ERKIN SAMANDARNING “SULTON JALOLIDDIN” ROMANIDA
XORAZM DIALEKTIZMLARI
Saida
Rajab qizi Matyakubova
Urganch davlat universiteti
Annotatsiya: Biz bugungi kunda so’zlashayotgan til doimo harakatda va
o’zgarishda. Shu bois, bundan bir asr ilgari mavjud bo’lgan til bilan bugungi kunda
ishlatiladigan til orasida katta farq bor. Ushbu farqni tarixiy asarlarda ham ko’rish
mumkin. Shu sababli, ushbu maqola Erkin Samandarning “Sulton Jaloliddin” tarixiy
romanidagi Xorazm dialektizmlariga bag’ishlangan.
Kalit so’zlar: eskirgan va yangi so‘zlar, arxaizm, neologizm, Xorazm shevasi.
KHOREZM DIALECTICS IN ERKIN SAMANDAR'S NOVEL "SULTAN
JALOLIDDIN"
Saida Rajab qizi Matyakubova
Urgench State University
Abstract: The language we speak today is constantly evolving and changing.
Therefore, there is a big difference between a language that existed a century ago and
a language that is used today. This difference can also be seen in historical works.
Therefore, this article is devoted to the Khorezm dialectics in Erkin Samandar's
historical novel "Sultan Jalaliddin".
Keywords: old and new words, archaism, neologism, Khorezm dialect.
Til tizim
sifatida hamisha harakatda, uzluksiz aloqada, shu bilan birga doimiy
ravishda o‘sib boradi. Jahon hamjamiyatida bo‘lib turadigan iqtisodiy va ma’rifiy
sohalardagi islohotlar,
siyosiy va ijtimoiy jarayonlar, ilmiy sohadagi taraqqiyot,
innovatsion g‘oyalarning tobora ravnaq topib borishi natijasida tilimiz boyligida
yangi- yangi so‘z va atamalarning yuzaga kelishi va shu bilan bir qatorda so‘z-
leksemalarning eskirib tarixiy kategoriyaga aylanishiga olib kelmoqda. Bu jarayon
o‘z navbatida lug‘at boyligimizda istorizm, arxaizm
va neologizm kabi leksema
birliklarining yuzaga kelishiga zamin yaratmoqda.
Shu o’rinda, eskirgan va yangi so‘zlar birliklari bilan tanishib o’tsak.
Istorizm o‘tmish voqeligi bo‘lgan narsa- hodisalarning nomlaridir. Istorizm
odatda uzoq tarixiy jarayonlar davomida yuz beradigan eskirish mahsuli bo‘ladi.
Arxaizm - hozirgi paytda mavjud bo‘lgan voqelikning eskirgan nomi.
(H.Jamolxonov “ Hozirgi o‘zbek adabiy tili”, 2005).
"Science and Education" Scientific Journal
October 2020 / Volume 1 Issue 7
www.openscience.uz
262
Erkin Samandarning “Sulton Jaloliddin” tarixiy romanida tasvirlanayotgan davr
(XIII asr) voqeligini real tasvirlash, asarning tarixiylik ruhiyatini ta’minlash
maqsadida tarixiy so‘zlardan o‘rinli va unumli foydalangan. Tarixiy romanda
Mo’g’ullar istilosi Chingizxonning Xorazmshohlar davlatiga bostirib kelishi (XIII
asr) tasvirlangan.
Romanda jang tasviri, urush manzarasi bilan bog‘liq tarixiy
tushunchalar va atamalar qo‘llanilgan. Masalan,
Shinaklarning har bittasiga usta
merganlar yoychilar qo‘shildi. Burgutlar parvoz oldidan o‘zlarini kutilgan-
kutilmagan
muhorabalarga shaylangan chog‘larida ularda
bemisl xislat- osmonlarga
monand g‘urur paydo bo‘ladiki, shundan qanotlari polodga, changallari xanjarga
aylanadi. Kalorga xorazmliklar bostirib kelayotganini, ularga
sultonlar emas,
balki
yosh bir
sarkarda ekanidan xabar topgan qal’a
noibi himoyani ortiqcha bilib
, yog‘iyni
yo‘lda qarshilash maqsadida yigirma ming qo‘shin bilan shahardan chiqdi.
Arxaik so‘zlarda “eskilik” ifodasi sxemasi bo‘rtib ifodalangan bo‘ladi. Badiiy
matnda qo‘llangan bunday so‘zlar, avvalo, tarixiy voqea- hodisalarni real tasvirlash
imkonini beradi, bu so‘zlar tarixiy davr ruhini ta’kidlab turadi. Masalan, Uch eshakli
kunbotardan kelaberdi. Ko‘rinishlaridan darveshga o‘xshardi. Boshlarida
kuloh,
bellarida
kashkul. Sulton qisqa
mashvarat so‘nggida vazir Shamsulmulkdan so‘radi?-
Shafqatsizg‘a chora ne bo‘lg’ay?
Romanda o‘lchov bildiruvchi bir qancha arxaik so‘zlar ham qo‘llanilgan.
Bunday so‘zlar ham tarixiy davrni ta’kidlashga ko‘maklashadi. Masalan, boshqa
kemalarda
lak-lak askarlar, otlar va tuyalar.
Romanda ba’zan arxaik so’zlar qahramonlarning nutqiy xarakteristikasini berish
maqsadida ham qo‘llanilgan.
Sulton Xorazmshoh, Sulton Jaloliddin, Turkon xotun
suhbatlarida tabaqalarga xos arxaik so‘zlar, masalan, -
Padaravi buzrukvor, -
yumshoq gapirishga
urinardi Sulton Jaloliddin,- dangal so‘zlarim uchun ma’zur
tutgaysiz, hali mashvaratda ham dedim, dag‘i ayturmankim bugungi Farmoni oliy
saltanatni muqarrar tanazullga olib borgay, elni parokanda aylagay.
Shohning