7. Shartnomani o‘zgartirish yoki bekor qilish
7.1 Mazkur Shartnoma zarurat tug‘ilganda, Taraflarning kelishuvi bilan o‘zgartirilishi
yoki bekor qilinishi mumkin. Kelishuvga erishilmagan taqdirda, nizolar qonunda belgilangan tartibda sud tomonidan hal etiladi.
8. Fors-major va javobgarlikdan ozod etish
8.1 Taraflar majburiyatlar qisman yoki to‘liq bajarilmaganligiga yengib bo‘lmas kuch, ya’ni tabiiy ofatlar, tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda holalatlar sabab bo‘lsa va davlatning tegishli organlari tomonidan tasdiqlansa, javobgarlikdan ozod qilinadi. Bunda mazkur Shartnoma bo‘yicha majburiyatlarni bajarish muddati mutanosib ravishda ushbu hodisalar ro‘y bergan muddatga suriladi.
9. Shartnomaning kuchga kirishi va amal qilish muddati
9.1 Mazkur Shartnoma nomuayyan muddatga tuziladi va Taraflar uni imzolagan vaqtdan boshlab kuchga kiradi.
9.2 Shartnomani bekor qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
10. Yakuniy qoidalar
10.1 Ushbu Shartnomaga har qanday o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish yozma shaklda rasmiylashtirilib, Taraflar (yoki ularning vakolatli vakillari) tomonidan imzolangandan so‘ng haqiqiydir.
10.2 Ushbu Shartnomaga oid bo‘lgan, mazkur Shartnoma bilan tartibga solinmagan munosabatlar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi asosida tartibga solinadi.
10.3 Ushbu Shartnoma davlat tilida uch nusxada tuzilib, bir xil yuridik kuchga ega hamda Taraflarning har birida bir nusxadan saqlanadi.
11. Taraflarning manzillari
Buyurtmachi:
|
Muvofiqlashtiruvchi:
|
Surxondaryo viloyati hokimligi
|
Dostları ilə paylaş: |