Sun’iy yuvish vositalari ishlab chiqarish jarayonlarini
avtomatlashtirish
List
Massa
Masshtab
1:1
Bajardi:
Qobilov Q
Kurs loyixa rax:
Oqilov A
Kaf. mudiri
Yusupov A
List
Listov
Texnologik jarayonning tavsifi.
AndMI TJICHAB 294-18
Sovun ishlab chiqarish qurilmasi silindrik korpus (1) dan, konussimon taglikdan va qopqoqdan tashkil topgan. Hosil bo‘lgan CO2 va ishlatilgan ochiq bug‘ni atmosferaga chiqarib yuborish uchun qozonni qopqog‘ida so‘ruvchi patrubok (5) bor. Qopqoq ostiga halqasimon purkagichlar (3 va 4) joylashtirilgan, ular orqali yog‘ kislotalari, yog‘lar, ishqor eritmasi, tuz eritmasi, issiq suv qozonga beriladi. Ko‘rish oynasi (6) sovun pishirish jarayonini kuzatish (ba’zan quruq tuzni solish uchun) uchun xizmat qiladi. Tindirilgan sovun yadrosi nasosga ulangan sharnirli sifon truba (7) orqali quyib olinadi. Sharnirli truba zanjir va lebyodka (2) yordamida harakatga keltiriladi. Sovun yadrosini qizdirish uchun zmeevik (8) o‘rnatilgan. Qozonni pastki qismida sovun osti ishqori va sovun osti yelimini bo‘shatish uchun shtutser (9) mavjud.
2.1-rasm. Sun’iy yuvish vositalari ishlab chiqarish qurilmasi
Texnologik jarayonning tavsifi.
List
Bilvosita usul bilan sovun pishirish bilan olingan tayyor mahsulotga hid va ranggi bo‘yicha yuqori talablar qo‘yiladi. Bilvosita usul bilan xo‘jalik sovuni pishirishning texnologik jarayoni quyidagi operatsiyalar ketma-ketligidan iborat: toza yog‘li xomashyo ishlatilganda, sovunlash, sovun yelimini yadro va sovun osti yelimiga ajratish bilan qisman tuzlash; tozalanmagan yog‘li xomashyo ishlatilganda, sovunlash, sovun yelimini yadro va sovun osti ishqoriga ajratish bilan to‘liq tuzlash, silliqlash. Sovunlash jarayoni bevosita usul bilan ham olib borilishi mumkin, ya’ni dastlab karbonatli sovunlash, keyin kaustik sovunlash orqali sovun yelimi olinadi. Olingan sovun yelimida sovun ko‘rinishida bo‘lgan yog‘ kislotalar miqdori 52% dan kam bo‘lmaydi. Sovun yelimini qisman tuzlash elektrolitlar (osh tuzi yoki kaustik soda eritmalari) bilan olib boriladi. Buning uchun sovun yelimiga qaynayotgan va aralashtirilayotgan holda hisoblangan miqdorda elektrolit (20% li osh tuzi eritmasi) beriladi. Har bitta elektrolit porsiyasi berilganda sovunli massa, to elektrolit to‘liq yoyilib ketgunicha yaxshilab aralashtiriladi va qaynatiladi. Sistemani yadro va sovun osti yelimiga ajralishini ta’minlovchi elektrolit konsentratsiyasi yog‘li aralashma retsepturasi va yog‘ kislotalar konsentratsiyasiga qarab belgilanadi. Odatdagi yog‘ retsepturasi bo‘yicha sovunni qisman tuzlash bilan pishirishda ishlatiladigan elektrolitlarning me’yoriy konsentratsiyalari quyida ko‘rsatilgan.
Sovun massasidagi yog‘ kislotalari miqdori, %
Sovun massasidagi elektrolit konsentratsiyasi (NaCl va NaON yig‘indisi), %