsepsiyalari har bir mamlakat uchun standart, norma yoki qoida sifatida ko‘rilmasligi kerak. Marketing evolyusiyasi har qaysi mamlakatda o‘zini xususiyatlari va bozor munosabatlari rivojlanish darajasiga bog‘liq bo‘ladi. Biroq marketingni paydo bo‘lishi bilan bog‘liq jahon tajribasi hamda bozor munosabatlarini rivojlanishi aniq mamlakatlarda tadbirkorlik faoliyatini tatbiq etish bozor munosabatlarini shakllantirishga ishlatilishi mumkin ekanligi foydali hisoblanadi. Bundan tashqari marketingni rivojlanishida mashhur umumiy tendensiya – e’tiborni tovar ishlab chiqarishdan iste’molchiga, uning xohish va ehtiyojlariga qaratish talab etiladi.
Birinchi davr - «ishlab chiqarishni takomillashtirish konsepsiyasi» - «mahsulot ustunligi» tarzida belgilanadi, bunda eng muhim masala yaxshi tovar ishlab chiqarish va uni xaridorga arzon narxlarda sotish deb hisoblanadi. Konsepsiya shiori - «imkoni boricha ko‘proq tovar ishlab chiqar, chunki bozor talabi cheksiz».
Tovarni takomillashtirish konsepsiyasi iste’molchi e’tiborini tovarga, uning sifatiga va narxiga qaratishni talab etadi. Iste’molchilar o‘xshash tovarlarni sifatlarini boshqa firmani shunday tovarlari bilan solishtirib ko‘radilar. Bu konsepsiyani ko‘pincha kompaniya, firma, tashkilotlar, shuningdek, notijorat tashkilotlar ham ushlab turadilar. Biroq tovar konsepsiyasi muvaffaqiyat keltiravermaydi.
Keyingi davr «sotishni (tijoratni) faollashtirish konsepsiyasi» nomini oldi. Bunda firmaning mahsulotini «mana tovar tayyor, kelavering va savdolashing» shiori bilan sotishni mo‘ljallash birinchi o‘ringa chiqadi. Tovar va savdo marketinggi konsepsiyalari mahsulot ishlab chiqarish hali seriyali, ya’ni yalpi tus olmagan davrda maydonga kelgan edi. Tovarlarning yangi turlari va xillari hisobiga yuqori darajada foyda qo‘lga kiritilar edi, sababi mohiyat e’tibori bilan cheksiz talabga ega bo‘lgan bozorda bu tovarlarga nisbatan talab benihoya katta edi. XX – asrning 50 - yillarida boshqarish konsepsiyasining ilk asosini sotish hajmi, ishlab chiqarish va muomala xarajatlari darajasi, daromad, foyda va boshqa ko‘rsatkichlarni uzoq muddatli o‘zgarishlarini aniqlash tahlil qilindi. SHunga ko‘ra bozordagi ish faoliyatini bir yildan besh yilgacha moslashtirish ko‘zda tutilgan.
Marketing rivoji tarixida o‘tgan asrning 50-yillari muhim bosqich bo‘ldi. Ortiqcha mahsulot ishlab chiqarish tangligi ko‘rinib qoldi. Marketing - ishlab chiqarishni bozor talabiga moslashtirish konsepsiyasi, uning asosini iste’molchiga - «bozor ustunligi»ga mo‘ljal olish tashkil etdi. Marketing boshqaruvining bozor konsepsiyasi yanada rivojlandi.
Sof marketing konsepsiyasi o‘tgan asrning 50-yillari o‘rtalaridan boshlab marketing bozor konsepsiyasi tarzida boshqarishda firmaning faqat bozor strategiyasini emas, balki ishlab chiqarish strategiyasini ham belgilaydigan etakchi vazifaga aylandi. Marketing xizmati firmaning asosiy boshqarish markazi, bozor, ishlab chiqarish, ilmiy-texnika va moliyaviy faoliyati masalalari bo‘yicha axborotlar va tavsiyalar manbai bo‘lib qoldi. Marketing xizmati ijtimoiy talab va bozor kon’yunkturasi holati hamda o‘zgarishlarini batafsil tahlil qilish asosida u yoki bu tovarni ishlab chiqarish zarurati, istiqboli va foydadorligi, ishlab chiqarish dasturlarini moddiy-texnika jihatlaridan ta’minlash imkoniyatlari to‘g‘risidagi masalalarni hal etadi.
XX asrning 60-yillariga kelib bozordagi o‘zgarishlarga qarab strategik rejalashtirishni amalga oshirish masalasi ilgari surildi va hal qilindi. O‘tgan asrning 70-yillarga kelib, marketingning shunday konsepsiyasi ishlab chiqildiki, u iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlar hayotiga mustaqil kirib bordi. Mamlakat xo‘jalik sub’ektlari ichki faoliyatida yaxlit organizm tarzida va firma ichidagi rejalashtirishda ham markaziy o‘rinni marketing egalladi. Bu bozor iqtisodiyotiga qaratilgan strategik boshqarishning yangi shakli bo‘lib, u eng ko‘p foyda olish maqsadida tovarlarni uzluksiz ravishda ishlab chiqaruvchilar Ishlab chiqarish Tovarlar Oldi-sotdi va sotishni ragbatlantirish Sotish xajmini ko'paytirish hisobiga foyda olsh Bozor Xaridorlar ehtiyoji Marketing chora-tadbirlari kompleksi Xaridorlar extiyojini qondirish orqali foyda olish 38 iste’molchiga xarajat qildiradigan, korxonani ishlab chiqarish va sotishni tahlil qilish ko‘p kamrovli tushunchadir. Mahsulotlar ko‘rinishi va texnologiyasi qisman o‘zgartirilgan holda ko‘plab ishlab chiqarishlar boshlandi. Raqobat kurashining asosiy shakli narx raqobatiga aylandi. SHuning uchun keyingi yillarda xarajatlarni kamaytirish, samarador texnologiyalarni joriy etish yo‘lida doimiy kurash olib borish muvaffaqiyat garovi bo‘lib qoldi.
Ijtimoiy yo‘naltirilgan marketing konsepsiyasi - bu konsepsiya korxonaning vazifasi yakka shaxslarning talabini o‘rganish, tahlil qilish va bu talablarni samarali qondirishdan, ayni paytda umuman jamiyat butunligini saqlash va mustahkamlashdan iborat deb qaraydi. Ijtimoiy-yo‘naltirilgan marketing konsepsiyasi boshqarishning bozor konsepsiyasiga nisbatan kuchayib borayotgan ekologik muammolar, tabiiy resurslarning etishmasligi, umumjahon inflyasiyasi, ijtimoiy xizmat sohalarining g‘arib holati tufayli bu dastur bizning zamonamizga to‘g‘ri kelishiga bildirilgan shubhalar avj olib turgan pallada maydonga keldi. Dastlab firmalarning bozor munosabatlaridagi faoliyati asosan foyda olishgagina qaratildi. Keyinchalik ular xaridor ehtiyojlarini qondirishning strategik ahamiyatini anglab etdilar va natijada bozor marketinggi konsepsiyasi paydo bo‘ldi. Bugungi kunga kelib, ular biror muhim ishga qo‘l urishdan oldin, jamiyat manfaatlari haqida ham o‘ylay boshlaydilar. Ijtimoiy yo‘naltirilgan marketing bozor ishtirokchilaridan marketing siyosati doirasida uch omilni o‘zaro bog‘liglikda qarashni talab etadi, bu omillar - firma foydasi, xaridor ehtiyojlari va jamiyat manfaatlari.
Marketingni o‘zaro aloqaviy konsepsiyasi. Marketingni o‘zaro aloqaviy konsepsiyasining asosiy g‘oyasi xaridorlar bilan boshqa oldi-sotdi jarayoni qatnashchilari o‘rtasidagi munosabatlar (kommunikatsiya)dan tashkil topadi. Marketingni o‘zaro aloqasi samarali kommunikatsiya, shaxsiy muloqotlar ahamiyatini oshiradi. Marketingni o‘zaro aloqasi kommunikatsiyani kengroq jihatda – kompaniya(firma) bilan uning sheriklari o‘rtasidagi daromad olib keluvchi xohlagan o‘zaro aloqasi sifatida ko‘radi. Savdo, keyinchalik sanoatda marketingni faol qo‘llanish jarayoni o‘tish davri iqtisodiyotining xususiyatlari bo‘lib hisoblanadi. XXI asrning 2008 yilida iqtisodiyoti rivojlangan davlatlarda moliyaviy inqirozning vujudga kelishi natijasida moliya bozorlari xizmatlarida marketing tizimini keng qo‘llash ahamiyati yanada ortdi.
Marketing konsepsiyasi - bu korxonalar faoliyatini boshqaruv falsafasidir. U esa, tovar ishlab chiqaruvchilarga iste’molchilarning ehtiyojlarini qondirish natijasida foyda olishlari uchun yordam beradi. Buning uchun har kuni va uzoq muddat davomida:
• tadbirkorlik faoliyatini faollashtirishga;
• bozorga;
• iste’molchilarning maqsadli guruhlariga;
• bosh strategik maqsadlarga e’tiborni jalb etish lozim.

  1. Mamlakatimizda yalpi ichki mahsulot, mahsulot va xizmatlar ishlab chiqarishning yuqori sur’atlarda barqaror o‘sib borish, byudjet sohasi xodimlarining ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdorining muntazam qayta ko‘rib chiqilishi, ta’lim, sog‘liqni saqlash va ilm-fan sohalari xizmatchilarining mehnatini rag‘batlantirish, aholi turmush darajasini tubdan yaxshilashga qaratilgan boshqa chora-tadbirlar, ayniqsa, oxirgi yillarda xalqimizning hayot sifati izchil yuksalib borishini ta’minladi.

Aholining xarid qobiliyati, ya’ni uning oylik maosh va pensiya hisobidan eng zarur iste’mol mahsulotlarini sotib olish va xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari aholining iste’mol tovarlariga bo‘lgan talab va ehtiyojlarining ta’minlanishi sezilarli darajada yaxshilanib borayotganini aks ettiradi. Bugungi kunda mamlakatimiz korxonalarida marketing konsepsiyasini qo‘llashda avvalambor, iste’molchilar ehtiyojlarini to‘laroq qondirish orqali foyda olishga, korxonaning bozordagi brendini yanada kuchaytirish, reklama faoliyati samaradorligini oshirish, mijozlarga nisbatan alohida yondoshuvni amalga oshirish, ichki va tashqi bozorlarda tovarlar raqobatbardoshligiga erishishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Marketing konsepsiyasiga yangicha yondoshish - bozorning strategik segmentidan tashkilotlarning potensial mijozlari yig‘indisidan - maqsadli guruhlar deb ataluvchilar bilan uzviy aloqalarga asoslanadi. Bozorni tatqiq qilish orqali iste’molchilarni bir xil guruhga ajratish va strategik segmentlarni aniqlab, mavjud va potensial mijozlar bilan keyingi aloqalarda korxonaning mavjud vositalarni tejaydi va yuqori natijaga erishishga imkoniyat beradi. Ma’lumki, marketing evolyusiyasida ishlab chiqarish, tovar, sotish, ijtimoiyaxloqiy, o‘zaro aloqa konsepsiyalari kabi bosqichlarni kuzatish mumkin.
Iste’molchiga yo‘naltirilgan marketing konsepsiyasi – biznesga mo‘ljal olishni amalga oshirishdan iborat. G. Assel marketing konsepsiyasini rivoji ketma-ketligini quyidagicha ifodalagan: 1990 yillarda ishlab chiqarish konsepsiyasi, 1930 yillardan sotish konsepsiyasi, 1950 yillardan iste’mol konsepsiyasi, 1970 yillardan raqobat konsepsiyasi, 1980 yillardan hozirgi kungacha strategik marketing konsepsiyasi evolyusiyasi davom etmoqda. Korxonaning marketing konsepsiyasi - marketing kompleksini ishlab chiqish asosida hayotga tatbiq etiladi.
Marketing usullari korxonalarda foyda olishga mo‘ljal shaklida qo‘llaniladi va yaqin vaqtlargacha marketing bu soha deb yuritilar edi. Hozirgi vaqtda marketingni qo‘llanilish sohasi ahamiyatli ravishda kengaydi va uni nodavlat, notijorat tashkilotlari faol ishlatilmoqda. Marketing sohasi bugun tijorat faoliyati bilan chegaralanib qolmay, balki ijtimoiy tashkilotlarda ham marketing tadqiqotlarini o‘tkazib bormoqda. Respublikamizda ijtimoiy sohalarni rivojlantirishda marketingni o‘rni kun sayin ortib bormoqda.
Marketing nazariyasi va amaliyoti bozorni o‘rganish vositasi sifatida ko‘plab korxona va tashkilotlarda qo‘llaniladi. Evropa mamlakatlari va AQSH iqtisodiyotida band bo‘lgan jami aholining 25 - 33 foizi marketing faoliyati bilan bog‘liq. Rossiya korxonalarida o‘tkazilgan tadqiqotlar natijasi shundan dalolat beradiki, oxirgi yillarda ularning 70 foizdan ortig‘i marketolog mutaxassislarga muhtojdir.
Marketing faoliyat sohasi sifatida, karera uchun qiziqarli va istiqbolli imkoniyatlarni keng tanlovini taklif etadi. Bular qatoriga sotuv, reklama, o‘rov dizayni, logistika, marketing tadqiqoti, tovar ishlab chiqarish, ulgurji va chakana savdo ixtisosliklari kiradi. Marketing yangiliklari siyosiy, madaniy, ijtimoiy sohalarda muvaffaqiyatli ishlatilishi mumkin. Marketing hozirgi to‘yingan bozor sharoitida iste’molchi nimalar hohlashini aniq bilmaydi. Muammo, iste’molchilar va ishlab chiqaruvchilarni qondirishga qaratilgan muqobil yondashuvlarni va oqibatda taklif bilan to‘yinganlik sharoitlarida yangi marketing usullarini aniqlashdan iborat. Buning uchun yuzaga kelgan vaziyatda ehtimol tutilgan marketing usullarini aniqlash, funksional yondashuvlarning o‘zaro aloqalarini ko‘rsatish, qadriyatlar marketingi yondashuvidan foydalanish orqali muammolarning mavjud echimlarini tahlil qilish zarur. Bozorga tezroq kirib borish natijasida hozirgi paytda ustunlik qilayotgan marketingning bir qismi hisoblangan marketing innovatsiyalarini ham qayd etish joizdir.
X
XI asr marketologlari marketing konsepsiyasini an’anaviy tamoyillari bilan chegaralanmagan yondoshuvni qo‘proq qabul qiladi. Shu o‘rinda marketing innovatsiyalaridan biri hisoblangan xolistik marketing konsepsiyasi alohida o‘ringa ega. Ushbu marketing konsepsiyasi o‘zaro bog‘liqlik va uning chora-tadbirlarini kengligini hamda jarayonlarini hisobga olgan holda rejalashtirish, marketing dasturini ishlab chiqish va tatbiq etishga asoslanadi. Xolistik marketing – marketing faoliyatida kengaytirilgan, integratsiyalashgan yondoshuv zarurligi muhim ekanligini ifodalaydi.

Shunday qilib, xolistik marketing – marketing faoliyatini murakkabligi va turli xil imkoniyatlarni muvozanatlashtirish va tan olish bo‘yicha yondoshuvdir. Xolistik marketing 4 ta: marketingni o‘zaro munosabati, integratsiyalashgan marketing, ichki marketing va ijtimoiy-javobgar marketing konsepsiyalarini o‘z ichiga oladi.



5. Innovatsion marketing bu – yangi tovarlar yoki xizmatlar yaratish, kengaytirish va qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan marketing texnologiyalari majmuidir. Innovatsion marketing texnologiyalarining o‘ziga xos xususiyati shundaki, ular jismoniy jihatdan mavjud bo‘lgan mahsulot bilan emas, balki uning ishlab chiqilayotgan konsepsiyasi bilan ishlaydilar. Bu esa an’anaviy marketingdan farqli ravishda, marketing tadqiqotlari o‘tkazishda katta qiyinchiliklar yuzaga keltiradi. Bulardan kelib chiqqan holda dunyo bozorlariga chiqishda innovatsion marketing texnologiyalaridan samarali foydalanish talab etiladi.
Bozor sharoitida innovatsion faoliyatning tubdan farq qiluvchi tomoni, bu ishlab chiqaruvchilar ehtiyojlariga emas, balki iste’molchilar ehtiyojlariga yo‘naltirilganlik hisoblanadi. Umumiy holda ijtimoiy-yo‘naltirilgan bozorni, maqsadi jamiyatning ehtiyojlarini maksimal darajada qondirish bo‘lgan ishlab chiqaruvchi va iste’molchining o‘zaro munosabatlariga asoslangan ijtimoiy mahsulotni sotish tizimi sifatida qarash mumkin.
Innovatsion siyosat doirasida sanoat korxonalarida samarali institutsional va texnologik o‘zgarishlarni rag‘batlantirish, sanoat kompaniyalarining tadqiqotchilik yo‘nalishidagi korxona va tashkilotlar bilan integratsiyalashuviga xizmat qilish, korporativ fan va ishlanmalarning rivojlanishini rag‘batlantirish yo‘li bilan investitsion risklarni maksimal darajada pasaytirish vazifasi turibdi. Innovatsion infratuzilma rivojlanishining asosiy tamoyillari quyidagilar hisoblanadi: milliy iqtisodiyot talablari va imkoniyatlariga moslik; maksimal moslashuvchanlik, xalqaro iqtisodiyotda raqobatbardoshlik va transparentlik.
Bunda milliy innovatsion tizimning bir segmenti sifatida funksional-to‘laqonli innovatsion infratuzilma (texnoparklar, biznes-inkubatorlar, innovatsion-texnologik markazlar, texnologiyalar transferi markazlari, venchur fondlari, intellektual mulk birjalari, marketing markazlari, ilmiy-texnik rivojlanish markazlari) yaratish zarur.
Texnik jihozlanishi va kadrlar tarkibi bo‘yicha raqobatbardosh ilmiy-texnik mahsulot va texnologiyalar ishlab chiqish va tijoratlashtirish, ularni ichki va tashqi bozorlarda amalga oshirishni ta’minlay oladigan, innovatsion sohaning amaldagi va sifat jihatidan yangi sub’ektlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash ko‘zda tutilishi zarur. Iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlarda yangi mahsulotlar va texnologiyalarni ishlab chiqish bitta (yoki bir necha) firmalar miqyosiga jamlangandir. Innovatsiyalarga yo‘naltirilmagan korxonalarni yangi dinamik muhitga kirishida, tabiiyki, ma’lum bir mojarolar yuzaga keladi.
Ushbu mojarolar yoki doimo tezkor tarzda real sharoitlarga moslashishni, yoki kelgusi o‘zgarishlarni prognozlashtirish imkonini beruvchi o‘ziga xos boshqarish mexanizmlarini shakllantirish va ularga muqobil bo‘lgan harakat usullarini ya’ni, innovatsiyalarni boshqarish mexanizmlarini ishlab chiqish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Yangi texnologiyalarning rivojlanishi va ularning asosida tamomila yangi tovar va xizmatlar turlarini sotish tezligi shunga olib kelmoqdaki, bozordagi vaziyat va iste’molchilarning ehtiyojlari tobora o‘zgarmoqda. Iste’molchi nimani, qaerdan, qanday ko‘rinishda va qanday narxda sotib olishni istashini aytmoqda.
Marketing konsepsiyasini tushunishga yangicha yondashuv ya’ni maqsadli guruhlar – strategik bozor segmentidan potensial mijozlar bilan yaqinroq ishlashga asoslanmoqda. Bozor tadqiqotlari yordamida bir xil iste’molchilar guruhlarini ajratib, strategik segmentlarni aniqlagan holda, korxona sezilarli miqdorda mablag‘lar tejab qoladi hamda mavjud va potensial mijozlar bilan kelgusi aloqalarda ko‘proq unumdorlikka erishadi. Tanlab olingan bozor sektorlari bilan faol kommunikatsiyalar iste’molchilarning katta qismi e’tiborini jalb qilishga imkon beradi va ularning aksariyati kompaniya mijozlariga aylanadi.
Mana shu sababdan XXI asrning boshlaridan boshlab turli tarmoqlarda bozor etakchilarining ko‘pchiligi reklama, PR, to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotuvlar, ichki firma munosabatlari uchun javob beradigan bo‘limlarni birlashgan kommunikatsiya xizmatlariga birlashtirishi ro‘y berdi. Integratsiyalangan marketing kommunikatsiyalaridan foydalanuvchi kompaniyalar soni o‘smoqda. Innovatsion faoliyat yo‘nalishlari eng avvalo, ishlab chiqarishni takomillashtirish vazifalari va imkoniyatlari bilan emas, balki iste’molchilarning yangi mahsulot tavsifnomalari borasida nimalarni afzal ko‘rishini o‘rganish natijalari bilan belgilanishi lozim.
Yangi mahsulot ishlab chiqarishni o‘zlashtirishda ushbu mahsulotni laboratoriyada sinab ko‘rishga emas, balki bozorda tekshirib ko‘rishga ko‘proq e’tibor qaratish kerak. Innovatsion marketing texnologiyalarining o‘ziga xos xususiyati shundaki, ular jismoniy jihatdan mavjud bo‘lgan mahsulot bilan emas, balki uning ishlab chiqilayotgan konsepsiyasi bilan ishlaydilar. Bu esa an’anaviy marketingdan farqli ravishda, marketing tadqiqotlari o‘tkazishda katta qiyinchiliklar yuzaga keltiradi.
Innovatsion marketing innovatsiyalar bozori kon’yunkturasini o‘rganish, innovatsion loyihani biznes-loyihalashtirish, uni amalga oshirishdan tortib innovatsiyalarni bozorga harakatlantirish, innovatsiyalar diffuziyasi va daromad olishgacha bo‘lgan butun innovatsion siklning tizimli integratsiyasini ifodalaydi. Innovatsion marketing ob’ekti intellektual mulk, yangi materiallar va tarkibiy qismlar, yangi mahsulotlar, yangi jarayonlar, yangi bozorlar, tovar va xizmatlarni siljitish yangi usullari, boshqaruvning yangicha tashkiliy shakllari hisoblanadi. Innovatsiyalar yaratish mamlakatimizda doimo muhim ahamiyatga ega bo‘lib kelgan. Innovatsiyalarni tijoratlashtirish esa yoki mukammallashmagan, yoki umuman bo‘lmagan. Biroq bugungi kunga kelib, raqobat kurashida innovatsiyalar ishlab chiqarishni emas, ularni amaliy qo‘llashni tashkillashtira oladiganlar g‘olib kelmoqda. Innovatsion marketing iste’molchi ehtiyojlarini yaxshiroq qondirish, zamonaviy biznesda ustuvorlikni «funksional» mahsulotlardan «innovatsion» mahsulotlarga o‘tkazish hisobiga bozorni egallab olish imkoniyatini beradi:
funksional mahsulotlar eng muhim, zaruriy ehtiyojlarni qondirishga xizmat qiladi va aksariyat hollarda xarid joyiga qarab o‘tirmasdan xarid qilinadi (kerak bo‘lib qoldi — ko‘rib qoldi — xarid qildi);
innovatsion mahsulotlar esa, aksincha, texnika va modaning so‘nggi so‘zini ifodalaydi, ularga talabni oldindan aytish qiyin, ularning hayotiylik davri esa ancha qisqaroq bo‘ladi.
Yangi mahsulot iste’molchi ahamiyatga ega deb hisoblaydigan har qanday yangilik kiritish yoki mavjud tovarni o‘zgartirishni ko‘zda tutadi. Biroq yangilik darajasi turlicha bo‘lishi va bir necha pog‘onada ko‘rib chiqilishi mumkin. Korxona uchun ilgari hech ham ishlab chiqarilmagan tovarlar innovatsion tovarlar bo‘ladi. Shunday qilib, innovatsion marketing majmui maqsadli bozorga va innovatsiyalar potensial iste’molchisiga ta’sir ko‘rsatish, shuningdek, raqobat muhiti va iste’molchilar istaklaridagi o‘zgarishlarga o‘z vaqtida javob qaytarish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar yig‘indisini ifodalaydi.

Yüklə 399,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin