CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) Google Scholar Universal Impact Factor: 7,1 ISSN:2181-2454 www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-1-24-28 VOLUME 2 | ISSUE 1 | 2021 Tashkent, Uzbekistan 25 E-mail: carjisor@carjis.org individual-ruhiy xarakteristikalari, ularning lozim bo„lgan o„zaro munosabatlarga
tayyorligi darajasining pastligi, ulardagi adaptatsiya potensialining yetarli emasligi
bo„ladi. Shu bilan bog„liq holda turg„un nikoh profilaktikasi, uning lozim darajada
faoliyat ko„rsatishini ham,xuddi shuningdek qizlarning ruhiy jihatdan salomatligini
ta‟minlashning ham dolzarb yo„nalishlaridan biri ularning oilaviy xayotga
adaptatsiyasining samarali xususiyatlari ishlab chiqish bo„ladi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA Oilaviy turmush inson hayotining eng muhim jihatlaridan biri hisoblanadi. Xuddi
shu boisdan jamiyatning qonun qoidalarga nisbatan munosabat ham oiladagi shaxslararo
turli tuman muammolarda, muloqotda, fikr almashinuvida, munozaralarda, o‟z ifodasini
topadi, binobarin yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash oilaning naqadar
mustahkam bo‟lishiga, ota-ona munosabatlarida oliyjanob xarakter hislarini, bolada
yuksak ma‟naviy hislarni shakllantirishga bog‟liqdir. Yosh avlodni oilada komil inson
qilib tarbiyalashdek yuksak va mas‟uliyatli vazifa ota-onaga, oiladagi kattalarga
yuklatilgandir.
Yurtimizda oila hamisha davlat himoyasida va oliy qadriyat sifatida e‟zozlanadi.
Oila ijtimoiylashuvning asosiy va muhim o‟chog‟i bo‟lgani uchun ham uning shu
muhitda tarbiyalanayotgan yoshlar e‟tiqodi va dunyoqarashidagi roli sezilarlidir.
Respublikamizda «Mahalla va oila» ilmiy-tadqiqot instituti o‟z faoliyatini boshlashi,
jamiyatda yoshlar tarbiyasi borasida oilaning roli va mas‟uliyatini oshirishga qaratilgan
muhim tadbir bo‟ldi.
Shu nuqtai nazardan olib qaralganda, tarbiya shaxsning o‟zi va o‟z sifatlari
to‟g‟risidagi tasavvurlarining shakllanishi jarayonidir, deb ta‟rif berish mumkin. Demak,
har bir inson o‟zini, o‟zligini qanchalik aniq va to‟g‟ri bilsa, tasavvur qilolsa, uning
jamiyat normalariga zid harakat qilish ehtimoli ham shunchalik kam bo‟ladi, ya‟ni u
tarbiyalangan bo‟ladi. O‟z-o‟zini anglash, o‟zidagi mavjud sifatlarni baholash jarayoni
ko‟pincha konkret shaxs tomonidan og‟ir kechadi, ya‟ni inson tabiati shundayki, u
o‟zidagi o‟sha jamiyat normalariga to‟g‟ri kelmaydigan, no‟maqul sifatlarni
anglamaslikka, ularni «yashirishga» harakat qiladi, hattoki, bunday tasavvur va bilimlar
ongsizlik sohasiga siqib chiqariladi. (Avstriyalik olim Z.Freyd nazariyasiga ko‟ra). Bu
ataylab qilinadigan ish bo‟lmay, u har bir shaxsdagi o‟z shaxsiyatini o‟ziga xos himoya
qilish mexanizmidir. Bunday himoya mexanizmi shaxsni ko‟pincha turli xil yomon
asoratlardan, hissiy kechinmalardan asraydi. Lekin shuni alohida ta‟kidlash lozimki,
«Men» - obrazining ijobiy yoki salbiyligida yana o‟sha shaxsni o‟rab turgan tashqi