Sun‘iy intelekt va ekspert tizimlar reja: Kirish Asosiy qism



Yüklə 53,19 Kb.
səhifə5/6
tarix03.12.2023
ölçüsü53,19 Kb.
#172048
1   2   3   4   5   6
sun\'iy intellekt

SI – TIBBIYOTDA
Yuqoridagilardan tashqari, aksa-riyat iste’molchilarning robotlarga ishonch bildirmayotganligi SIning ommalashishiga halal berayotgan to‘siqlardan biridir. Odamlar o‘ziyurar mashina yoki samolyotlar xizmatini qabul qilishlari uchun biroz vaqt kerak, albatta. Biroq, zamonaviy texnologiya-lar qurshovida o‘sibunayotgan yosh avlodda buning aksi bo‘lib, ularni bu jarayon u qadar havotirga solayotgani yo‘q.
Har qancha e’tiroz va tanqidlarga qaramay SI rivojlanishdan odamlarga yordam berishdan to‘xtamayapti. Ayniqsa, tibbiyotda uning ahamiyati tobora oshib bormoqda. Endilikda robotlar nisbatan murakkab jarrohlik amaliyotlarini ham uddasidan chiqishyapti. Robot-shifokorlarning tibbiyot hodimlari bilan o‘ziga xos hamkorligi samaradorlikni ancha oshirdi.
Medtronis kompaniyasi esa IBM bilan hamkorlikda qandli diabet kasalligi bilan og‘rigan bemorlar uchun maxsus dastur ishlab chiqmoqda. Mazkur dasturiy ta’minot qon tarkibidagi qand miqdorining favqulodda tushib ketishini 3 soat avval aniqlash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Buning uchun shu kasallika chalingan 600 ta anonim bemorlarning tibbiy ma’lumotlari o‘rganib chiqildi. Bu endi odamlar o‘z salomatliklarini mobil qurilmalardagi maxsus dasturlar orqali muntazam nazorat qilib borish imkoniga ega bo‘lishadi deganidir.
Ko‘rib turganingizdek, SI ning hayotimizdagi o‘rni kundan-kunga chuqurlashib bormoqda. Ular insoniyatning yutug‘imi yoki mag‘lubiyati, degan savol ustidagi bahslar hali uzoq davom etadi. Eng muhimi, fantastik yozuvchi Ishoq Azimov ta’biri bilan aytganda, robotlarni yaratishda odamlarga zarar yetkazmaslik shior qilib olinishi kerak.
Hozirgi paytda ham sun'iy aqlning yagona va umume'tirof etilgan ta'rifi mavjud emas. Bu ajablanarli emas. Inson aqlining ham universal ta'rifi yo'qligini eslash kifoya.
Bugungi kunda sun'iy intellekt sohasidagi tadqiqotlar turli yo'nalishlarda olib borilmoqda: bilimlarni namoyish etish, mantiqiy modellashtirish, bilimlarni yig'ish, mashinalarni o'rganish va avtomatik gipotezalarni yaratish, ma'lumotlarni yig'ish va ma'lumotni majmuaviy qayta ishlash, qarorlarni qo'llab-quvvatlash, jarayon va tizimni boshqarish, dinamik intellektual tizimlar, rejalashtirish va boshqalar.





Yüklə 53,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin