Yevropa mamlakatlarida qabul qilingan (Marsel—Rim, 1988) tasnif- ga ko‘ra quyidagi klinik shakllari farqlanadi:
Surunkali kalsifikatsiyalangan pankreatit — kasallikning ko‘p uchraydigan shakli bo‘lib, ko‘proq alkogol etiologiyali bo‘ladi. Me’da osti bezi- ning notekis zararlanishi va kalsifikatsiyasi, bez yollarida toshlar hosil bolishi va stenozlanishi, atrofik jarayonlar rivojlanishi bilan tavsiflanadi.
Surunkali obstruktiv pankreatit — me'da osti bezining asosiy naychasi (yoli)ning o‘sma, striktura, papillyar stenozi hisobiga obstruksiyasi natijasida kuzatiladi. Bez obstruksiyasi sohasidagi epiteliy o‘zgarmagan, bez yo'llarida tosh va kalsifikatlar aniqlanmaydi.
Surunkali yallig'lanishli (parenximatoz) pankreatit (fibrinoz-indurativ) — pankreatitning kam uchraydigan turi bo‘lib, fibrozi, mono- nuklear hujayraviy infiltratsiyasi va endokrin to‘qima atrofiyasi bilan tavsiflanadi.
Me'da osti bezining surunkali kistalari va psevdokistalari.