Sug'urta kompaniyalarida marketing xizmatini tashkil etish yo'llari Kirish


Sug‘urta kompaniyalarida marketing faoliyatini tashkil etish va uni rivojlantirishning xorijiy mamlakatlar tajribasi



Yüklə 50,96 Kb.
səhifə3/11
tarix08.02.2023
ölçüsü50,96 Kb.
#83406
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Sug\'urta kompaniyalarida marketing xizmatini tashkil etish yo\'llari

Sug‘urta kompaniyalarida marketing faoliyatini tashkil etish va uni rivojlantirishning xorijiy mamlakatlar tajribasi

Rivojlangan xorijiy mamlakatlar sug‘urta kompaniyalari faoliyatini tashkil etish amaliyotidan ma'lumki, marketingning bir qator yo‘nalishlari va funksiyalari turli sug‘urtalovchilar uchun umumiy bo‘lgan xoldir. Ularga sug‘urta kompaniyalarining bozor kon'yunkturasiga asoslanib ish yuritishlari, extiyoji qondirilmagan va potensial sug‘urtaga ishtiyoq sezganlarga mos keladigan sug‘urtaning yangi turlarini yaratishga e'tibor qaratish vazifalari taalluqdidir.
G‘arbiy yevropa mamlakatlari amaliyotida tan olingan sug‘urta menejmentining «4p» (4 miks), to‘rtta boshqaruv darajalaridan iborat:
Sug‘urtalovchilar - ularni ko‘payishi sug‘urta marketingining urinishlari maqsadi tushuniladi. Har qanday sug‘urta kompaniyasi bozor sharoitida uning sug‘urta xizmatlariga talab bo‘lgandagina mavjud bo‘ladi.
Sug‘urta xizmatlari muayyan sug‘urta kompaniyasining sug‘urta shartnomalarining turlari majmuasidan iborat.
Sug‘urta xizmati ko‘rsatish baxosi - aniq sug‘urta xizmatining turi bo‘yicha shartnoma tuzishda ishlatiladigan ta'rif miqdori. U sug‘urta tavakkalchiligi o‘lchamiga qiyoslanadi.
Bozor - muayyan sug‘urtalanuvchining sug‘urta xizmatini yuridik va jismoniy sotib olish imkoniyati. U sug‘urta servis infrastrukturasining rivojlanganligi, sug‘urtachining egiluvchan ish yuritish strategiyasi va boshqa omillarining mavjudligi bilan uzviy bog‘liq.
Rivojlangan xorijiy mamlakatlar sug‘urta kompaniyalarining bozordagi faoliyatida marketing tizimini qo‘llanish tajribasi -jarayon o‘z ichiga bir qator amallarni olishini ko‘rsatmoqda, ular ikkita asosiy vazifadan iborat:
-sug‘urta xizmatlariga talabni shakllantirish;
-sug‘urta manfaatlarini qanoatlantarish.
Sug‘urta xizmatlariga talabni shakllantirish muayyan sug‘urta kompaniyasining xizmatlariga mijozlarni, ya'ni bo‘lajak sug‘urtalanuvchilarni turli vosita va usullar yordamida jalb etish hisoblanadi. Marketing tizimining ikkinchi asosiy vazifasi sug‘urta manfaatlarini qanoatlantirishdan iborat. Ushbu vazifasini yukori darajada madaniyatli sug‘urta xizmati ko‘rsatash xizmatlariga, ya'ni talablarni vujudga keltiradi.
Sug‘urta kompaniyalari sug‘urta polislarini sotishni tashkil etishga, mijozlarga xizmat ko‘rsatishni yaxshilashga va imijini saqlab turishga ko‘p mablag‘lar sarflaydi. Marketing sug‘urta polislarini sotishda samarali tizimini tashkil etishni nazarda to‘tadi. Sug‘urta bozorida raqobatchilikning keskinlashuvi, sug‘urta polislarini sotish tom ma'noda sug‘urta manfaatlarini qondirishni aks etadi va sug‘urta xizmatlariga talab ta'minlaganligini tasdiqlaydi. Shuning uchun sug‘urta kompaniyalari aloxida tashkiliy va sug‘urta polislarini sotish tizimini jadallashtirishga e'tiborini qaratadi. Sug‘urta polislarini kompaniya tomonidan sotilishida sotuvni amalga oshiruvchi shaxobchalarning keng tizimi sotuvni amalga oshiruvchi kompaniyalarning xizmat ko‘rsatish xududlarida keng tarqalgan shaxobchalari tizimi orqali amalga oshiriladi. Sug‘urtachidan sug‘urtalanuvchilarga sug‘urta xizmatlarini siljitish borasidagi vazifalarni agentlar va brokerlar amalga oshiradi.
Sug‘urta agenti — sug‘urta kompaniyasi nomidan va topshiriqnomasiga asosan sug‘urta polislarini sotuvchi, sug‘urta mukofotini inkassalovchi, xujjatlarni rasmiylashtaruvchi, ba'zan sug‘urta qoplamasi to‘lovi kabi vazifalar bilan shug‘ullanuvchi jismoniy yoki yuridik shaxsdir. Sug‘urta agentlari, jismoniy shaxslar va sug‘urta kompaniyalari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlari aks ettirilgan shartnoma asosida tuziladi.
Rivojlangan xorijiy mamlakatlar sug‘urta kompaniyalari sug‘urta agentlarini ishga qabul qilishda nafakat sug‘urta soxasidagi bilimlariga balki ularga quyidagi: chiqishimli, turli soxa, yosh hamda sotsial toifadagi kishilar bilan bemalol so‘zlashuvchan, tashqi ko‘rinishini, nutq madaniyata, tez kirishuvchanlik, ya'ni xar qanday qo‘yilgan savolga tez va aniq javob berish, nomzodning moliyaviy holati to‘g‘risida e'tirozlarning yo‘qligi kabi talablarni ham ko‘yishadi. Asosiy sug‘urta agentlari tizimining afzalligi uning egiluvchan va harakatchanligidadir.
Halqaro sug‘urta bozorida mazkur sug‘urta kompaniyasining sug‘urta polislarini o‘z xududlarida erkin sotilishida qarshilik ko‘rsatgan davlatlar, asosiy sug‘urta agentliklarining o‘ziga xos xususiyatli tizimidan foydalanadi. Bu xolda mazkur davlataing biron-bir milliy sug‘urta kompaniyasi muayyan xorijiy mamlakat sug‘urtachining asosiy agenti etib tayinlanadi va o‘zining sotuv kanallari orqali sug‘urta polislari sotuvini amalga oshirishadi. Asosiy sug‘urta agentliklari tizimini qo‘llash davlatning proteksionizm siyosati (bu — o‘z milliy iqtisodiyotini chet el raqobatchilaridan himoya qilish)ni olib borida va milliy sug‘urta kompaniyalari manfaatlarini himoya qilish borasida chet el sug‘urta kompaniyalarining polislarini o‘z xududlarida sotilishiga man etishda qo‘l keladi.
O‘zbekiston sug‘urta kompaniyalarida xorijiy mamlakatlar tajribasini qo‘llagan holda marketing faoliyatini keng tashkil etish va rivojlantirish, ular faoliyati samaradorligi oshishiga olib keladi. Mamlakatimizda xizmat ko‘rsatish turlari, jumladan, sug‘urta xizmatlari bozori jadal rivojlanib bormoqda. O‘zbekiston Respublikasining 2012 yil 5 apreldagi "Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida"gi Qonuniga 2017 yilda kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar natijasida sug‘urta bozorining professional ishtirokchilari doirasi kengaytirildi. Bu esa, o‘z navbatida, fuqarolar va yuridik shaxslarga ko‘rsatiladigan sug‘urta xizmatlari ko‘lamining ortishiga sabab bo‘ldi. 
Qonunga kiritilgan o‘zgartishlarga ko‘ra, sug‘urta bozorining professional ishtirokchilari sug‘urtalovchi bilan bir qatorda sug‘urta vositachilari, adjasterlar, aktuariylar, sug‘urta syurveyerlari, shuningdek, assistans hisobiga kengaytirildi. BMTning 2014 yil 15 apreldagi "Xizmatlar savdosi bo‘yicha Bosh kelishuv"ida sug‘urta xizmatlari moliyaviy xizmatlar tizimiga kirishi, sug‘urta bozorida retrotsessiya tushunchasi bo‘lishi lozimligiga oid qoidalar belgilab qo‘yilgan. Ammo, xalqaro qoidalarning xorijiy davlatlar sug‘urta qonunchiligiga implementatsiya qilinishi holati, shuningdek, iqtisodchi va huquqshunos olimlarning Kurs ishilaridagi sug‘urta bozori professional ishtirokchilari va ular tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar tahlili bu borada turlicha yondashuvlar mavjudligini ko‘rsatmoqda.
Birinchidan, sug‘urta bozori professional ishtirokchilarining huquqiy maqomi xorijiy davlatlar qonunchiligida turlicha belgilangan. Mamlakatimiz milliy qonunchiligiga ko‘ra, sug‘urta bozorining professional ishtirokchilari tarkibiga sug‘urtalovchilar, sug‘urta vositachilari, adjasterlar, aktuariylar, sug‘urta syurve­yerlari, shuningdek, assistanslar kiradi. Belarusning 2013 yil 3 iyundagi "Sug‘urta to‘g‘risida"gi qonuniga muvofiq, sug‘urta bozorining professional ishtirokchilari deb sug‘urtalovchi, sug‘urta qildiruvchi va sug‘urta vositachilari (agent va broker) tan olingan bo‘lsa, Litvaning 2016 yil 10 iyuldagi "Sug‘urta to‘g‘risida"gi qonunida sug‘urta bozorining professional ishtirokchilari tarkibiga quyidagi sub'ektlar kirishi ko‘rsatib o‘tilgan: sug‘urtalovchi, sug‘urta qildiruvchi hamda sug‘urta vositachilari. Rossiya Federatsiyasining 2012 yil 25 apreldagi "Sug‘urta to‘g‘risida"gi qonuniga asosan bular sug‘urtalovchi, sug‘urta qildiruvchi, sug‘urta agenti, sug‘urta brokeri hamda sug‘urta aktuariysidir.
Ikkinchidan, sug‘urta bozorida professional xizmatlarni ko‘rsatuvchi har bir sub'ektning maqomi turlicha belgilangan. Jumladan, Belarusning "Sug‘urta to‘g‘risida"gi qonuniga muvofiq, sug‘urtalovchi — "Sug‘urta faoliyatini, shuningdek qonun bilan belgilanadigan boshqa faoliyatni amalga oshirish maqsadida tashkil etiladigan hamda ustav, zahira jamg‘armasi va umumiy summasi eng kam oylik ish haqining besh ming baravaridan kam bo‘lmagan, maxsus tashkil etilgan qayta sug‘urta qiluvchi tashkilotlar uchun esa o‘n besh ming baravaridan kam bo‘lmagan pul shaklidagi zahiraga ega bo‘lgan, ro‘yxatdan o‘tkazilgan va sug‘urta qilish yoki qayta sug‘urta qilishning muayyan turini amalga oshirish uchun litsenziya olgan davlat sug‘urta tashkilotlari, aksiyadorlik sug‘urta jamiyatlari, mas'uliyati cheklangan yoki qo‘shimcha mas'uliyatga ega jamiyatlardir"4. Rossiyaning "Sug‘urta to‘g‘risida"gi qonunida "sug‘urtalovchi — sug‘urtani, qayta sug‘urtani, ikki tomonlama (o‘zaro) sug‘urtani amalga oshirish maqsadida Rossiya Federatsiyasining qonun hujjatlariga muvofiq tashkil etilgan va belgilangan tartibda litsenziyaga ega bo‘lgan yuridik shaxs"5 deb ko‘rsatilgan. Bulardan tashqari, sug‘urta bozorining professional ishtirokchilari haqida bir qancha olimlar ham o‘z fikrini bayon etgan. Xususan, V.Galaganovning fikricha, "sug‘urtalovchi — qonunchilikka asosan sug‘urtalash, qayta sug‘urtalash, o‘zaro sug‘urtani amalga oshirish maqsadida tuzilgan va o‘rnatilgan tartibda litsenziya olgan yuridik shaxsdir. Sug‘urtachi sug‘urtani amalga oshirarkan, muayyan to‘lov hisobidan sug‘urtalanuvchi tavakkalchiligining moddiy oqibatlarini o‘z zimmasiga oladi va sug‘urta hodisasi yuz berganda sug‘urtalanuvchiga yetkazilgan zararni qoplaydi"6. X.X. Karievning ta'kidlashicha, sug‘urtalovchi — yetkazilgan zararni sug‘urta haqidagi qonun yoki sug‘urta shartnomasi asosida shartlarni ko‘zda tutib qoplashni o‘z zimmasiga oluvchi tashkilotdir7. K.Turbinaning fikricha, "sug‘urtalovchi — sug‘urta bozorining professional sub'ekti, shartnomaga asosan muayyan to‘lov hisobidan boshqa tomonning mulkiy manfaatlarini sug‘urtalash orqali himoya qiladigan va shu orqali sug‘urta qilingan xavf (tavakkalchilik) yuzaga kelganda sug‘urta tovonini (ta'minotini) berish majburiyatini zimmasiga oluvchi huquqiy munosabatlar ishtirokchisidir."8
Sug‘urta bozorining professional ishtirokchilaridan "sug‘urta vositachisi"ga berilgan ta'riflar ham turlicha. Jumladan, Chexiyaning 2011 yil 4 yanvardagi "Sug‘urta to‘g‘risida"gi qonunida u sug‘urta kompaniyasi bilan tuzilgan shartnoma asosida sug‘urta sohasida vositachilik faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik yoki jismoniy shaxs ekani, Litvaning 2016 yil 10 iyuldagi "Sug‘urta to‘g‘risida"gi qonunida xizmatidan sug‘urta muassasasi va sug‘urtalovchilar foydalanishga haqli bo‘lgan sug‘urta agenti va (yoki) sug‘urta brokeri ekani, Ukrainaning 2015 yil 15 dekabrdagi "Sug‘urta to‘g‘risida"gi qonuniga muvofiq, sug‘urta qildiruvchi shaxsning nomidan o‘z faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik yoki jismoniy shaxs anglashilishi" ta'kidlangan. Milliy qonunchiligimizda sug‘urta agenti — sug‘urtalovchining nomidan va topshirig‘iga binoan sug‘urta shartnomasining tuzilishi va ijro etilishini tashkil qilish bo‘yicha faoliyat yurituvchi yuridik yoki jismoniy shaxsdir deb mustahkamlab qo‘yilgan. Shuningdek, "sug‘urta agenti" iborasiga olimlar bergan hamda xorijiy davlatlarning qonunlarida o‘z aksini topgan ta'riflarda umumiy nuqtai nazar ham mavjud. Ammo "sug‘urta agenti"ga "shtatdan tashqaridagi ishchi"deb ta'rif berish hollari ham uchrab turadi. Bizningcha, "shtatdan tashqaridagi ishchi" faqatgina jismoniy shaxsga xos bo‘lgan tushunchadir. Lekin, milliy qonunchiligimiz va aksariyat davlatlarning qonunchiligida "sug‘urta agenti" tushunchasi yuridik shaxsni ham qamrab olgan. Chunki bozor iqtisodiyoti sharoitida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan sug‘urta agentlarining faoliyat ko‘rsatishi tabiiy holdir.
Sug‘urta vositachilari tarkibiga kiruvchi "broker"ga ham xorijiy davlatlar qonunlarida, olimlarning asarlarida turlicha ta'riflar berilgan. Milliy qonunchiligimiz hamda Ukrainaning "Sug‘urta to‘g‘risida"gi qonuniga ko‘ra sug‘urta brokeri — tadbirkorlik faoliyati sub'ekti sifatida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tgan va o‘z nomidan mukofot evaziga sug‘urtalanuvchi sifatida sug‘urtaga ehtiyoj sezgan shaxs bilan brokerlik xohish-istagini bajarish asosida sug‘urtada vositachilik faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaxs yoki fuqarolardir. Sug‘urta brokerlari — sug‘urta to‘lovlari va qoplamalarini olishga va qayta hisoblashga haqli bo‘lmagan tadbirkorlik sub'ekti sifatida ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolardir. Chexiya­ning "Sug‘urta to‘g‘risida"gi qonunida sug‘urta brokeri sug‘urtalash va qayta sug‘urtalash shart­nomalarini tuzishdan manfaatdor shaxslar bilan tuzilgan shartnomalar asosida sug‘urta sohasidagi vositachilik faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxs6 deb ta'rif berilgan. Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, milliy qonunchiligimizdan farqli o‘laroq, aksariyat davlatlarning sug‘urta qonunchiligida jismoniy shaxslar ham "sug‘urta brokeri" maqomida tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi mumkin.
Sug‘urta bozorining professional ishtirokchilaridan — "adjaster"ga ham manbalarda turlicha izohlar berilgan bo‘lib, "u (ingl. post — graduate; rus. adjaster) — dispasha hisob-kitobini tuzish bo‘yicha mutaxassis"dir. Yana bir manbada "Adjaster — dispash bo‘lib, u umumiy avariyada yetkazilgan zararni kema, yuk va kira puli o‘rtasida taqsimlash yuzasidan hisob-kitobni tuzish bo‘yicha mutaxassis (masalan, dengiz sug‘urtasida) hisoblanadi. Rossiyada bu vazifani Savdo-ishlab chiqarish palatasi qoshidagi Dispasherlar byurosi bajaradi" deb ta'rif berilgan. MDH davlatlari qonunchiligida "adjaster" tushunchasiga berilgan ta'rif mohiyati milliy qonunchiligimizda o‘z aksini topgan. Sug‘urta bozorining professional ishtirokchilaridan "aktuariy"ga ta'rif berib o‘tadigan bo‘lsak, Qozog‘istonning "Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida"gi qonuniga ko‘ra, "Aktuariy — vakolatli organ tomonidan berilgan litsenziyaga ega bo‘lgan, majburiyatlar hajmi, sug‘urta shartnomasi asosida sug‘urta rag‘bati stavkasining iqtisodiy-matematik hisob-kitoblari bilan bog‘liq faoliyatni amalga oshiruvchi, shuningdek sug‘urta (qayta sug‘urta) tashkiloti to‘lov qobiliyatining zarur darajasini va moliyaviy barqarorligini ta'minlash maqsadida sug‘urta (qayta sug‘urta) tashkilotlari o‘tkazgan va o‘tkazilishi rejalashtirilgan sug‘urta turlarining foydaliligi va daromadliligiga baho beruvchi jismoniy shaxs"9 bo‘lsa, A.Arxipov, V.Gomellya va D.Tulentilarning ta'kidlashicha, "Aktuariy — malaka shahodatiga ega bo‘lgan va mehnat shartnomasi asosida yoki sug‘urtalovchi bilan tuzilgan fuqaroviy-huquqiy shartnoma asosida sug‘urta tarifining hisobi, sug‘urtachining zahirasi, aktuar hisoblardan foydalangan holda uning investitsion loyihalarini baholash bo‘yicha faoliyatni amalga oshiradigan fuqarodir"10. Yuqoridagilardan kelib chiqib, "aktuariy"ga quyidagicha ta'rif berish mumkin: "Aktuariy — oliy matematik yoki iqtisodiy ma'lumotiga ega bo‘lgan, aktuar hisoblash sohasidagi mutaxassisdir"11. «Syurveyyor» tushunchasiga ham yondashuvlar turli-tuman bo‘lib, jumladan, «syurveyer (ingl. surveyor) — kemalar va yuklarni ko‘rib chiqishni amalga oshiruvchi ekspert. U kemalar va yuklarning ahvoli, talofatga uchraganda yetgan zararlar, kemaning dengizda suza olish qobiliyati va boshqalar haqida xulosa chiqaradi. Sug‘urta qilingan ob'ektni tekshiruvchi syurveyer yetarli bilim va tajribaga ega bo‘lishi, ob'ekt tekshiruvi haqidagi hujjatni malakali rasmiylashtirishga yoki haloqat sertifikatini tuzishga layoqatli bo‘lishi lozim. Chunki u bilan bog‘liq hujjatlar nizolar yoki yetkazilgan zararni qoplash bilan bog‘liq masalalarni hal qilishda asos bo‘ladi». A.Arxipov, V.Gomellya va D.Tulentilarning fikricha esa, "syurveyer — sug‘urtaga qabul qilinadigan mulkni ko‘zdan kechirish va baholashni amalga oshiradigan sug‘urtachining yuqori malakali vakili. Syurveyerning xulosasiga ko‘ra, sug‘urtachi sug‘urta shartnomasini tuzish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Xorij amaliyotida syurveyer sifatida malakali jamiyat, shuningdek, shartnoma asosida sug‘urtachi bilan hamkorlik qiladigan yong‘in xavfsizligi, mehnat muhofazasi va boshqalar bo‘yicha ixtisoslashgan firmalar maydonga chiqadi. Adjasterdan farqli o‘laroq, syurveyer mulkni sug‘urta shart­nomasi tuzilgunga qadar ko‘zdan kechirib chiqadi"12.
Mazkur xatti-harakatlarning mohiyati va "assistans" maqomi ham milliy qonunchiligimizda o‘z aksini topgan bo‘lib, bu borada xorijiy davlatlarnikiga o‘xshash ta'riflarni kuzatishimiz mumkin. Jumladan, Qozog‘istonning "Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida"gi qonunida "Assistans — sug‘urta tashkilotlari, yuridik shaxslar tomonidan sayohatga chiqqanda qiyin ahvolga tushib qolgan yoki turar-joyidan uzoqda bo‘lgan sug‘urtachiga (sug‘urta qilingan foyda oluvchiga) sug‘urta hodisalari yuz berganda pul bilan va (yoki) natura-buyum shaklida texnik, tibbiy yordam ko‘rsatishdir"13, deb ta'kidlangan. Ilmiy adabiyotlarda esa, "Assistans zarur bo‘lganda sug‘urta shart­nomasi doirasida ko‘rsatiladigan texnik, tibbiy va moliyaviy xizmatlar, yordamlar ro‘yxatidir. Chet ellarga borgan sayohatchilarning xavfsizligini vrachlar, sanitarlar xizmat ko‘rsatishi, tibbiy statsionarga yotqizish (ob'ektiv sabablar bo‘yicha), maxsus sanitar transportini tashkil qilish orqali ta'minlovchi (kasal bo‘lganida, baxtsiz hodisa sodir bo‘lganda) maqsadli gumanitar harakatdir. Sug‘urta kompaniyalari bilan yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan bir qator maxsus assistans kompaniyalari mavjud"14, degan tushuncha berilgan. Bugungi globallashuv jarayonida sug‘urta bozorini rivojlantirish, bu sohada ayniqsa yo‘lovchilarning huquq va manfaatlarini o‘zida aks ettirgan huquqiy asoslarni yanada takomillashtirish har qachongidan-da dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Bu boradagi xorijiy tajriba shuni ko‘rsatmoqdaki, yo‘lovchilarning manfaatlarini to‘laqonli himoya qilish uchun ularning majburiy shaxsiy sug‘urtasi o‘rniga tashuvchining yo‘lovchilar oldidagi javobgarligini sug‘urta tashkilotlariga berish, ya'ni tashuvchining fuqarolik javobgarligini sug‘urta qilish mexanizmi keng qo‘llanilmoqda. Bugungi kunda yevropa Ittifoqining deyarli barcha mamlakatlarida, shuningdek, AQSh, Kanada, Yaponiya hamda MDH davlatlarida tegishli qonunlar qabul qilingan va tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish tizimi muvaffaqiyatli ishlab kelmoqda.
Xulosa qilib aytganda, sug‘urta bozori professional ishtirokchilarining huquqiy maqomini nazarda tutuvchi qoidalarni zamon talablariga mos holda takomillashtirib borish ayni paytda hayotiy zaruratdir. Bu o‘rinda xorijiy davlatlar qonunlarini, yuridik adabiyotlarda bildirilgan fikr va mulohazalarni tahlil qilish foydadan xoli bo‘lmaydi.



  1. Yüklə 50,96 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin