3. Maxsuliy modellar
Maxsulotlar freymlar bilan bir qatorda intellektual tizimlarda bilimlarni tasvirlashning mashxur vositalari xisoblanadi. Maxsulotlar bir tomondan mantiqiy modellarga yaqin bo‘lib, maxsuliy chiqarish protseduralarini tashkil etish imkonini bersa, boshqa tomondan klassik mantiqiy modellarga qaraganda bilimlarni ko‘rgazmaliroq tarzda aks ettiradi. Ularda mantiqiy xisoblarga xos bo‘lgan qat’iy chegaranishlar yo‘q. Bu esa maxsulot elementlarini interpretatsiyasini o‘zgartirish imkonini beradi. Umumiy xolda maxsulot deganda quyidagi ifoda tushuniladi:
(i); Q; P; A=>B; N.
Bu yerda i-maxsulot nomi bo‘lib, bu nom yordamida mazkur maxsulot maxsulotlar to‘plamidan ajratib olinadi. Nom sifatida maxsulotning mazmunini aks ettiruvchi qandaydir leksema(masalan, «kitoblar xaridi» yoki «qulfning kodlari to‘plami») yoki tizim xotirasida saqlanuvchi maxsulotlar to‘plamidagi maxsulotning tartib raqami olinishi mumkin.
Q element maxsulotning qo‘llanilish sohasini xarakterlaydi. Bunday sohalar inson kognitiv strukturalaridan oson ajratiladi. Bizning bilimlarimiz «tayoqchalar bo‘yicha ajratilgan». Bir «tayoqcha»da ovqatni qanday tayyorlash haqidagi bilimlar saqlansa, boshqasida ishga qanday yetib borish haqidagi bilimlar saqlanadi va h.k. Bilimlarni aloxida sohalarga ajratish kerakli bilimni izlash vaqtini tejashga imkon beradi. Intellektual tizimlarning bilimlar bazasida bunday sohalarga ajratish maxsuliy modellarda bilimlarni tasvirlash uchun maqsadga movofiq.
Maxsulotning asosiy elementi uning yadrosi A=>B xisoblanadi. Maxsulot yadrosini interpretatsiya qilish => sekventsiya ishorasining chap va o‘ng tomonida nima turganligiga bog‘liq holda turli xil bo‘lishi mumkin. Maxsulot yadrosini oddiy o‘qish quyidagicha ko‘rishinda bo‘ladi: AGAR A, U XOLDA B. Yadroning murakkabroq konstruktsiyalari o‘ng tomonda alternativ tanlovlarga ruxsat beradi. Masalan, AGAR A, U XOLDA V1, AKS XOLDA V2. Sekventsiya oddiy mantiqiy ma’noda A ning rostligidan V kelib chiqishiga o‘xshash mantiqiy ishora sifatida izoxlanishi mumkin. Maxsulot yadrosini boshqa interpretatsiyalari ham bo‘lishi mumkin. Masalan, A V xarakatni amalga oshirish uchun kerak bo‘ladigan biror bir shartni tavsiflashi mumkin.
P element maxsulot yadrosining qo‘llanilish sharti xisoblanadi. Odatda P mantiqiy ifoda bo‘ladi (qoidaga ko‘ra predikat). R «rost» qiymat qabul qilganda maxsulot yadrosi faollashadi. Agar R yolg‘on bo‘lsa maxsulot yadrosini ishlatib bo‘lmaydi.
N element maxsulotning keyingi shartini tavsiflaydi. Ular faqat maxsulot yadrosi amalga oshgandagina aktuallashtiriladi. Maxsulot keyingi sharti V ni amalga oshirgandan keyin bajarish kerak bo‘ladigan xarakat va protseduralarni tavsiflaydi. Masalan, magazinda biror maxsulot xarid qilingandan keyin maxsulotlar ro‘yxatidan shunday turdagi maxsulotning sonini bittaga kamaytirish kerak.
Agar tizim xotirasida qandaydir maxsulotlar to‘plami saqlansa, u xolda ular maxsulotlar tizimini tashkil etadi. Maxsulotlar tizimida maxsulotlarni boshqarish uchun maxsus protseduralar berilgan bo‘lishi kerak. Bu protseduralar yordamida maxsulotlarni aktuallashtirish va aktuallashgan maxsulotlar orasidan u yoki bu maxsulotni bajarish uchun tanlash amalga oshiriladi.
Bir qator intellektual tizimlarda bilimlarni tasvirlashning to‘rli va maxsuliy modellarining kombinatsiyasi ishlatiladi. Bunday modellarda deklarativ bilimlar modelning to‘rli komponentida, protsedurali bilimlar maxsuliy komponentida tavsiflanadi. Bunday xolda semantik to‘r ustidan maxsuliy tizimning ishlashi haqida gapirishadi.
Dostları ilə paylaş: |