CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS)
Google Scholar
Universal Impact Factor: 7,1
ISSN:2181-2454
www.carjis.org
DOI: 10.24412/2181-2454-2022-1-24-28
VOLUME 2 | ISSUE 1 | 2021
Tashkent, Uzbekistan 24 E-mail: carjisor@carjis.org
OILAVIY INQIROZLARNI OLDINI OLISHDA
TARBIYANING AHAMIYATI
Gulhayo Alisherovna Rahimova
Nizomiy nomidagi TDPU magistri
ANNOTATSIYA
Maqolada oilaviy inqirozlarni oldini olishda tarbiyaning ahamiyati,
oiladagi
tarbiyaning shaxsda muayyan jismoniy, ruhiy, axloqiy, ma'naviy sifatlarni
shakllantirishdagi muammolari va ularni bartaraf etishning
psixologik xususiyatlari
haqida nazariy yoritib berilgan.
Kalit so'zlar:
Oila, ijtimoiy tarbiya, axloq, ta‟lim tarbiya, estetika, muhit,
psixologik xususiyat, inson, shaxs, urf-odat.
KIRISH
Xozirgi
kunda oiladagi ajralishlar
1
, to„liq bo„lmagan oilalar sonining oshishi,
tarbiyaviy munosabatning kamayishi kabi xavfli an‟analar ko„rinishidagi o„zgarishi
jarayoni kuzatilmoqda, oilaviy munosabatlar va nikohdan
qoniqish sifatining
yomonlashuvi, erkaklar va ayollarning adaptatsiya imkoniyatlarining pasayishi qayd
qilinmoqda. Agar yaqin o„tmishda nikoh ko„pchilik hollarda buzilmas,
mustahkam
hayotiy muhim ittifoq kabi qabul qilingan bo„lsa, xozirgi kunda esa ajrashish oilaviy
janjallarni bartaraf etishning odatiy va yetarlicha keng tarqalgan shakliga aylanmoqda,
va oqibatda, ko„plab er-xotinlar nikohni buzishga qaratilgan muammoli vaziyatlarni har
tomonlama va xolisona yechishdan bosh tortmoqdalar. Bundan tashqari, hayotiy tajriba
va xalqaro ilmiy
tadqiqotlar isbotlaganidek, ko„pgina hollarida oilaviy faoliyatning
buzilishi, ajrashish, hammadan oldin qizlardahissiy
soha buzilishlarini, davomli ruhiy
zo„riqishni kuchaytiruvchi turli aksentuatsiyalar (urg„u berish, diqqatni qaratish)
rivojlanishining kuchli va ruhiy jihatdan tuzatish qiyin bo„lgan omiliga aylanadi.
Ushbu holatlar zamonaviy oila instituti, ayollar nikohning
birinchi yillarida
ayniqsa alohida e‟tibor va maxsus tadqiqotlarni kuchaytirishni talab qiladi. Oilani
mustahkamlash, so„zsiz ko„pincha uning ijtimoiy-iqtisodiy,
huquqiy jihatdan
himoyalanganligiga bog„liq. Shu bilan bir qatorda, yuzaga kelayotgan muammolarning
muhim, ko„pgina hollarda esa asosiy sababi qizlarning oilaviy hayot uchun nomuvofiq
1
Ўзбекистон Республикасининг Статистика бўйича Давлат Қомитасининг расмий статистикаси/кириш тартиби:
http://stat.uz/221-ofytsyalnaia-statystyka-ru/demografiya-i-trud-ru/demografichtskie-pokazateli-ru/2789-chislo-razvodov