Sug’urta bozorining mohiyati, tarkibi va turlari



Yüklə 12,48 Kb.
tarix21.06.2023
ölçüsü12,48 Kb.
#133782
Документ Microsoft Word


Sug’urta bozorining mohiyatitarkibi va turlari
Iqtisodiyotning umumiy nazariyasida ham, sug’urta fanida ham “sug’urta bozori” va “sug’urta xo’jaligi” yangi tushunchalardir.
Shunga qaramay aytish mumkinki, “sug’urta bozori” tushunchasi o’ziga nisbatan bir muncha umumiy hisoblangan “sug’urta xo’jaligi” tushunchasining pog’onalaridan biri bo’lib, sug’urta xizmatlari oldi- sotdisi bilan bog’liq. “Sug’urta xo’jaligi” sug’urta sohasidagi sug’urta xizmatlarini ko’rsatish, sotish va iste’mol qilish bilan bog’liq munosabatlar yig’indisidan iborat. Umumjahon xo’jaligi miqyosida “jahon sug’urta xo’jaligi” atamasini qo’llash mumkin. Ana shu ma’noda “sug’urta xo’jaligi” sug’urta tashkilotlarining ta’sis etilishi, tashkiliy tuzilmasi, faoliyati, boshqaruvi bilan bog’liq munosabatlarni, shuningdek, sug’urta tashkilotlarining yoki sug’urta bozorining boshqa turdagi sub’yektlarining sug’urtaga oid faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish munosabatlarini, iqtisodiy munosabatlarda sug’urtadan foydalanish shart-sharoitlari va asoslarini ifoda etadi. Xorijiy adabiyotda bu borada tegishli ravishda “sug’urta iqtisodiyoti” va “jahon sug’urta iqtisodiyoti” tushunchalari ishlatiladi.
Iqtisodiyot hamda zamonaviy iqtisodiyot nazariyasi nuqtai nazaridan sug’urta bozorini xaridorlar – sug’urtalanuvchilarning sug’urta xizmatlariga bo’lgan talablari va sotuvchilar – sug’urta tashkilotlarining sug’urta himoyasi bo’yicha takliflari nisbati bilan boshqariladigan iqtisodiy makon yoki tizim sifatida tasavvur etish mumkin. Sug’urta himoyasiga talab ikki bosh omil bilan: xo’jalik yurituvchi sub’yektning va alohida fuqaroning risk-menejmentining elementi sifatidagi sug’urtaga nisbatan bo’lgan talabi va shuningdek, sug’urtalovchilarning sug’urta xizmatini sotib olish orqali o’z talabini qondirishga imkon yaratadigan sotib olish layoqati bilan belgilanadi. Ijtimoiy qayta ishlab chiqarishga xos bo’lgan ehtimoldagi xavf sifatida xatar iqtisodiy munosabatlar yuksalishi bilan sug’urta xizmatlariga bo’lgan talabning kuchayishiga olib keladi. Ayni vaqtda davlat ijtimoiy sug’urta va ta’minot tizimi orqali taqdim etiladigan sug’urta himoyasining qisqarishi ham shuningdek, sug’urta xizmatlariga talabning oshishiga sabab bo’ladi.
Yüklə 12,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin