Moliya sohasida:budjet xarajatlari, pensiya, ijtimoiy va sug‘urta to‘lovlari, shuningdek, nafaqa to‘lovlarini tahlil qilish va samaradorligini oshirishda;
Transport sohasida:avtomobil harakatini va transportdagi tirbandliklarni monitoring qilishda;
Sog‘liqni saqlash sohasida: inson o‘pkasining kompyuter tomografiyasi tahlili asosida pnevmoniyani aniqlash hamda mammografiya tahlili asosida ko‘krak bezi saratoniga ilk bosqichda tashxis qo‘yish uchun;
Prezident qaroriga ko‘zda tutilishicha, sun'iy intellekt texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirish departamenti tuzildi. Shuningdek, Sun'iy intellektni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma alyans tashkil qilinib, unga jami 200 milliard so‘m mablag‘ ajratilishi belgilangan.
2021 yil 1 sentyabrgacha Ochiq ma'lumotlar portali faoliyati doirasida davlat va boshqa ma'lumotlar to‘plamlarini olish imkoniyatini taqdim etuvchi raqamli ma'lumotlar platformasi yaratiladi.
2021-2022 o‘quv yilidan boshlab 5ta OTMda grant asosida «Sun'iy intellekt» yo‘nalishi bo‘yicha kadrlar tayyorlash boshlanadi.
Sun’iy intellekt va uning O’zbekistonda rivojlanishi
Sun'iy intellekt texnologiyalaridan foydalanishni kengaytirish, raqamli ma'lumotlarni yig'ish, saqlash va qayta ishlash tizimini takomillashtirish maqsadida hozirda yurtimizda ushbu sohada malakali kadrlarni tayyorlash, mazkur yo'nalishdagi ilmiy-loyihalarni qo'llab-quvvatlash bo'yicha qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Qisqa qilib aytganda, sun'iy intellekt muayyan vazifalarni bajarishda inson xatti-harakatiga taqlid qilishga qodir bo'lgan tizim yoki texnologiya bo'lib, olingan ma'lumotlardan foydalanib asta-sekin mukammallashib boradi. Umuman olganda sun'iy intellekt format ham, funksiya ham emas, balki bu jarayon bo'lib, ma'lumotlarni yig'ish, tahlil qilish kabilarni o'z ichiga oladi.
“Sun'iy intellekt” deganda ko'pchilik robotlarning turli sohalarga jalb qilinishini tushunadi. Ammo sun'iy intellekt atamasi robotlarning inson bilan o'rin almashishini anglatmaydi. Uning asosiy maqsadi inson qobiliyatlari va imkoniyatlarining chegaralarini kengaytirishdir. Shuning uchun bu kabi texnologiyalar qimmatli biznes resursi hisoblanadi.