Sug\'urta kompaniyalarida marketing xizmatini tashkil etish yo\'llari
Sug'urta kompaniyalarida marketing xizmatini tashkil etish yo'llari
Kirish 2
Sug‘urta kompaniyalarida marketing faoliyatini rivojlantirishning o’ziga xos xususiyatlari 4
Sug‘urta kompaniyalarida marketing faoliyatini tashkil etish va uni rivojlantirishdagi xorijiy mamlakatlar tajribasi 11
Sug‘urta korxonalarida marketing faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish 20
Sug'urta kompaniyalarida marketing xizmatini “Kapital Sugʻurta” AJ misolida. 23
Xulosa 30
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 33
KIRISh Mavzuning dolzarbligi. O‘zbekistonda mustaqillikning dastlabgi yillaridan boshlab amalga oshirilgan institutsional isloxatlar jarayonida bozor iqtisodiyoti munosabatlari tamoyillariga mos sug‘urtalash tizimi shakllandi. Nisbatan qisqa davrda iqtisodiyotning sug‘urta soxasida faoliyat yuritishni tartibga solish va boshqarish uchun zarur bo‘lgan qonunchilik asoslari hamda tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlar barpo etildi. Natijada so‘nggi yillarda mamlatimizda iqtisodiyotining sug‘urta sektorida barqaror o‘sish sur'atlari kuzatilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevta'kidlaganidek, Mamlakatimizda sug‘urta bozorini har tomonlama rivojlantirish, bu bozor qatnashchilari faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish, halqaro bozorga integratsiya jarayonini tezlashtirishga qaratilgan me'yoriy-huquqiy bazani shakllantirish va takomillashtirish bo‘yicha keng qo‘lamli ishlar olib borilmoqda. Sug‘urta bozorida raqobat faollashishi natijasida jahon standartlariga mos sug‘urta turlari ishlab chiqilib, xizmat ko‘rsatish sifati yuqori darajaga ko‘tarilmoqda. Sug‘urta bozori infratuzilmasi ham rivojlanib, yildan-yilga uning professional ishtirokchilari soni ortib bormoqda.
Ushbu soxaga xususiy kapital kirib kelishini ta'minlash asosiy vazifalardan biridir. Bu o‘rinda eslatib o‘tish kerakki, mamlakatimiz Prezidenti Sh.Mirziyoyev ta'kidlaganlaridek: «...jahon moliyaviy - iqtisodiy inkirozi davrida mamlakatimiz moliya-bank tizimi o‘zining barqaror va ishonchli ekanini isbotladi. Shu bilan birga bu tizimning yanada mustaxkamlanishi xususiy banklar va xususiy mulkka asoslangan lizing, sug‘urta kompaniyalari, kredit uyushmalari, mikromoliyaviy tashkilotlar kabi moliyaviy institutlarni tashkil etishning qonunchilik asoslarini shaklantirish hisobidan bank-moliya soxasiga xususiy kapitalni jalb qilish bilan ham bog‘liq»1. Sug‘urta kompaniyalarida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish ham muhim masala hisoblanadi. Bozor munosabatlari sharoitida u marketing tamoyili asosida tashkil etiladi.
Samarali boshqarish tizimlari ichida marketing muhim to‘tadi. Hozirgi paytda chet eldagi barcha rivojlangan firmalar marketing tamoyillari asosida ish yuritishmokda. Marketing tizimi chet el kompaniyalarining bozorlarini egallashdagi kuchli vositasi bo‘lib, o‘zining samaradorligini amalda ko‘rsatmokda.
Hozirgi paytda sug‘urtada marketing shakllanmoqda, biroq uni rivojlantirish, va samaradorligini oshirish masalalari muammoli masalalardir. Bu muammo sug‘urta kompaniyalarini xo‘jalik faoliyatini samarali yuritish yo‘lida turgan asosiy nazariy va amaliy muammo hisoblanadi.