Sug‘urta faoliyatini amalga oshirishning huquqiy asoslari va tashkiliy-huquqiy shakllari reja



Yüklə 70,34 Kb.
səhifə26/28
tarix25.09.2023
ölçüsü70,34 Kb.
#148396
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
Гьшкщм2222

O’zbekiston Respublikasining 2015 yil 29 dekabrdagi “O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida”gi O’RQ-396-sonli Qonuni bilan 28 ta O’zbekiston Respublikasi Qonun (shu jumladan 1 ta konstitutsiyaviy qonun)lariga hamda 6 ta kodekslariga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritildi.
Jumladan, 1995 yil 21 dekabrda qabul qilingan «O’zbekiston Respublikasining Markaziy banki to’g’risida»gi 154–I-sonli qonunining 4 ta moddasiga valyuta birjalari faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan tegishli to’ldirish va o’zgartishlar kiritildi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 24 a’reldagi “Aktsiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy kor’orativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-4720-sonli Farmonidan kelib chiqib, qonunchilikni muvofiqlashtirish maqsadida O’zbekiston Respublikasining 1996 yil 26 a’relda qabul qilingan «Aktsiyadorlik jamiyatlari va aktsiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to’g’risida»gi 223–I-sonli Qonunining 8 ta moddasiga o’zgartish va qo’shimchalar kiritildi.
SHuningdek yuqorida qayd etilgan Prezident farmonidan kelib chiqib, qonunchilikni muvofiqlashtirish maqsadida O’zbekiston Respublikasining 1996 yil 30 avgustda qabul qilingan «Buxgalteriya hisobi to’g’risida»gi 279–I-sonli Qonuni 20-moddasining ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etiladigan bo’ldi:
«Aktsiyadorlik jamiyatlari, shuningdek sug’urta tashkilotlari, banklar va boshqa moliya tashkilotlari har yilgi moliyaviy hisobotni aktsiyadorlarning yoki buxgalteriya hisobi subhektining boshqa yuqori boshqaruv organining yillik umumiy yig’ilishi o’tkaziladigan sanadan kamida ikki hafta oldin ijobiy auditorlik xulosasi bilan birga ehlon qilishi shart».
O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 179-moddasi 34-band bilan to’ldirilib, unga ko’ra aktsiyadorlik jamiyatlari chet ellik xodimlarining boshqaruv xodimi sifatida o’z faoliyatidan olgan daromadlari jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i bo’yicha soliq solinmaydigan daromadlar tarkibiga kiritildi.
Soliq kodeksining 308-moddasining ikkinchi qismi to’rtinchi xatboshi bilan to’ldirilib, aktsiyadorlik jamiyatlarining boshqaruv xodimlari sifatida jalb qilingan chet ellik xodimlarining mehnatga haq to’lash tarzidagi daromadlariga nisbatan yagona ijtimoiy to’lov hisoblanmasligi belgilandi.
Aktsiyadorlarga davlat bojini to’lash muddatining kechiktirilishi yuzasidan Soliq kodeksining 337-moddasi quyidagi mazmundagi yigirma yettinchiqism bilan to’ldirildi:
“Aktsiyadorlar aktsiyadorlik jamiyatining faoliyatidan kelib chiqadigan nizolar bo’yicha o’z huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilganligi to’g’risidagi dahvo bilan xo’jalik sudiga murojaat qilgan taqdirda aktsiyadorlarga davlat bojini to’lash muddati kechiktirilib, bu boj keyinchalik aybdor tarafdan undirib olinadi”.
O’zbekiston Respublikasining 2002 yil 5 a’relda qabul qilingan «Sug’urta faoliyati to’g’risida»gi 358–II-sonli Qonuni 10-moddasining uchinchi qismidagi «O’zagrosug’urta» davlat-aktsiyadorlik sug’urta kom’aniyasi, «Kafolat» davlat-aktsiyadorlik sug’urta kom’aniyasi» degan so’zlar «O’zagrosug’urta» aktsiyadorlik jamiyati, «Kafolat sug’urta kom’aniyasi» aktsiyadorlik jamiyati» degan so’zlar bilan almashtirildi.
O’zbekiston Respublikasining 1997 yil 29 avgustda qabul qilingan «Davlat soliq xizmati to’g’risida»gi 474–I-sonli Qonuniga quyidagi o’zgartishlar kiritildi:
1) 5-modda birinchi qismining 8-bandidagi «shuningdek soliq to’lovchi tomonidan soliq hisoboti va (yoki) moliyaviy hisobot taqdim etilmagan» degan so’zlar «shuningdek soliq to’lovchi tomonidan soliq hisoboti va (yoki) moliyaviy hisobot, kameral nazorat natijalari bo’yicha tafovutlarning asoslari yoxud aniqlashtirilgan soliq hisoboti belgilangan muddatda taqdim etilmagan» degan so’zlar bilan almashtirildi.
2) 7-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etiladigan bo’ldi:
«Davlat soliq xizmati organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, moliya organlari, banklar soliqlar bo’yicha huquqbuzarliklarga oid mavjud materiallar va huquqbuzarliklarning oldini olish yuzasidan ko’rilgan chora-tadbirlar, o’tkazilayotgan tekshiruvlar to’g’risida o’zaro kelishuv bo’yicha aniqlanadigan tartibda bir-birini xabardor qiladi, shu jumladan idoralararo elektron hamkorlik qilishdan foydalangan holda xabardor qiladi, shuningdek o’z zimmalariga yuklatilgan vazifalarni bajarish maqsadida boshqa axborotni almashishni amalga oshiradi».
O’zbekiston Respublikasining 2000 yil 25 mayda qabul qilingan «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to’g’risida»gi 69–II-sonli Qonuni (yangi tahriri)ning 34-moddasiga quyidagi qo’shimcha va o’zgartish kiritildi:
quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan to’ldirildi:
«Davlat organlariga, shu jumladan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga va boshqa tashkilotlarga, shuningdek ularning mansabdor shaxslariga:
bitimlar tuzish, foydani taqsimlash, ijroiya organi rahbarini va uning ahzolarini saylash (tayinlash) masalalari bo’yicha hamda tadbirkorlik faoliyati subhektlarining boshqaruv organlari vakolatiga taalluqli bo’lgan boshqa masalalar bo’yicha qarorlar qabul qilish, tadbirkorlik faoliyati subhektlariga ko’rsatmalar va boshqa farmoyishlar berish, bundan qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno;
tadbirkorlik faoliyati subhektlarining o’z vakolatlari doirasida tadbirkorlik tavakkalchiligi sharoitlarida qabul qilingan, zarar ko’rilishiga olib kelgan qarorlar uchun ularning boshqaruv organlari ahzolariga nisbatan javobgarlik choralarini ko’rish taqiqlanadi»;
O’zbekiston Respublikasining «Elektron hukumat to’g’risida» gi qonun qabul qilinishi munosabati bilan, qonunchilikni muvofiqlashtirish maqsadida 2000 yil 25 mayda qabul qilingan «Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to’g’risida»gi 71–II-sonli Qonunining 5 ta moddasiga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritildi.
O’zbekiston Respublikasining 2012 yil 20 dekabrda qabul qilingan «Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari to’g’risida»gi O’RQ–341-sonli Qonuninining 5 ta moddasiga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritildi.
O’zbekiston Respublikasining 2013 yil 26 dekabrda qabul qilingan O’RQ-360-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O’zbekiston Respublikasining Byudjet kodeksining jami 24 ta modda va 1 ta bobiga o’zgartishlar va qo’shimchalar kiritildi.
O’zbekiston Respublikasining 2015 yil 31 dekabrdagi «Soliq va byudjet siyosatining 2016 yilga mo’ljallangan asosiy yo’nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O’zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida»gi O’RQ-398-sonli Qonuni bilan O’zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga quyidagi o’zgartirish va qo’shimchalar kiritildi:
Jumladan, mazkur qonun bilan Soliq kodeksining 39 ta moddasiga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritildi. Asosan mazkur qonun bilan Soliq kodeksining tegishli moddalariga tahririy o’zgartirish va qo’shimchalar kiritildi.
2015 yil 29 dekabrda O’zbekistonda elektron hukumat sohasidagi munosabatlarni tartibga solish maqsadida O’zbekiston Respublikasining “Elektron hukumat to’g’risida”gi O’RQ-395-sonli qonuni qabul qilindi.
Mazkur qonunda elektron davlat xizmatlarining turlari belgilab qo’yilgan bo’lib, unga ko’ra elektron davlat xizmatlari axborot va interaktiv davlat xizmatlari tarzida bo’lishi mumkin.
“Elektron hukumat to’g’risida”gi qonunda elektron davlat xizmatlariga doir talablar qayd etilgan bo’lib, unga ko’ra axborot davlat xizmatlari to’liq va ishonchli axborotni o’z ichiga olishi kerak. Mazkur qonun, 10 yuyundan boshlab (yahni rasmiy ehlon qilingan kunidan ehtiboran olti oy o’tgach) kuchga kiradi.
Mamlakatimizni 2015 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasi majlisida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov “Bosh maqsadimiz – mavjud qiyinchiliklarga qaramasdan, olib borayotgan islohotlarni, iqtisodiyotimizda tarkibiy o’zgarishlarni izchil davom ettirish, xususiy mulkchilik, kichik biznes va tadbirkorlikka yanada keng yo’l ochib berish hisobidan oldinga yurishdir” mavzusida mahruza qildi.
Jahon banki «Biznes yuritish» reytingini ehlon qildi. Ana shu reytingda O’zbekiston faqat bir yilning o’zida 16 ‘og’onaga ko’tarilib, 87-o’rinni egalladi. SHuni alohida qayd etish kerakki, «yangi biznesni qo’llab-quvvatlash» deb ataladigan mezon bo’yicha mamlakatimiz ayni ‘aytda jahonda 42-o’rinni, tuzilgan shartnomalar ijrosini tahminlash bo’yicha 32-o’rinni, iqtisodiy nochor korxonalarga nisbatan qo’llanadigan bankrotlik tizimining samaradorligi bo’yicha 75-o’rinni egallab turibdi. «Kichik biznes subhektlariga kredit berish» deb nomlanadigan ko’rsatkich bo’yicha O’zbekiston so’nggi uch yilda 154-o’rindan 42-o’ringa ko’tarildi va o’tgan yilning o’zida reytingini 63 ‘ozitsiyaga yaxshiladi.
Jahon bankining mahruzasida O’zbekiston keyingi yillarda tadbirkorlik faoliyati uchun ishbilarmonlik muhitini yaxshilash sohasida eng yaxshi natijalarga erishgan dunyodagi o’nta davlat qatoridan joy olgani qayd etilgan.
Ana shu yo’nalishdagi islohotlar natijasida yal’i ichki mahsulotimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ulushi 2015 yilda 56,7 foizni tashkil etdi. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi hamon davom etayotganiga qaramasdan, hisobot yilida yal’i ichki mahsulot 8 foiz, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 8 foiz, qishloq xo’jaligi mahsulotlari qariyb 7 foiz, qurilish-montaj ishlari hajmi salkam 18 foizga oshdi.
Xalqaro miqyosda katta nufuzga ega bo’lgan Jahon iqtisodiy forumi reytingiga ko’ra, O’zbekiston 2014-2015 yillardagi rivojlanish yakunlari va 2016-2017 yillarda iqtisodiy o’sish ‘rognozlari bo’yicha dunyodagi eng tez rivojlanayotgan beshta mamlakat qatoridan joy olgani albatta barchamizga mamnuniyat yetkazadi.
Bundan tashqari, 2015 yilda mamlakatimiz Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo’jaligi tashkiloti (FAO)ga ahzo davlatlarning oziq-ovqat xavfsizligini tahminlash sohasida Mingyillik rivojlanish maqsadlariga erishgani uchun beriladigan mukofotiga sazovor bo’lgan 14 ta davlatdan biri sifatida ehtirof etildi.
2015 yilda iqtisodiyotimizni yuqori surhatlar bilan barqaror rivojlantirishga erishganimiz aholi daromadlarini yanada ko’’aytirish, odamlarimizning hayot darajasi va sifatini oshirish uchun mustahkam asos yaratdi.
Tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromadlar ulushi 2010 yildagi 47,1 foiz o’rniga 52 foizga o’sgani va bu Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi mamlakatlaridagi ko’rsatkichlardan sezilarli darajada yuqori.
Yurtimizdagi 10 foiz tahminlangan va 10 foiz yetarlicha tahminlanmagan aholi daromadlari o’rtasidagi farq, yahni «detsil koeffitsenti» deb nom olgan ko’rsatkich barqaror ‘asayish tendentsiyasiga ega bo’lib, bu raqam 2010 yildagi 8,5 foiz o’rniga 2015 yilda 7,7 foizni tashkil etdi. Daromadlar o’rtasidagi farqni ifoda etadigan yana bir xalqaro ko’rsatkich – Jini indeksi mamlakatimizda 2010 yildagi 0,390 o’rniga 2015 yilda 0,280 ni tashkil etdi va bu natija dunyoning ko’’lab iqtisodiy rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlariga qaraganda ancha ‘astdir. Aytish kerak – boshqalar havas qiladigan bunday natijalarga erishish albatta oson emas. Bu yo’lda bir yillik yoki besh yillik davr ham kamlik qiladi. Bunday maqsadlarga erishish uchun so’zda emas, amaliy harakatlarimiz bilan kundalik hayotimizni o’zgartirishimiz kerak.
Aholi daromadlarining ortishi natijasida ichki istehmol talabi kengaymoqda. CHakana savdo aylanmasi bir yilda 15 foizdan ziyod, ‘ullik xizmatlar hajmi esa 10,8 foizga o’sdi.
Jahon iqtisodiyotining rivojlanish jarayonlarini chuqur tahlil qilgan, o’zimizning resurs va imkoniyatlarimizni real baholagan holda, biz oldimizga aniq maqsadni – yahni, 2030 yilga borib mamlakatimizda yal’i ichki mahsulot hajmini kamida 2 barobar oshirish vazifasini qo’yishimiz uchun bugun, hech shubhasiz, barcha asoslarimiz bor.
2016 yilda yal’i ichki mahsulotning o’sish surhatlari 7,8 foizdan iborat bo’lishini tahminlash, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 8,2 foiz, qishloq xo’jaligida 6,1 foizga oshirish, chakana savdo aylanmasini 14 foiz, xizmatlar ko’rsatish hajmini 17,4 foizga ko’’aytirish vazifasi qo’yilmoqda. Inflyatsiya darajasini 5,5-6,5 foiz doirasida saqlab qolish, aholining real daromadlarini 9,5 foizga, o’rtacha ish haqi, ‘ensiya, sti’endiya va nafaqalarni, soliq imtiyozlarini inobatga olgan holda, 15 foizga oshirish ko’zda tutilmoqda.

Yüklə 70,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin