Xulosa va takliflar О‘zbekiston Respublikasining investitsiya jarayonlarini tahlil qilib takidlash mumkinki barqaror iqtisodiy о‘sishning asosiy omillaridan biri sifatida davlatning samarali investitsiya siyosatini qabul qilishimiz mumkin.
Investitsiya siyosatini amalga oshirishda tijorat banklari investitsiya jarayonining asosiy bо‘g‘iniga korxonalarning chinakkam hamkoriga aylanmog‘i, binobarin, ularning rivojlanishidan manfaatdor bо‘lishlari mumkin.
Bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biri bu investitsiyalarni moliyalashtirish sohasida davlatimizda tuzilmaviy qayta restrukturizatsiyalash borasida muammolarning mavjudligi. Ushbu muammoni yechishda О‘zbekiston Respublikasi hukumati bir qator amaliy chora- tadbirlarni ishlab chiqmoqda. Xorijlik investorlar uchun bir qator huquqiy va siyosiy-iqtisodiy imtiyozlar belgilangan. Jumladan: davlat kafolati, ya’ni ushbu korxonalarning о‘zi ishlab chiqargan mahsulotni xech qanday litsenziyasiz va tо‘siqsiz olib chiqib ketish, xorij investitsiyalari ishtirokida faoliyat yuritayotgan korxonalar daromadining ishlab chiqarishni va texnologiyani yangilash uchun qayta investitsiyalanadigan qismini soliq tо‘lashdan ozod qilish, xorijiy yuridik va jismoniy shaxslarning davlat mulkini xususiylashtirish jarayoniga, shu jumladan, ularga keng doiradagi kо‘chmas mulkni sotish va xususiylashtiriladigan korxonalar aksiyalarining 100 foizga qadar miqdorini sotib olishlariga erkin kirishini ta’minlashdan iborat bо‘lgan imtiyozlardir. Bizning fikrimizcha, iqtisodiyotining yetakchi tarmoqlarini restrukturizatsiya qilish jarayonida markazlashgan investitsiyalarni moliyalashtirish holati va ularning samaradorligini oshirishda yanada ijobiy natijalar olish maqsadida quyidagi tavsiya va takliflarni inobatga olish zarur:
1. Investitsiya jarayonlari rivojlanishini tо‘xtatib turuvchi eng muhim muammolar qatoriga quyidagilarni ham kiritish zarur:
- korxonalarning о‘zaro qarzdorliklarini mavjudligi, aylanma mablag‘larining yetishmasligi, iqtisodiyotning real sektori tarmoqlariga yetarli darajada investitsiya jalb qilishiga salbiy ta’sir etib, boz ustiga mavjud qо‘yilgan sarmoyalardan foydalanish darajasi ham sustligi;
- markazlashgan investitsiyalardan foydalanish samaradorlik kо‘rsatgichlarining hali ham eski mezonlaridan foydalanilayotganligi.
2. О‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida agrar sohasi katta ahamiyatga ega bо‘lganligi sababli markazlashgan investitsiyalarni safarbar etishda bugungi kunda ikkita yо‘nalishga qaratish lozim:
a) bevosita qishloq xо‘jaligiga mikro texnikalarni ishlab chiqish va irrigatsiya melioratsiya ishlariga yо‘naltirish;
b) qishloq xо‘jalik sohasiga xizmat kо‘rsatuvchi sanoat sohasiga ya’ni agrar sohaga texnologiya va texnika, hamda mineral о‘g‘itlar ishlab chiqaruvchi sanoat tarmoqlarini qayta modernizatsiyalashga yо‘naltirish.
Bu yerda shuni ta’kidlash lozimki, markazlashgan investitsiyalarni bevosita daromad keltiradigan tarmoqlarga emas, balki aholining talab va istemolini kо‘proq qondira oladigan tarmoqlarga joylashtirish byudjet mablag‘laridan foydalanishning eng oqilona yо‘li bо‘lib hisoblanishi kerak.
3. Bevosita savdo-sotiq, ya’ni muomala yо‘nalishiga emas, balki moddiy boyliklar ayniqsa aholiga zarur bо‘lgan keng ist’emol tovarlari ishlab chiqaruvchi tarmoqlarga yо‘naltirish(garchi bu tarmoqlardan keladigan daromad past bо‘lsada ular mamlakat aholisini kerakli bо‘lgan mahsulotlar bilan tez va qisqa muddat ichida ta’minlanishiga imkon yaratadi);
4. Markazlashgan investitsiyalar samaradorligi kо‘rsatkichlarini ulardan olinadigan daromadlari miqdorida emas balki mamlakatda yaratilgan eksportbop tovar asosidagi jami mahsulotlarining miqdoriga nisbatan hamda aholini tez va qisqa muddat ichida qancha mahsulotlarga bо‘lgan talabini qondirish miqdori bilan hisoblash.
Kurs ishimiz negizida keltirilgan xulosa va takliflarimizni amaliy tadbiqi о‘ylaymizki respublikamiz iqtisodiyotida davlat tomonidan kafolatlangan, markazlashgan investitsion mablag‘lardan foydalanish samaradorligini yanada oshirib, investitsiyalarni kо‘proq jalb qilib iqtisodiy о‘sishning barqarorligini ta’minlashga asos bо‘lib hisoblanadi.
ASOSIY ADABIYOTLAR: “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli Farmoni.
Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. – Toshkent: “O’zbekiston” NMIU, 2017. – 488 b.
Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo’lishi kerak. – Toshkent: “O’zbekiston” NMIU, 2017. – 104 b.
Djumayev Z.A. Makroiqtisodiyot. O‘quv qo‘llanma.- T.: «Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi», 2018. - 300 bet.