Tasnifi. Grebnev A.L. tasnifi (1982-yil): - Etiologiyasiga ko‘ra:
- birlamchi pankreatit
- ikkilamchi pankreatit
- Morfologik belgisiga kolra:
- shishli shakli
- sklerotik-atrofik shakli
- fibroz (diffuz va diffuz tugunli) shakli
- psevdokistoz shakli
- kalsifikatsiyalangan shakli
- Klinik belgilarning xususiyatiga kolra:
- polisimptom shakli
- og‘riqli shakli
- psevdoo'smali shakli
- dispeptik shakli
- latent shakli
Kasallikning bosqichlariga kolra: - Kasallikning bosqichlariga kolra:
- remissiya
- qo‘zish davri
- Kasallik kechishiga kolra:
- yengil darajadagi pankreatit (I boshlang‘ich bosqich)
- o‘rta og‘ir darajadagi pankreatit (II bosqich)
- og'ir darajadagi pankreatit (III bosqich, terminal, kaxeksik).
Klinikasi
Surunkali pankreatitning klinik manzarasi og'riq va dispepsiya sindromi hamda ekzokrin va endokrin faoliyatning yetishmovchiligi belgilaridan iborat.
Obyektiv ko'rilganda: teri qoplamlarining quruqligi, glossit, stomatit (gipovitaminoz natijasida), tana vaznining kamayishi va paypasla- ganda me’da osti bezi sohasida og‘riq va Frenikus belgisining musbatligi aniqlanadi
Og'riq sindromi. Og‘riq ovqatdan (achchiq, qovurilgan,yog‘li) 40— 60 daqiqadan so'ng paydo bo'ladi. Og‘riq o'tkir, asta-sekin kuchayib boruvchi yoki doimiy, to‘mtoq, ezuvchi tusda, ovqat yegandan so‘ngkuchayishi mumkin. Og‘riq joylashuvi meda osti bezining zararlangan anatomik sohasiga bog'liq. Chap qoviirg‘a ravog'i ostidagi og‘riq me’da osti bezining dum qismi zararlanganligidan dalolat beradi. Me'da osti bezining tana qismi zararlanganda og‘riq epigastriyada joylashadi. Me’da osti bezining boshchasi zararlanganda og'riq Shoffar sohasida joylashadi. Me’da osti bezining hamma qismi zararlanganda og‘riq be!bog‘simon tusda bo‘ladi. Og‘riq yurak, chap yelka, kurakka va chap yonbosh sohasiga uzatilishi mumkin. Og‘riq yotganda kuchayib, oldinga engashgan holatda o'tirganda susayadi.
Dispepsik sindrom. Kekirish, jigilldon qaynashi, ko‘ngil aynishi belgilar bilan kechib, 12 b.i. diskineziyasi va duodenostaz bilan bog'liqdir.
Dostları ilə paylaş: |