a) o‘zi xizmat olib boradigan hududda yetarli shart-sharoitlarga ega xizmat uyida yashash yoki belgilangan tartibda kompensatsiyani olish;
b) o‘z funksional vazifalaridan tashqari boshqa ishlarga jalb qilinmaslik;
d) belgilangan imtiyozlardan foydalanish;
2.2. “O‘qituvchi”ning majburiyatlari:
a) ichki mehnat tartibi qoidalariga, mehnat intizomiga rioya qilish;
b) ish jarayonida sababsiz ishga kelmaslik (progul) va ishga kechikib kelishlarga yo‘l qo‘ymaslik;
d) ta’lim muassasasi hujjatlarini sifatli va o‘z vaqtida rasmiylashtirilishini ta’minlash;
e) muntazam ravishda malakasini oshirib borish;
f) mehnatni muhofaza qilish qoidalari va texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilish;
g) mehnat shartnomasi bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi tomonidan belgilangan muassasada kamida 3 yil ishlash;
h) mazkur Shartnoma shartlariga kiritilmagan, Farmon va Qarorda nazarda
tutilmagan qo‘shimcha xarajatlarni (xususan, ish joyidagi muassasaga, texnika
vositalariga yetkazilgan zararni O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq) mustaqil ravishda qoplash.
3. Muvofiqlashtiruvchining huquq va majburiyatlari
3.1 Muvofiqlashtiruvchining huquqlari:
a) O‘qituvchi mehnat shartnomasi bo‘yicha muassasada belgilangan tartibda kamida
3 yil ishlashini nazorat qilish;
b) mazkur shartnoma shartlariga qat’iy amal qilinishini O‘qituvchidan talab qilish;
d) O‘qituvchi tomonidan mehnat faoliyati Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan qo‘llanmalar, ta’lim berish sifatiga oid standartlar asosida olib borilayotganligini doimiy tekshirib borish.
3.2 Muvofiqlashtiruvchining majburiyatlari:
a) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tuzilgan ro‘yxatga muvofiq olis va chekka hududlarda joylashgan xizmat ko‘rsatuvchi faoliyat olib borish kerak bo‘lgan ta’lim muassasasini belgilash.
b) O‘qituvchining mehnat faoliyatini olib borishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;
d) O‘qituvchiga mehnatning xavfsiz shart-sharoiti to‘g‘risida yo‘l-yo‘riq berish;
e) Boshqa qonun hujjatlari talablariga rioya qilish.