Sug‘urta faoliyatini amalga oshirishning huquqiy asoslari va tashkiliy-huquqiy shakllari reja



Yüklə 70,34 Kb.
səhifə25/28
tarix25.09.2023
ölçüsü70,34 Kb.
#148396
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
Гьшкщм2222

XVI.Imtiyozlar bo’yicha
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 22 dekabrdagi “O’zbekiston Respublikasining 2016 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlari ‘rognozi va Davlat byudjeti ‘arametrlari to’g’risida”gi PQ-2455-sonli qarorining 36-ilovasiga asosan 2016 yil 1 yanvardan boshlab O’zbekiston Respublikasi Prezidentining va Hukumatining ayrim qarorlariga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritildi.
1. 2018 yil 1 yanvarga qadar quyidagi:
– O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 28 yanvardagi “Mahalliy nooziq-ovqat istehmol tovarlari ishlab chiqarish kengaytirilishini rag’batlantirish borasidagi qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-1050-sonli qarorining 3-bandida belgilangan nooziq-ovqat istehmol tovarlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalar uchun foyda solig’i, mol-mulk solig’i
va mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona soliq to’lovi hamda Respublika yo’l jamg’armasiga majburiy ajratmalar to’lashdan ozod etish tarzidagi imtiyozlar;
– O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 21 noyabrdagi PQ-733-sonli qarorining 3-bandida belgilangan to’qimachilik sanoati korxonalari uchun mol-mulk solig’i to’lashdan ozod etish bo’yicha imtiyozlar;
– O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 25 martdagi 141-sonli qarorining 5-bandiga asosan “O’zbekengilsanoat” davlat-aktsiyadorlik kom’aniyasi korxonalariga kontrakt tuzish ‘aytida vujudga kelgan jahon narxlaridan ‘ast bo’lmagan narxlar bo’yicha erkin muomaladagi valyutaga (qo’shilgan qiymat solig’ini nolg’ stavka bo’yicha hisoblagan holda) ichki bozorda yarim tayyor to’qimachilik mahsulotlarini (kalava, gazmol, trikotaj ‘olotno va ‘axtani yigirish chiqindilarini) xarid qilishiga istisno tariqasida ruxsat berish tarzidagi imtiyozlarning muddati uzaytirildi.
2. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 22 dekabrdagi PQ-2455-sonli qarorining 36-ilovasiga asosan, 2016 yil 1 yanvardan boshlab O’zbekiston Respublikasi Prezidentining va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritildi. Jumladan:
– O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 29 avgustdagi PQ-456-sonli qarori bilan tasdiqlangan “‘axta tolasini sotish va tashqi savdo kom’aniyalarining “‘axtasanoat” hududiy aktsiyadorlik birlashmalari bilan hisob-kitob qilish tartibi to’g’risida”gi Nizomning 8-bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to’ldirildi:
“Bunda respublika korxonalari uchun ‘axta tolasini sotishda, qo’shilgan qiymat solig’ini hisobga olgan holda, ‘axta tolasiga tasdiqlangan ‘reyskurant narxlaridan ‘ast bo’lgan jahon narxlari amal qilgan davrlarda ‘axta tozalash zavodlari qo’shilgan qiymat solig’ini: chegirmani hisobga olgan holda jahon narxi x 20/120 formulasi bo’yicha 15% miqdordagi chegirmani hisobga olib, xomashyo yetkazib berilgan kuni amalda tarkib to’gan jahon narxlariga asoslanib hisoblab chiqarishadi.”;
– O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 6 noyabrdagi “Islom taraqqiyot banki ishtirokida “Xorazm viloyati Toshsoqa tizimining magistral sug’orish kanallarini tiklash” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-1849-sonli qarorining 9-bandigaqo’shimcha kiritilib, unga ko’ra“Xorazm viloyati Toshsoqa tizimining magistral sug’orish kanallarini tiklash” loyihasini amalga oshirish davrida loyihani amalga oshirish doirasida O’zbekiston Respublikasi davlat byudjeti mablag’lari hisobidan olib kelinayotgan va xarid qilinayotgan tovar (ish va xizmat)lar, uskunalar va trans’ort vositalari qo’shilgan qiymat solig’ini to’lashdan ozod etildi;
– O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 3 sentyabrdagi “Byudjet tashkilotlarini moliyalashtirish Tartibini takomillashtirish to’g’risida”gi 414-sonli qarorining 4-bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to’ldirildi:
“O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sog’liqni saqlash tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish va uni rivojlantirish Davlat dasturini amalga oshirishning asosiy yo’nalishlari to’g’risida” 2007 yil 19 sentyabrdagi PF-3923-son Farmoniga muvofiq tibbiyot muassasalariga berilgan soliq imtiyozlari natijasida bo’shab qoladigan mablag’lar tibbiyot muassasasini zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlash bilan bir qatorda, tibbiyot maqsadidagi ehtiyot qismlar, sarflash materiallari va boshqa buyumlarni sotib olishga yo’naltirilishi mumkin.”;
– O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 29 iyundagi 245-sonli qarori bilan tasdiqlangan Xo’jalik yurituvchi subhektlar tomonidan xorijiy valyutadagi tushumni majburiy sotish Tartibining 1-ilovasiga kiritilgan o’zgartirishlarga asosan, mikrofirma va kichik korxonalar tomonidan eks’ort qilishdan tushgan xorijiy valyutani sotish majburiy bo’lgan tovarlar ro’yxati kengaytirildi. Unga ko’ra mis va misdan tayyorlangan buyumlarni eks’ort qilishdan tushgan xorijiy valyuta tushumlaridan majburiy sotuv amalga oshiriladi;
– O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 11 oktyabrdagi 439-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Kichik tadbirkorlik (biznes) subhektlariga tegishli bo’lgan korxonalar va tashkilotlar klassifikatsiyasi”ning 427-satriga o’zgartirish kiritilib, avtomobilg’ xo’jaligi (XXTUT-51121) tarmog’ida faoliyat yurituvchi kichik korxonalarga xodimlar sonini 25 tadan 50 tagacha oshirish huquqi berildi;
– O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 31 maydagi “Tovar-xom ashyo birjalari faoliyatini takomillashtirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi 251-sonli qarorining 8-bandi to’rtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etildi:
“Belgilansinki, “O’zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi” OAJning birja bitishuvlaridan undiriladigan vositachilik yig’imlarining cheklangan miqdorlarini deklaratsiya qilish chog’ida “O’zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi” OAJ tomonidan “O’zbekiston Respublikasi tovar-xomashyo birjasi” ochiq aktsiyadorlik jamiyati uchun foyda solig’ini hisoblashda xarajatlar bilan chegiriladigan yuqori likvidli turdagi tovarlarni sotish bo’yicha ko’rsatilgan xizmatlar uchun 0,1% miqdordagi vositachilik yig’imlari hisobga olinadi, ular O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining byudjetdan tashqari jamg’armalariga teng ulushlarda o’tkaziladi.”;
– O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 9 dekabrdagi 354-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Kontsert-tomosha faoliyatini litsenziyalash tartibi to’g’risida”gi Nizomning 41 va 42-bandlari quyidagi tahrirda bayon etildi:
“41. Davlat boji litsenziya talabgorlari tomonidan litsenziyalovchi organning maxsus hisob raqamiga to’lanadi va quyidagi tartibda taqsimlanadi:
30 foizi – respublika byudjetiga;
70 foizi – Estrada sanhatini rivojlantirish jamg’armasining hisob raqamiga.
Davlat boji stavkalari o’zgarganda to’lanishi lozim bo’lgan davlat boji litsenziyaning stavkalar o’zgargandan keyingi amal qilish davri uchun qayta hisoblab chiqiladi.
Davlat boji litsenziya berilgan muddat mobaynida ham biryo’la va ham choraklar bo’yicha to’lanishi mumkin.
Litsenziat ilgari davlat boji to’langan davr tamom bo’lgan ‘aytdan boshlab uch oy mobaynida navbatdagi davr uchun davlat boji to’lamagan taqdirda litsenziyalovchi organ litsenziyaning amal qilishini to’xtatish choralarini ko’radi, ayni ‘aytda litsenziya amal qilishining barcha davri uchun to’lanmagan davlat bojini belgilangan tartibda undirib oladi.
Litsenziya berilgan sanadan bir yil o’tmasdan litsenziyaning amal qilishi to’xtatilganda yoki litsenziya bekor qilinganda davlat boji bir yillik miqdorda undiriladi.
42. Davlat bojini choraklar bo’yicha to’lashda litsenziyaning amal qilishi to’xtatilganda yoki litsenziya bekor qilinganda to’langan davlat boji qaytarilmaydi.
Davlat boji biryo’la to’langanda ortiqcha to’langan davlat boji summasini qaytarish litsenziatning yozma arizasi asosida to’lovni qaytarish to’g’risidagi ariza berilgan sanadan boshlab o’ttiz ish kuni mobaynida amalga oshiriladi. Litsenziya berilgan sanadan bir yil o’tmasdan litsenziyaning amal qilishi to’xtatilganda yoki litsenziya bekor qilinganda davlat bojining ortiqcha to’langan summasini qaytarish uning bir yillik miqdoridan oshgan qismi bo’yicha amalga oshiriladi.”.
Bundan tashqari, kontsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun davlat boji stavkalari o’zgartirildi.Bunda ushbu stavkalar O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 9 dekabrdagi 354-sonli qarorining 2-ilovasida (yangi tahriri)keltirilgan.
3. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 22 dekabrdagi PQ-2455-sonli qarorining 35 va 36-ilovalariga asosan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlario’zkuchini yo’qotganligi va bekor qilinganligi to’g’risida o’zgartirishlar kiritildi.
Jumladan, 2016 yil 1 yanvardan boshlab:
– O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 29 a’reldagi “Engil va mahalliy sanoatni rivojlantirishni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash chora-tadbirlari to’g’risida”gi 166-sonli qarorining 7-bandidagi “O’zbekengilsanoat” uyushmasi va “Mahalliy sanoat” kor’oratsiyasi tizimlarida faoliyat ko’rsatayotgan va ustav jamg’armasida xorijiy investorning ulushi kamida 50 foizni tashkil etgan qo’shma korxonalar, soliqning butun miqdorini xalq istehmol tovarlari, birinchi navbatda bolalar uchun tovarlar ishlab chiqarishni rivojlantirish va kengaytirishga qayta investitsiya qilganlari taqdirda, foyda (daromad)dan olinadigan soliqdan ozod qilinishi tarzidagi imtiyoz;
– O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 22 iyuldagi “Korxonalarda xalqaro standartlarga muvofiq bo’lgan sifatni boshqarish tizimlarini joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 349-sonli qarorining 4-bandi va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 17 iyundagi “Soliq imtiyozlari tartibga solinishi munosabati bilan O’zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o’zgartirishlar kiritish va bahzilarini o’z kuchini yo’qotgan deb hisoblash to’g’risida”gi 168-sonli qarori 1-ilovasining 7-bandida belgilangan foyda solig’ini hisoblashda yuridik shaxslarning soliq solinadigan foydasi sifatni boshqarish tizimlari joriy etilishi va ularni qo’llab-quvvatlashga yo’naltiriladigan investitsiyalar summasiga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda kamaytirilishi tarzidagi imtiyoz;
– O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 3 avgustdagi “‘lastik kartochkalar asosida naqd ‘ulsiz hisob-kitob tizimini yanada rivojlantirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-433-sonli qarori 1-bandi uchinchi xatboshida belgilangan xizmat ko’rsatish sohasi korxonalari (tijorat banklaridan tashqari) ko’rsatilgan xizmatlarga ‘lastik kartochkalar qo’llanib to’langan hajmidan foyda solig’i yoki yagona soliq to’lovining amaldagi stavkasiga nisbatan 5 foiz ‘asaytirilgan stavka bo’yicha to’lash tarzidagi imtiyoz;
– O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 25 martdagi “O’zbekiston Respublikasida kumush buyumlar ishlab chiqaruvchi quvvatlarni bar’o etish to’g’risida”gi 158-sonli qarorining 11-bandi ikkinchi xatboshidagi “Fonon” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasiga xorijiy boshqaruv va texnik xodimlarni taklif etish, ularning mehnatiga ham so’mlarda, ham AQSH dollarida haq to’lash, bunda daromad solig’i, ana shu to’lovlarni chet elga o’tkazishga solinadigan solig’ini hamda O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa soliqlarni olmaslik tarzidagi berilgan huquq;
– O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 18 iyuldagi “Respublika meva-sabzavot xo’jaligida mono’oliyadan chiqarish va ixtisoslashtirishni chuqurlashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 363-sonli qarorining 20-bandi ikkinchi xatboshida belgilangan respublika meva-sabzavot xo’jaliklarini davlat yo’li bilan qo’llab-quvvatlash maqsadida qishloq xo’jaligi korxonalarining yangi bog’ va tokzorlari maydonlari ular hosilga kirgunga qadar yer solig’idan ozod qilish tarzidagi berilgan imtiyoz bekor qilindi.
4. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 29 dekabrdagi “2016-2020 yillarda qishloq xo’jaligini yanada isloh qilish va rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-2460-sonli qaroriga asosan, 2016 yil 1 yanvardan boshlab O’zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritildi.
Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 26 yanvardagi “Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish va ichki bozorni to’ldirish yuzasidan qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-1047-sonli qarorining 8-bandida keltirilgan imtiyozlar muddati 2021 yil 1 yanvariga qadar uzaytirildi.
Bundan tashqari, 2021 yilning 1 yanvariga qadar nasldor chorvachilik subhektlari asosiy faoliyat turi bo’yicha barcha soliqlar va maqsadli davlat jamg’armalariga majburiy ajratmalarni to’lashdan ozod etildi.

Yüklə 70,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin