sug‘urta (qayta sug‘urta) sohasidagi mutaxassislar malakasini oshirish bilan bog‘liq faoliyatni amalga oshirishga;
sug‘urtalovchi tomonidan amalga oshiriladigan sug‘urta turlariga doir qoidalarni (shartlarni) ishlab chiqishga va tasdiqlashga;
sug‘urta agentlari, sug‘urta va qayta sug‘urta brokerlari hamda sug‘urta bozorining boshqa professional ishtirokchilari bilan tegishli shartnomalar tuzishga;
chet el sug‘urtalovchilariga syurveyer va adjaster xizmatlari ko‘rsatishga;
ilgari sug‘urtalovchi tomonidan o‘z ehtiyojlari uchun olingan yoki sug‘urta shartnomasini amalga oshirish natijasida o‘z ixtiyoriga o‘tgan mol-mulkni realizatsiya qilishga yoki ijaraga berishga;
O‘zbekiston Respublikasining reyting tashkilotlari va xorijiy reyting tashkilotlaridan axborot olishga;
o‘zining alohida bo‘linmalarini tashkil etishga haqli.
Sug‘urtalovchi:
sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga rioya etishi;
sug‘urta faoliyatini amalga oshirish chog‘ida olingan axborotning maxfiyligini qonunchilik talablariga muvofiq ta’minlashi;
o‘zi vakolat bergan sug‘urta agentlarining reyestrini yuritishi;
qonunchilikda belgilangan axborotni vakolatli davlat organining talabiga binoan taqdim etishi;
sug‘urta zaxiralarini qonunchilikda belgilanadigan tartibda va shartlarda shakllantirishi hamda joylashtirishi;
har yili majburiy auditorlik tekshiruvidan o‘tishi;
vakolatli davlat organi tomonidan belgilangan tartibda bir yilda kamida bir marta aktuar tashkilotni aktuar xizmatlar ko‘rsatish uchun jalb etishi;
vakolatli davlat organi tomonidan belgilangan shaklda, tartibda va muddatlarda yillik moliyaviy hisobotni e’lon qilishi;
buxgalteriya hisobini yuritishi, moliyaviy, statistika, soliq hisobotlarini va boshqa hisobotlarni tuzishi shart.
Sug‘urta va qayta sug‘urta brokerlari quyidagi huquqlarga ega: sug‘urtaning (qayta sug‘urta qilishning) har qanday turi bo‘yicha vakolatlar doirasida vositachilik faoliyatini amalga oshirish; sug‘urta (qayta sug‘urta qilish) shartnomasi tuzilgan taqdirda, sug‘urtalovchini tanlash;