Baxtsiz hodisaning asoratlarining ketishing ham, kelib chiqishini ham hisobga olib tuzilgan aktlarni 45 yilgacha saqlash tavsiya etiladi. Tekshirishdan so‘ng korxona ma’muriyati yo‘l qo‘yilgan xatolarning qaytarilmasligini ta’minlashga qaratilgan buyruqni e’lon qiladi, baxtsiz hodisaning kelib chiqishida aybdor kishilarning javobgarligi aniqlanadi.
Agar baxtsiz hodisa ikki va undan ortiq ishchilar bilan yoki o‘lim bilan tugagan bo‘lsa, u holda maxsus komissiya tomonidan tekshiriladi. Komissiya tarkibiga kasaba uyushmasi texnik nazoratchisi, yuqori tashkilotning vakili, davlat nazorat organlari xodimlari va boshqalar kiradi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
Qudratov, T.G’aniev, O’. Yuldashev, G’.Yo. Yormatov, N. Xabibullaev, F.D Xudoev. «Hayot faoliyati xavfsizligi» maruzalar kursi. Toshkent 2005 y
Yuldashev O.R., Sapaev Sh.M., va boshqalar «Hayot faoliyati xavfsizligi» fanidan amaly mashg’ulotlar. O’quv qo’llanma. Toshkent 2010 y