Sudlov tizimi va qonunchilik bekliklarda qonunchilik ishi


Qozilar faoliyati va odat normalari



Yüklə 21,32 Kb.
səhifə2/3
tarix14.12.2023
ölçüsü21,32 Kb.
#177173
1   2   3
SUDLOV TIZIMI VA QONUNCHILIK

2. Qozilar faoliyati va odat normalari. Sharqiy Buxoroda mahalliy qozilar fuqarolarning 2000 rublgacha bo’lgan barcha ishlarini ko’rib chiqishga haqli bo’lganlar. Undan ortig’ini qozikalon hal qilgan. Qoziga fuqarolik ishlarini hal qilganligi uchun to‘lanadigan haqdan tashqari, qishloq yoki chek yerdan tushadigan daromad ham to‘langan. Ishni kimning foydasiga hal qilsa, undan ham katta to‘lov olgan.
Barcha qozilik ishlarida da’vogar, javobgar va guvohlik qilish uchun erkaklarga 15 yosh, xotin-qizlarga 9 yoshga to’lishi talab qilingan. Musulmon bo’lmaganlar guvohlikka o’tishi mumkin emas edi.
Buxoro amirligida qoziliklar quyidagi shaharlarda ochilgan edi:
1. Buxoro;
2. Qorako’l;
3. Nurota;
4. Xatirchi;
5. Ziyovuddin;
6. Karmana;
7. Shahrisabz;
8. Kitob;
9. Yakkabog’;
10. G’uzor;
11. Chiroqchi;
12. Qarshi;
13. Burdalik;
14. Karki;
15. Kalif;
16. Boysun;
17. Sherobod;
18. Darband;
19. Hisor;
20. Denov;
21. Ko’lob;
22. Qo’rg’ontepa;
23. Baljuvon;
24. Qalai-Xumb;
25. Garm.
Xatak amlakdorligi Boysundan olisda bo‘lganligi bois amlakdorlik qoziligi Poshxurdda joylashtirilgan edi. Poshxurd qozisiga Xatakdan tashqari, Poshxurd amlakdorligi aholisi ham murojaat qilishgan. Qozilikni Xatakdan chiqqan ulamolar boshqarishgan.
Qozilar o’z faoliyatida to’liq mustaqil ishlaganlar. Ular o’zlariga tegishli bo’lgan hududda sodir bo’layotgan ishlar to’g’risida amirga to’g’ridan-to’g’ri darak berish huquqiga ega edilar.
Shu bilan birga, Sharqiy Buxoroda yashovchi ko’chmanchi turkmanlar orasida odat huquqi ham mavjud bo’lgan. Odat normalarida turkmanlarning turmush tarzidan kelib chiqib, jinoiy javobgarlikka tortish tubandagicha amalga oshirilgan:
1. Mol o’g’irlab ketilgan taqdirda jabrlanuvchi to moli qaytarib kelinmaguncha o’g’rining qarindoshlaridan xuddi shunday molni olishga haqli bo’lgan;
2. Ot o’girlashda gumon qilinayotgan shaxsni biron-bir obro’li kishi o’rtaga tushib uning aybsizligi to’g’risida kafolat berishi mumkin. Aks holda uning o’g’riligi tasdiqlanib, tovon to’lashi va ish olib borish uchun ketgan chiqimlarni qoplashi lozim bo’ladi.
3. Qotil o’ldirilganning qarindoshlariga to’kilgan qon uchun tovon to’lashi lozim. Shundan keyin hech kim unga nisbatan da’vo qilolmagan. Tovon puli kelishuv asosida amalga oshirilgan.
4. Qasddan odamni o’qotar quroldan o’ldirganlik uchun 10000 tanga (1500 rubl) tovon undirilgan. Tovon berilmagan taqdirda qotilni o’ldirishgan. Bilmay o’ldirib qo’ysa, kelishuv asosida tovon to’lagan.
5. Urish-janjal paytida badanga yetkazilgan jarohat uchun tovon to’lagan yoki to jabrlanuvchi sog’ayguniga qadar aybdor uning uyida ishlab bergan.
6. Buzuqlik holati, ya’ni kimki o’z xotinini boshqa erkak bilan yotganini ko’rib qolsa ularning har ikkisini ham hech qanday javobgarliksiz o’ldirishga haqli.
7. Xotin yoki qiz o’zini zo’rlagan erkakni hech qanday javobgarliksiz o’ldirishi mumkin.
8. Agar qotillik qishloq yoki ovulning odam chaqirig’i eshitilishi mumkin bo’lgan joyi yaqinida sodir bo’lgan bo’lsa, u holda qishloqning 50 ta kishisi qotilning kimligini bilmasliklari yoki bilishlari to’g’risida qasam ichishlari lozim.

Yüklə 21,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin