Surxondaryo viloyati Sherobod tumanidagi 2 sonli maktabning 9-“B” sinf o‘quvchisi Rustamova Sevinchning



Yüklə 23,31 Kb.
tarix16.03.2023
ölçüsü23,31 Kb.
#88340
2-мактаб




Surxondaryo viloyati Sherobod tumanidagi
2 - sonli maktabning 9-“B” sinf o‘quvchisi Rustamova Sevinchning
Surxon adiblari - bizning faxrimiz” nomli onlayn ko‘rik
tanlovida yozgan inshosi


Insho: “Surxon adiblari – bizning faxrimiz”
Reja:
I. Kirish. Surxon elining buyuk namoyondasi.
II. Asosiy qism:
1. Tog‘ay Murodning umr karvonidagi murakkab hayot yo‘li.
2. Tog‘ay Murod ijodining milliy adabiyotimizda tutgan o‘rni va u yaratgan asarlarda ma 'naviy axloqiy muammolar tizimi.
3. "Yulduzlar mangu yonadi" asari haqida muallif: "Men o‘zbek xalqiga haykal qo‘yaman!" - degan. Bu so‘zlardagi chuqur teranlik.
III. Xulosa: Tog‘ay Murod - o‘zbek adiblari orasidan o‘zining asarlari, teran fikrlari, ijod yo‘lining o‘ziga xosligi bilan boshqa adiblardan ajralib turadi.

Jannatmakon Surxondaryo vohamiz iste'dodli shoir, yozuvchi, dramaturg va adiblarga to‘ladir. Bu kabi buyuk shaxslar orasidan o‘zining tengsiz asarlari bilan dunyoga tanilgan Tog‘ay Murod alohida o‘rin tutadi.


Tog‘ay Murod - uning asl ism-sharifi Tog‘aymurod Mengnorov bo‘lib, Tog‘ay Murod adabiy tahallusidir. U 1948 - yilda Surxondaryo viloyati Denov tumanidagi Xo‘ja Soat qishlog‘ida dunyoga kelgan. O‘rta maktabni 1966 - yilda tugatib, Toshkent Davlat universitetining jurnalistika fakultetida tahsil olgan.
Tog‘ay Murod respublika radiosida muharrir ( 1972-1976), " O‘zbekiston jismoniy tarbiyachisi" gazetasida tarjimon (1976-1978), " Fan va turmush " jurnalida bo‘lim boshlig‘i bo‘lib ishlagan (1982-1984), 1985-1987- yillar Moskvadagi adabiyot institutida tahsil olgan.
1976 - yilda bosilgan " Yulduzlar mangu yonadi " nomli ilk qissasi bilan yaxshi yozuvchi sifatida tanildi. 1979 - yilda
"Ot kishnagan oqshom", 1980 - yilda "Oydinda yurgan odamlar", 1985 - yilda yozuvchining " Momo yer qo‘shig‘i " qissalari chop etildi.Keyingi qissalari uchun yozuvchi Oybek nomidagi mukofot bilan taqdirlandi. Ularda halol, oqko‘ngil, to‘g‘riso‘z, mard o‘zbek kishilarining betakror obrazlari yaratilgan. O‘zbek adabiyotining yutug‘i sifatida e'tirof etilgan bu qissalar tilining shoirona jozibadorligi, xarakterlarning yorqinligi, milliy ruhi bilan ajralib turadi. Tog‘ay Murod o‘zbek va jahon adabiyotining eng yaxshi an 'analarini muvaffaqiyat bilan davom ettirgan.
"Otamdan qolgan dalalar" romanida O‘zbekistonning mustamlakaga aylanishi va tunu kun mehnat qilib yashayotgan o‘zbek dehqonlarning mustabid tuzum yillaridagi og‘ir hayoti, iztiroblari, hayotiy lavhalarda haqqoniy bayon etilgan.
"Yulduzlar mangu yonadi" asarining birinchi romani hisoblanmish shu romanda 20- asrning 20- yillarida milliy istiqlol yo‘lida shahid bo‘lgan bobolarimiz tasvirlangan asardir. Bu asar haqida muallif: "Men o‘zbek xalqiga haykal qo‘yaman!" - degan. Asar ramziy bo‘lib, unda butun umr ketmon chopib, mustamlaka yurtda kosasi oqarmay kelgan o‘zbek xalqi siymosi Dehqonqul obrazi timsolida tasvir etiladi. Ushbu asarda o‘zbek xalqining 100 yildan ortiqroq tarixi aks ettirilgan bo‘lib, bir oilaning uch avlodi hayoti misolida butun millatning taqdiri o‘ta ta'sirchan bo‘yoqlarda ifoda etilgan. Asar asosida badiiy film ham yaratilgan.
"Bu dunyoda o‘lib bo‘lmaydi" romanida adib o‘z ijodiy mezonlariga sodiq qolib, yolg‘on e'tiqodlar, soxta shoirlarga aldanib, hayotini yelga sovurgan sobiqfirqa rahbarlarining majoziy obrazlarini hajviy bo‘yoqlarda tasvirlagan.
Adib " Otamdan qolgan dalalar " romani uchun, 1994 - yili Abdulla Qodiriy nomidagi Davlat mukofoti berildi. " Otamdan qolgan dalalar " - ijtimoiy roman. U nafaqat adib ijodida, balki o‘tgan asrning 90 - yillar adabiyotida katta voqea bo‘ldi. Unda mustabid tuzumning qattol siyosati, o‘zbek dehqonining og‘ir, mashaqqatli mehnati va nursiz hayoti real bo‘yoqlarda ochib tashlangan.
Tog‘ay Murod mohir tarjimon sifatidfa J. Londonning " Boyning qizi " dramasi va bir nechta hikoyalarini (1974-1975), Y. Seton-Tompsonning mashhur " Yovvoyi yo‘rg‘a " asarini tarjima qilgan (1989-y).
Barcha gazeta va jurnallarda Tog‘ay Murod asarining o‘ziga xos xarakteri haqidagi ajoyib taqrizlar, maqolalar chop etilgan.
2001 - yilda adibning ikkinchi romani " Bu dunyoda hatto o‘lim yo‘q " nashrdan chiqadi. Tog‘ay Murodni, avvalambor, davrning ijtimoiy masalalari, insonning axloqiy qiyofasi, mehnatga, insonlarga bo‘lgan munosabati tashvishga soladi. Burch, majburiyat, mehnatkashlik, jasorat, haqqoniylik, samimiylik, mehribonlik - shular yozuvchi badiiy so‘z orqali ifoda etgan insoniy xislatlardir. Tog‘ay Murodning "Ot kishnagan tun" qissasining qahramoni - oddiygina cho‘pon yigit Ziyodulla ham shunday hislatlarga ega bo‘lgan.
Yozuvchi ayni ijodiy kuchga to‘lgan paytda - 2003 - yilda 55 yoshida vafot etadi.
Tog‘ay Murod " O‘zbekiston xalq yozuvchisi " unvoni va Abdulla Qodiriy nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlanadi.

Men Tog‘ay Murod, Sirojiddin Sayyid, Shukur Xolmirzayev va boshqa shu kabi buyuk shaxslar diyorida tug‘ilganimdan, ularning betakror asarlarini o‘qib, izlanganimdan va dunyoga tanilgan, butun dunyo taniydigan bu kabi yozuvchi, shoir, adiblarimizning avlodi ekanligimdan faxrlanaman!


Tog‘ay Murodning betakror qissa va romanlari ming-minglab biz kabi yosh kitobxonlar yuragidan joy oldi, qalbini larzaga soldi. Biz uning asarlarini yig‘lab-yig‘lab o‘qidik, kulib-kulib o‘qidik. Chuqur insoniy dard bor edi bu asarlarda, kulgu aralash iztiroblar bor edi....... Mutolaa davomida menimcha har bir o‘quvchi o‘zida qandaydir ruhiy tozarishni xis etadi, ko‘nglida chin insoniy tuyg‘ular uyg‘onadi. Bunday olganda buyuk adibning barcha asarlari yosh avlod ta'lim tarbiyasiga qaratilgan.
Men ham she'r yozishni juda yaxshi ko‘raman. Hozircha havaskor shoirman. Lekin keyinchalik, albatta buyuk bobokalonlarim, sevgan adib, shoirlarim kabi bo‘lishga, ularga munosib avlod, izdosh bo‘lib ulg‘ayishimga qattiq kirishganman. Quyidagi she'rimni mashhur adibimiz Tog‘ay Murod haqida yozganman.

Adabiyot olamin buyuk vakili,


Surxon vohasida tavallud topdi.
Yoshlarni ezgulik sari yetaklab,
Tog‘ay Murod bu yo‘ldan tinmayin chopdi.

Ko‘nglida zarracha yo‘qdir g‘ubori,


Aksincha, elparvar adib, yozuvchi.
Hech bir kimsaga tegmas ozori,
Insonlar qalbiga nurlar eltuvchi.

Adibimiz yaratgan sara asarlar,


Qiynalmay qalblarga yo‘l topa oldi.
Barchasi hayotiy bo‘lib janrlar,
Yovuz qalblarga ham ezgulik soldi.

Tog‘ay Murod asarlari aslo o‘lmas,


Qalbi pok, yuraklarda yashar abadiy.
Surxon adiblarisiz adabiyot to‘lmas,
Barcha uchun ozuqa berar ma'naviy.

Oramizda ba'zi bir insonlar borki, ular hayot bo‘lsa ham yo‘qdek go‘yo, lekin shunaqa insonlar ham borki, oramizda bo‘lishmasalar ham ya'ni o‘lgan bo‘lsalar ham xuddi, yonimizda turgandeklar. Bizning buyuk adibimiz Tog‘ay Murod ham oramizdan bo‘lmasa ham ammo, qalbimizda, yuragimizda abadiy yashaydi. Bu kabi insonlarni unutib bo‘lmaydi. Ular yaratgan asarlar har bir inson qalbiga muhrlangan. Ulardagi taasurotlar, iliq munosabatlar, unutilmas chehralar, samimiy qarashlar, toza qalblar, mehr ulashishga mushtoq yuraklar, elparvar insonlar, ezgulik tarafdorlari bularning barchasi jam bo‘lib bir butunlikni tashkil etadi, ya'ni Tog‘ay Murodni. Men bu kabi shaxslarning jasoratlari, matonatlari, ular qilgan ishlari oldida bosh egaman. Ular Surxonimizning asl farzandlaridir. Bu buyuk zotlarni ta'riflashga ojizdirman. Ular yurtimizni ko‘klarga ko‘tarishdi, dunyoga tanitishdi. Hech qaysi Surxondaryolik unutmaydi-ki, " Surxon adiblari - bizning faxrimiz ". Ular bizning nafaqat faxrimiz, iftixorimiz, nomusimiz qolaversa, orimiz, yuzimiz hamdir.


Tog‘ay Murod hech qachon o‘lmaydi, aksincha uning asarlari ham, o‘zi ham abadiy yashaydi!


Yüklə 23,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin