Sug’urta fondlarini tashkil etish va ularning shakllanishi


Sug’urta fondlaridagi mablag’larning ishlatilishi



Yüklə 16,7 Kb.
səhifə3/4
tarix28.01.2022
ölçüsü16,7 Kb.
#51708
1   2   3   4
Hujjat (5)

2. Sug’urta fondlaridagi mablag’larning ishlatilishi.

Sug’urta fondlaridagi mablag’larning ishlatilishi deganda sug‘urtalovchining amalda sarflayotgan xarajatlari tushuniladi. Chunki, sug‘urtalovchining amalda sarflayotgan xarajatlari sug‘urta fondini taqsimlash jarayonida shakllanadi. Xarajatlar tarkibi va strukturasini ikki o‘zaro bog‘liq iqtisodiy jarayonlar: sug‘urtalanuvchilar oldidagi majburiyatlarni qoplash va sug‘urta tashkiloti faoliyatini moliyalashtirish aniqlab beradi.

Shundan kelib chiqib, sug‘urta ishida xarajatlarni quyidagicha turkumlash qabul qilingan: sug‘urta qoplamalari va sug‘urta summalarini to‘lash xarajatlari; zahira va rezerv fondlariga ajratmalar; oldini olish tadbirlariga ajratmalar; ish yuritish xarajatlari.

O‘z salmog‘i va ijtimoiy-iqtisodiy mazmundagi ahamiyati bo‘yicha sug‘urtalovchi xarajatlarining asosiy moddasini sug‘urta qoplamalari va sug‘urta summalarini to‘lash xarajatlari tashkil qiladi. To‘lov paytida sug‘urtalovchining sug‘urtalanuvchi oldida shartnoma tuzish paytida olgan yoki qonun asosidagi (majburiy sug‘urta bo‘yicha) majburiyatlarini bajarilishi ro‘y beradi.

Zahira fondlari yoki badal rezervlariga ajratmalar sug‘urta ishidagi kelasi davr xarajatlarining o‘ziga xos bir variantini bildiradi. Ular sug‘urta qoplamalari va sug‘urta summalarining me’yoriy va haqiqatdagi kattaliklari o‘rtasidagi farq sifatida aniqlanadi.

Sug‘urtalanuvchi xarajatlarining boshqa elementlari singari oldini olish tadbirlariga ajratmalar ham tarif stakasi tuzilishida me’yorlashtirilgan. Davlat sug‘urta boshqarmasi amal qilgan davrlarda oldini olish tadbirlarini moliyalashtirishga mo‘ljallangan mablag‘lar budjetga yo‘naltirilgan. Endi bu mablag‘lar sug‘urta tashkilotlarining o‘zlarida bo‘lmoqda.

Sug‘urta ishida ish yuritish xarajatlari muhim rol o‘ynaydi. Ular sug‘urtalovchilar faoliyatini moliyalashtirishga yo‘naltirilgan bo‘lib, brutto-stavkaning yuklamasiga kiritiladi va sug‘urta operatsiyalari tannarxining muhim elementi hisoblanadi. O‘z tarkibiga mehnatga haq to‘lash xarajatlari, xo‘jalik va idora xarajatlari, xizmat safarlari va ba’zi boshqa xarajatlarni oladi.

Jahon amaliyotida ish yuritish xarajatlari akvizitsion, inkassa, bartaraf (likvidatsiya) qilish va boshqaruv xarajatlariga bo‘linadi.

Akvizitsion xarajatlar yangi sug‘urta shartnomalarini tuzish maqsadida amalga oshiriladi. Ularga akvizitsion komissiya, tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish va boshqa xarajatlar kiradi. Akvizitsion xarajatlar yangi sug‘urta turlari joriy qilinib qo‘llanilayotganda tez o‘sib boradi.

Inkassa xarajatlari – bu sug‘urta tashkiloti xodimlarining sug‘urta to‘lovlari yig‘ganlik va sug‘urtalanuvchilarga xizmat ko‘rsatganliklari uchun mehnatiga haq to‘lash xarajatlari. Inkassa xarajatlari brutto-stavkadan komission tamoyillarda foizlar bo‘yicha hisoblanadi.

Bartaraf (likvidatsiya) qilish xarajatlari odatda bevosita xarajat hisoblanadi va sug‘urta hodisasi ro‘y bergandan so‘ng amalga oshiriladi. Boshqa bevosita xarajatlar singari ular konkret sug‘urta turiga tegishli bo‘ladi. Bunday xarajatlar tarkibiga mazkur holat bilan bog‘liq bartaraf qiluvchi va ekspertni sug‘urta hodisasi ro‘y bergan joyga borish-kelish yo‘l xarajatlari, ekspertlarni rag‘batlantirish xarajatlari, sud xarajatlari va boshqalar kiradi.

Boshqaruv xarajatlari o‘z tarkibiga sug‘urta tashkilotining ma’muriy-boshqaruv xodimlari mehnatiga haq to‘lash xarajatlari, ma’muriy-xo‘jalik xarajatlari va sug‘urtani rivojlantirish xarajatlarini oladi.




Yüklə 16,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin