Sug‘urta faoliyatini amalga oshirishning huquqiy asoslari va tas
1926-modda. Imtiyozlar va preferensiyalarni qo’llashni g’ayriqonuniy ravishda rad etish, qo’llamaslik yoki qo’llashga to’sqinlik qilish Tadbirkorlik sub’ektlariga berilgan imtiyozlar va preferensiyalarni qo’llashni g’ayriqonuniy ravishda rad etish, qo’llamaslik yoki qo’llashga to’sqinlik qilish, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo’llanilganidan keyin sodir etilgan bo’lsa, – eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan ikki yuz baravarigachamiqdorda jarima yoki ikki yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
O’sha harakatlar:
a) juda ko’p miqdorda zarar yetkazgan holda;
b) uyushgan guruh manfaatlarini ko’zlab sodir etilgan bo’lsa, –
eng kam oylik ish haqining ikki yuz baravaridan besh yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum qilib, bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
1928-modda. Tadbirkorlik sub’ektlarining hisobvaraqlarida pul mablag’lari mavjudligi to’g’risidagi axborotni qonunga xilof ravishda talab qilib olish Qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan hollarda tadbirkorlik sub’ektlarining hisobvaraqlarida pul mablag’lari mavjudligi to’g’risidagi axborotni talab qilib olish, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo’llanilganidan keyin sodir etilgan bo’lsa, – eng kam oylik ish haqining bir yuz ellik baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
1.3. Shuningdek, Jinoyat kodeksining 184-moddasi to’rtinchi qism bilan to’ldirilib, unga ko’ra birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxs, agar u soliq tekshiruvi materiallarini ko’rib chiqish natijalari bo’yicha davlat soliq xizmati organining qarorini olgan kundan e’tiboran o’ttiz kun ichida soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar, shu jumladan penyalar va boshqa moliyaviy sanksiyalar tarzida davlatga yetkazilgan zararning o’rnini to’liq qoplasa, javobgarlikdan ozod qilinishi belilandi.