Kirish Sun`iy intellekt nima? Sun’iy intellekt — informatikaning alohida sohasi bo‘lib, odatda inson ongi bilan bog‘liq imkoniyatlar: tilni tushunish, o‘rgatish, muhokama qilish, masalani yechish, tarjima va shu kabi imkoniyatlarga ega kompyuter tizimlarini yaratish bilan shug‘ullanadi.Sun'iy intellekt (SI) kompyuterlarga o'zlarining tajribalarini o'rganish, berilgan parametrlarga moslashish va ilgari faqat odamlar uchun mumkin bo'lgan vazifalarni bajarish imkonini beradi. SIni amalga oshirishning ko'p holatlarida - kompyuter shaxmatchilaridan tortib uchuvchisiz transport vositalarigacha - chuqur o'rganish va tabiiy tillarni qayta ishlash imkoniyati juda muhimdir. Ushbu texnologiyalar tufayli kompyuterlarga katta miqdordagi ma'lumotlarni qayta ishlash va ulardagi naqshlarni aniqlash orqali muayyan vazifalarni bajarishga "o'rgatish" mumkin.
Ekspert tizimlari nima? Zamonaviy jamiyatda tobora o‘sib borayotgan axborot oqimi, axborot texnologiyalarining turlitumanligi, kompyuterda yechiladigan masalalarning mu rakkablashuvi ushbu texnologiyalardan foydalanuvchining oldiga bir qator vazifalar ni qo‘ydi. Kerakli variantlarni tanlash va qaror qabul qilish ishlarini insondan EHM ga o‘tkazish masalasi yuzaga keladi. Bu vazifani yechish yo‘llaridan biri bu eksper t tizimlarini yaratishva foydalanish sanaladi. Ekspert o‘zidan kelib chiqib sharoitni t ahlil etadi va nisbatanfoydali axborotni aniqlab oladi, chorasiz yo‘llardan voz kechg an holda qaror qabul qilishning eng maqbul yo‘llarini vujudga keltiradi. Ekspert tizimida ma’lum bir predmet sohasini ifodalaydigan bilimlar bazasidan foydalaniladi. Ekspert tizimi bu ayrim mavzu sohalarida bilimlarni to‘plash va qo‘llash uyushtirish usullari hamda vositalari majmuidir. Ekspert tizimi mutaxassislarning yuqori sifatli tajribasiga suyangan holda qarorni tanlash chog‘ida muqobil variantl
ar ko‘pligi uchun yanada yuqori samaraga erishadi. Strategiyani tuzish paytida yangi omillarni baholab, ularning ta’sirini tahlil etadi. Ekspert tizimlari sun’iy intellektdan foydalanishga asoslangan.