Sug‘urta faoliyatini amalga oshirishning huquqiy asoslari va tashkiliy-huquqiy shakllari reja


Sug’urtachilar uchun ustav kapitalining eng oz



Yüklə 70,34 Kb.
səhifə3/28
tarix25.09.2023
ölçüsü70,34 Kb.
#148396
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
Гьшкщм2222

Sug’urtachilar uchun ustav kapitalining eng oz
MIQDORLARI (ekvivalenti ming yevro)

Sug’urta faoliyati turlari

2012 yil 1 iyuldan

2014 yil 1 iyuldan

Umumiy sug’urta sohasida

1 125,0

1 500,0

Hayotni sug’urtalash sohasida

1 500,0

2 000,0

Majburiy sug’urtalash bo’yicha

2 250,0

3 000,0

Faqat qayta sug’urtalash bo’yicha

5 000,0

6 000,0

Хizmat ko‘rsatish sohasini jadal rivojlantirish, avvalam bor qishloq joylarda ko‘rsatilayotgan xizmatlarning turini kengaytirish hamda sifatini yaxshilash va buning asnosida mamlakat iqtisodiyotini barqaror va shiddatli rivojlantirishda, aholining bandligini ta’minlash, daromadini ko‘paytirish va farovonligini yuksaltirishda xizmat ko‘rsatish sohasining roli hamda ahamiyatini oshirish maqsadida 2012 yil 10 mayda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2012-2016 yillarda O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatish sohasining rivojlantirish Dasturi to‘g‘risida»gi PQ-1754-sonli Qarori qabul qilindi. 2012 yil 15 mayda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi PQ-1756-sonli Qarori, 2012 yil 16 iyulda «Statistik, soliq, moliyaviy hisobotlarni, litsenziyalanadigan faoliyat turlarini va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-4453-sonli, 2012 yil 18 iyulda «Ishbilarmonlik muhitini yanada tubdan yaxshilash va tadbirkorlikka yanada keng erkinlik berish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-4455-sonli, 2014 yil 7 aprelda “O‘zbekiston Respublikasida investitsiya iqlimi va ishbilarmonlik muhitini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PF-4609-sonli, 2015 yil 15 mayda “Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta’minlash, ularni jadal rivojlantirish yo’lidagi to’siqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-4725-sonli, 2015 yil 24 aprelda “Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chara-tadbirlari to’g’risida”gi PF-4720-sonli Farmonlari hamda 2015 yil 28 aprelda “Iqtisodiyotda xususiy mulkning ulushi va ahamiyatini oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-2340-sonli, 2014 yil 15 aprelda “Tadbirkorlik faoliyatini amalgam oshirish va davlat xizmatlarini ko‘rsatish bilan bog‘liq tartibotlarni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2164-sonli Qarorlari e’lon qilindi.
Shuningdek, 2015 yil 20 avgustda O’zbekiston Respublikasining “O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga xususiy mulkni, tadbirkorlik sub’yektlarini ishonchli himoya qilishni yanada kuchaytirishga, ularni jadal rivojlantirish yo’lidagi to’siqlarni bartaraf etishga qaratilgan o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida”gi O’RQ-391-sonli Qonuni qabul qilindi.
Mazkur Qonun O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 15 maydagi «Хususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta’minlash, ularni jadal rivojlantirish yo’lidagi to’siqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari to’g’risida»gi PF-4725-sonli Farmoniga asosan xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta’minlash, xususiy tadbirkorlikni (o’z navbatida sug’urta bozorida faoliyat ko’rsatayotgan sug‘urtalovchi va sug‘urta brokerlik kompaniyalarini ham) rivojlantirish yo’lidagi ortiqcha byurokratik to’siq va g’ovlarni bartaraf etish borasida belgilab berilgan yangi me’yorlarning huquqiy asoslarini ta’minlash maqsadida qabul qilindi.
1. Qonuniy tadbirkorlik faoliyatiga to’sqinlik qilganlik, xususiy mulkdorlar huquqlarini buzganlik uchun nazorat, huquqni muhofaza qilish va boshqa davlat organlari mansabdor shaxslariniig javobgarligini kuchaytirish maqsadida:

Yüklə 70,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin