Huquqiy himoya qi-lish bilan bog‘liq xarajatlar-ni sug‘urta qilish
Sud muhokamasi bilan bog‘liq ko‘rilgan xarajatlar natijasida sug‘urta qildiruvchi zarar ko‘rganda sug‘urta qoplamasi to‘lanishini ta’minlovchi sug‘urta turlari jami
3. Tayanch iboralar Sug‘urta – ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni manfaatdor jismoniy va yuridik shaxslar o‘rtasida qoplash.
Sug‘urta klassi- muayyan umumiy belgilar bo‘yicha birlashtirilgan sug‘urta turlari yig‘indisi.
Sug‘urta turi- sug‘urtalovchi tomonidan ishlab chiqiladigan va sug‘urta qildiruvchiga sug‘urtaning bir yoki bir nechta klassi doirasida ko‘rsatiladigan aniq sug‘urta xizmati.
Majburiy sug‘urta – sug‘urta shakllaridan biri bo‘lib, unda sug‘urtalovchi va sug‘urtalanuvchilar o‘rtasida sug‘urta munosabatlari qonun kuchida yuzaga keladi.
Ixtiyoriy sug‘urta - tomonlarning xohish-irodasiga ko‘ra amalga oshiriladigan sug‘urta munosabatlari.
Sug‘urta summasi – sug‘urta obyektini haqiqatda sug‘urtalangan qismining pul ko‘rinishidagi qiymati.
Sug‘urta shartnomasi – sug‘urtalovchi va sug‘urtalanuvchi o‘rtasidagi sug‘urta turi shartlariga mos ravishda ularning o‘zaro majburiyatlarini tartibga soluvchi kelishuv (huquqiy bitm).
Sug‘urta limiti– moddiy qiymatliklar va sug‘urtaviy mas’uliyatlarni sug‘urtalash mumkin bo‘lgan maksimal pul summasi.
Sug‘urta himoyasi – konkret obyekt tomonidan ko‘rilgan zararni bartaraf qilish yoki qoplash bo‘yicha munosabatlar.
Sug‘urtalovchi – sug‘urtani amalga oshiruvchi ixtisoslashtirilgan tashkilot.
Sug‘urta qildiruvchi – sug‘urta badallarini to‘lovchi va konkret sug‘urta munosabatlarida qatnashuvchi jismoniy yoki yuridik shaxs.
Sug‘urtalanuvchi– hayoti, sog‘ligi yoki mehnatga layoqati sug‘urta obyekti bo‘lgan shaxs.