Sulton jaloliddin



Yüklə 239,19 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix29.09.2022
ölçüsü239,19 Kb.
#64320
1   2   3
514-Article Text-1221-1-10-20201028

volidayi muhtaramasi. Turkon xotun boshliq qipchoq sardorlari, vazir- u vuzaro 
himoyat yo‘lin ayoq tirab… Shahzoda ham shu ob-havodan nafas olib turar-ku. 
Shularni o‘ylarkan, shoh o‘g‘lini saroydan uzoqlashtirish fikriga keldi. Yangi 
Farmoni oliyg‘a bugunoq imzo chekurmen,- dedi Jaloliddinga orqa o‘girib,- seni 
valiahdlikdin mahrum etgaymen. Qal’a voliysi so‘ziga uchgan shoh savdogarlarni 
Chingizxon josuslari deb bildi va qatl ettirdi. Chingizxon olarning podshohi yer yuzin 
egallayajak, bori yer yuzin… derdi. … bul muvaqqat choradur, vaqtiki kelib, oliy 
hazrat yog‘iy dodini bergaylar. Davlatpanoh, - dedi Sultonning rahnamoligiga urg‘u 
berib shahzoda Jaloliddin bosh qo‘mondon bo’lur ersa lashkarda ikkilanish va 
xavotir qolmas, bil’aks har qaysisi bir sherga aylanurkim, bundin yog‘iy sarosima 
ichinda qolmog‘i va jon saqlamoq payiga tushmog‘i ayon.
Xorazm shevasiga kiruvchi so‘zlar 
"Science and Education" Scientific Journal
October 2020 / Volume 1 Issue 7
www.openscience.uz
263


Badiiy asarning xalqchilligini ta’minlashda xalq tilining rang-barang vositalari, 
xususan, sheva so‘zlari ham alohida o‘rin tutadi. Badiiy asar tilining tasviriyligi
ifodaliligi qahramonlar nutqining individuallashganligi ko’p jihatdan o‘rinli va 
me’yorida qo‘llangan sheva unsurlariga bog‘liq. “Badiiy adabiyot tilini boshqa 
lug‘aviy qatlamlar singari dialektizmlarsiz ham tasavvur qilib bo‘lmaydi. 
Dialektizmlar personaj nutqining individalligini ta’minlash jarayonida uslubiy 
bo‘yoqdorligi jihatdan boshqa nutq vositalaridan sezilarli darajada ajralib turadi.” (B. 
Umurqulov “ Badiiy adabiyotda so’z”, 1983). 
Erkin Samandar sheva xazinalaridan, ayniqsa, Xorazm shevasi so‘zlaridan 
unumli foydalangan. Romanda voqealar Ko‘hna Urganch hududida kechadi. Shuning 
uchun ham asar tilida Xorazm shevasiga xos fonetik, morfologik, leksik xususiyatlar 
o‘z aksini topgan. 
Ma’lumki, “Fonetik dialektizmlarda emotsional bo‘yoq kuchli bo‘lmaydi. 
Bundan tashqari shevaga xos bo‘lmagan tovushlar sisitemasini transkripsiya 
orqaligina aniq berish mumkin” (B.Fayzullayev “O‘zbek tili va adabiyoti” 1975). 
Ammo shunga qaramasdan, shevadagi fonetik o‘zgachalikdan badiiy matnda estetik 
maqsad bilan foydalaniladi, chunki bunday o‘zgachalik ,avvalo, nutqqa jonlilik, 
baxsh etadi. Qolaversa, hududiy mansublikni ta’kidlaydi, qahramon nutqining 
individualligini ta’minlaydi. 
Romanda ko‘plab fonetik shevalarni uchratish mumkin. Masalan, Ona kiyik 
sayyod ilgiga tushdi, ersa aydi. Ayo, sayyod, manim bolalarim bordur, olar och- 
nahordurlar, ruxsat ayla, men borib bolalarimni emizay- da, tag‘in oldingga qaytay. 
Ammoki, padari buzrukvoringiz Xonsulton begimni Urganch jo‘natmish, tegan 
hayolim bordur… 
Shevaga xos morfologik o‘zgachaliklar ham romanda anchagina kuzailadi. 
Bunday morfologik dialektizmlarning asosiy vazifasi muallif nutqida mahalliy 
koloritni yaratish bo‘lsa, qahramonlar nutqida ham mahalliy koloritni yaratish, ham 
ular nutqining o‘ziga xosligini ko‘rsatishdan iborat bo‘ladi. Bu holatlarning 
xarakterlaridan biri sifatida aytish mumkinki, muallif nutqida sifatdoshdoshlar –g’on 
tarzida qo’llanilgan. Masalan, Ruhimni sindirg‘on, dilimdagi o‘tga suv sepgan nedur? 
Xususan, alloma Majdiddin Bog‘dodiyni daryog‘a cho‘ktirg‘onim, hazrat Najmiddin 
Kubro dilin og‘ritg‘onim… Xoramshoh o‘lg‘oni ila o‘g‘li o‘lmag‘ondur. Yiqilg‘on 
saltanatni o‘g‘li tiklag‘oydur.. 
Sof leksik dialektizmlarning adabiy tilda ma’nodoshi bo‘ladi. Muallif nutqida 
qo‘llanilgan bunday dialektizmlar tasvirda mahalliy ruhni ta’kidlashga xizmat qiladi. 
Masalan, yumurug‘ (musht), sarxum (kurushka), angsharmoq (anglamoq), 
mengzamoq (o‘xshatmoq), og‘a (aka) kabi bir qator so‘zlar quyidagi misollarda ana 
shu maqsadda qo‘llangan: Olarni yagona mushtga aylantirmay turib Chingiz 
yumurug‘ini sindirib bo‘lmasligini anglamasmi? Doya uzatgan sarxumni urib 
"Science and Education" Scientific Journal
October 2020 / Volume 1 Issue 7
www.openscience.uz
264


yubordi, suv Xonsulton begimning yuziga sachradi. Qayerda yotganini va nima 
bo‘lganini anchagacha angshara olgani yo‘q. Tushmi yo o‘ng, olis- olisdin 
qulog‘imga bir ovoz kelmish, tanishga mengzar dedi Jaloliddin o‘ychanlik bilan,- ul 
ko‘p nolali erdi. Bir so‘z ham eshitgan bo‘ldim, og‘ajon, tegan… Tun yarmidin 
oshganida ikki “ darvesh” kanizak ochgan qopudan chiqib past-baland ko‘chalar osha 
qal’a darvozasi tomon yo‘l oldi. 
Xulosa qilib aytish mumkinki, Erkin Samandar o‘z ijodida, xususan, “Sulton 
Jaloliddin Manguberdi” romanida o‘zbek tili, ayniqsa, Xorazm shevasining estetik 
vazifasini mukammal bajarganligini ko‘rish mumkin. Romanda qo‘llanilgan tarixiy 
so‘zlarning ishlatilganligi, Xorazm dialektizmlarining mahorat bilan qo‘llanilgani, 
qahramonlarning nutqiy xarakteristkasini ochib berishda ishlatilgan arxaik so‘zlar - 
bularning barchasi Erkin Samandarning ijodkorlik qobiliyatini ko‘rsatadi. Erkin 
Samandar keng ommaga tushunarli bo‘lgan o‘zbek adabiy tilini shakllantirish,uni 
jonli tilga yaqinlashtirishga katta hissa qo‘shgan. 

Yüklə 239,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin