Surunkali pankreatitda asosiy patogenetik mexanizm bo‘lib, o‘z fermentlar (tripsinogen, xemotripsinogen, proelastaza, fosfolipaza A) faolligining oshishi natijasida bez to'qimasining zararlanishi (slush, koagulyatsion nekroz, bez to‘qimasining fibrozi) hisoblanadi.
Atsinar hujayralaming o‘limi va me’da osti bezi sekretor yol lining obstruksiyasi natijasida 12 b.i. pankreatik fermentlar ajralishi susayadi. Natijada, me’da osti bezining tashqi sekretor yetishmovchiligi kelib chiqadi.
Langerxans orolchasining zararlanishi natijasida uning endokrin fao- liyati buziladi: glyukagon yetishmasligi (gipoglikemik sindrom) va insulin yetishmasligi (qandli diabet) kelib chiqadi.